t/r
|
Savol
|
Javob
|
1
|
Hissiyot bu
|
tuyg’ularimizni o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar ifodalanadi.
|
2
|
Emotsiya – bu
|
shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.
|
3
|
Affekt nima
|
sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat.
|
4
|
Kayfiyat nima
|
bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat.
|
5
|
Stress bu
|
inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
|
6
|
Aks ettirish jarayoni nimalarni qamrab oladi:
|
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
|
7
|
«Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».deb qaysi olim aytgan
|
Bu haqda akademik I.P.Pavlov yozgan
|
8
|
Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari –
|
bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir.
|
9
|
Tasavvur
|
fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan
|
10
|
«inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi” asari muallifi kim
|
Ch. Darvin
|
11
|
«hissiyot nima?» maqolasini kim qachon chop etgan
|
1884 yilda u. Djems
|
12
|
yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz» deb kim aytgan
|
U. Djeyms
|
13
|
h = e (m – a), bunda h – hissiyot, uning kuchi va sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.kimning formulasi
|
P.V. Simonovning yondoshuvi
|
14
|
hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular qaysilar
|
1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik.
|
15
|
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar qacon rivojlanadi
|
hayot jarayonida rivojlanadi,
|
16
|
Hislar – bu
|
inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
|
17
|
Hissiyotlar va sezgilar qanday vazifalarni bajaradi
|
organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish vazifasini bajaradilar
|
18
|
Konstruktiv
|
biz turidagi (ko‘pchilik orasida);
|
19
|
Destruktiv –
|
men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon.
|
20
|
Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada
|
organizm uchun zarurdir
|
21
|
Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan qanday holat bo‘ladi
|
chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga bo‘lgan layoqatlarning susayishi).
|
22
|
Ambivalentlik
|
lotincha har tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan bir-biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir.
|
23
|
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu
|
psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
|
24
|
Stressni boshqarishga umumiy nuqta
|
Barchamiz hayotimizda stressni boshdan kechiramiz. Sog'liqni saqlash muammolarining aksariyat qismi stressga olib kelishi yoki ta'sir etishi tufayli stressni tanangizga qanday ta'sir qilishi va stressni boshqarishning samarali usullarini o'rganish siz uchun emas, balki siz uchun stressli ish qilishdir
|
25
|
Stressning ta'siri
|
Stress har birimiz boshqacha algılandığı kabi, stress ham biz uchun yagona bo'lgan yo'llarimizga ta'sir qiladi.
|