Mavzu: Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari. (4 soat) Reja


Download 34.28 Kb.
bet8/8
Sana08.02.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1168989
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-ma`ruza

Qisqacha xulosalar:
Amaliy (empirik) sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish orqali talabalar, mutasaddi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik ommasi sotsiologik axborotlar tizimini yaratishda katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Sotsiologik tadqiqotlar jamiyatning turli sohalari faoliyatini mo‘tadil rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jamiyatning turli sohalarini bir-biriga muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi. Buni amalga oshirishda Sotsiologiya fanining imkoniyatlaridan to‘la foydalanish maqsadga muvofiqdir. empirik tadqiqotlar tajribasidan har xil sohadagi va kasbdagi xodimlar ham o‘z ishlarida keng foydalanishlari mumkin. Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy izlanish muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqot­larning nazariy yoki amaliy yo‘nalishlarda bo‘lishini ko‘rsatuvchi mo‘ljal va­zifasini o‘taydi.
Sotsiologik tadqiqotlar dasturida ilmiy izlanishga sabab bo‘lgan ij­timoiy ziddiyatli muammolar va ularni asosiy atama va tushunchalari at­roflicha izohlab beriladi.Ayni vaqtda bazi ilmiy tushunchalarni empirik tarzda izohlash va tushunchalar dialektikasini real ko‘rinishda kuzatish imkoniyatlari ilmiy so‘zlar, faktlar va ijtimoiy ko‘rsatkichlar tarzida batafsil bayon etila­di. Masalan, bilim olish samarodorligini taminlashning prolong (uzayti­rish) usuli haqida fikr yuritiladigan bo‘lsa, ana shu usul zarur fanlarni yoki za­rur ko‘nikma va hunarlarni o‘zlashtirishning boshqa fanlar mazmuniga uyg‘un­lashtirish natijasida qay usulda o‘zlashtirish mumkinligi aniq-oydin bayon etilishi lozim.
Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi. Bu muloqotni qog‘oz yoki magnit tasmasiga qayd etish mumkin. Intervyu (inglizcha-uchrashuv) usulidan Sotsiologiya, psixologiya, jur­nalistika, etnografiya, statistika, pedogogika kabi sohalarda foydalani­ladi. Intervyu o‘tkazilish tajribasiga ko‘ra erkin standart va yarim standart ko‘rinishiga ega bo‘ladi. erkin standart ilgaridan tayyorlangan sa­vollar asosida emas, balki suhbat mazmunidan kelib chiquvchi savollar asosida qurilib, dastur yo‘nalishida bir necha soat davom etish va tadqiqot muammosini aniqlash, razvedka vazifasini bajarish maqsadida foydala­nishi ko‘zda tutadi.
Nazorat savollari:

      1. Sotsiologik tadqiqotlar deganda nimani tushunasiz?

      2. Sotsiologik tadqiqot dasturi qanday tuziladi?

      3. Panel tadqiqotlar nima?

      4. Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy faraz qanday o‘rin tutadi?

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling