Mavzu: Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari. (4 soat) Reja


Empirik sotsiologik tadqiqot nima?


Download 34.28 Kb.
bet2/8
Sana08.02.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1168989
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-ma`ruza

Empirik sotsiologik tadqiqot nima?
Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. empirik so‘zi qadimiy yunoncha bo‘lib, tajriba manosini anglatadi. empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to‘g‘risida olingan empirik malumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to‘plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqyelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan malumotlarga aytiladi.
Hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida jamiyatda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlarni, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o‘rganib bo‘lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmog‘i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.
Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik malumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini taminlash uchun uning metodologik asosiga alohida etibor qaratilmog‘i lozim. Ushbu bo‘limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo‘lib qo‘rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
1. BOSQICh. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:

  1. Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash.

  2. Sotsiologik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha byurtma qabul qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma to‘zish.

  3. Bajariladigan ishlar bo‘yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish.

  4. Dastur ishlab chiqish.

  5. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish.

2. BOSQICh. Asosiy bosqich bo‘lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o‘z ichiga oladi:

  1. Sotsiologik tadqiqot tanlovini o‘tkazish.

  2. Pilotaj.

  3. Dastlabki sotsiologik malumotlarni yigish.

  4. Empirik malumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.

3. BOSQICh. empirik malumotlarni qayta ishlash:

  1. Olingan empirik malumotlarni guruhlarga ajratish.

  2. Taqsimiy jadval tuzish.

  3. Empirik malumotlarni kompyuterga kiritish va modellashtirish.

4. BOSQICh. Yakunlovchi bosqich bo‘lib olingan malumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi:

  1. Tadqiqot malumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq.

  2. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish.

  3. Berilgan vazifa bo‘yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash.

Germaniyalik sosiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo‘rsatadilar.
1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:

  1. Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash.

  2. Empirik tadqiqot g‘oyasini ishlab chiqish.

  3. Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish.

  4. Analitik muolaja tayyorlash.

Ikkinchi bosqich: Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o‘tkazish.
Uchinchi bosqich: Olingan empirik malumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:
3.1.Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash.
3.2. Nazariy jihatdan qayta ishlash.
3.3.Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash.
Har qanday tadqiqot biron-bir muammoning qo‘yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat hayotida o‘zining ilmiy yechimini kutayotgan muammo bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shakllari: davlat buyurtmasi asosida, xo‘jalik shartnomasi asosida, jamoatchilik va aralash tartibda bo‘lishi mumkin.
Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi
Empirik sotsiologik tadqiqot obyekti bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tahlillar asosida mavjud maummoni tahlil qilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har qanday amaliy, nazariy sotsiologik tadqiqotning dastlabki zarur hujjati hisoblanadi. Dastur sotsiologik tadqiqot obyekti bo‘yicha ishchi farazni tekshirishga qaratilgan, shuningdek tadqiqot bo‘yicha ilmiy faraz, bajariladigan asosiy vazifalari va sotsiologik tadqiqotning metodologik asosi bayonlaridan iborat. Dastur mazmuni haqida qisqacha malumot berilishi annotasiya deb ataladi. Har qanday empirik sotsiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish; dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi. Sotsiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:1. Nazariy - metodologik qism.1.1. Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash.1.2. Tadqiqot obyekti va predmetini belgilash.1.3. Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.1.4. Tadqiqot predmetining dastlabki taxminiy tahlili.1.5. Ishchi farazni ishlab chiqish.2. Amaliy sotsiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi:2.1. Tadqiqotning umumiy rejasi.2.2. Asosiy amaliy ish jarayonlari.2.3. Tanlov ishlari.2.4. Dastlabki olingan sotsiologik malumotlarni tahlil qilish usullarining tasnifi.2.5. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo‘nalishlar.3. Xulosa qismi.3.1. Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi.3.2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari (asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat).
Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi. Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko‘tarish muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo‘lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o‘zgartirishdan iborat.

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling