Mavzu: Energiya va uning turlari. Vazifasi va foydalanish. Elektr energiyaning afzalliklari


Download 1.51 Mb.
bet1/3
Sana16.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1705198
  1   2   3
Bog'liq
Energiya va uning turlari

Energiya va uning turlari. Vazifasi va foydalanish. Elektr energiyaning afzalliklari.


Tayyorladi: Sharobiddinov S.

Reja


Barcha tabiat hodisalari, insonning butun hayoti va faoliyati energiya bilan bogʻliq. Energiya —Bu ish bajarishga bo‘lgan qobiliyatdir, ish esa ob`ektga fizik kuch (bosim yoki gravitatsiya) ta`sir etganda bajariladi. Ish bu harakatdagi energiya. Barcha mexanizmlarda ish bajarilganda energiya bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Lekin bunda bir tur energiyasini har qanday o‘zgarishida ham boshqasiga nisbatan ko‘proq olish mumkin emas, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir.
Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik energiya, elektr energiya, elektromagnit energiya, issiqlik energiyasi, kimyoviy energiya, atom (yadro ichki) energiyasi. Hozirgi kunda diqqatga sazovor boʻlgan yangi energiya manbalari Quyosh (Geliotexnika, Geliofizika) va atom yadrosi hisoblanadi.
Energiyadan foydalanish davomida, birinchi tur energiya ikkilamchi tur energiyaga aylanish jarayoni xam ro’y beradi.
Birlamchi energiyani ikkilamchiga o‘zgartirish, xususan elektrga aylantirish o‘z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi turga o‘zgartirilishini ko‘rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin.
IES-issiqlik elektr stantsiya, issiqlik energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiradi.
QES – quyosh elektr stantsiyasi – quyosh nuri energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
AES – atom elektr stantsiya – yadro yoqilg‘isining atom energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
SHES – Shamol elektr stantsiyasi – Shamol energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
Gidroelektr stansiyalar
Suv energiyasidan foydalanish: yer yuzasining to’rtdan uch qismi suv bilan qoplangan bo’lib, faqat to’rtdan bir qismigina quruqlikdan iboratdir. Shuning uchun ham insoniyat o’zining taraqqiyoti davomida har doim suvdan unumli foydalanishga intilib kelgan.
Insonlarning suv
energiyasidan foydalanishi
avvalambor uning
mexanik energiyasidan
foydalanish bilan cheklangan.
Nihoyat suv mexanizmlarining
tadrijiy davomi bo’lgan suv
turbinalari ixtiro qilinganidan so’ng, suvning kinetik energiyasini elektr energiyaga o’zgartiruvchi gidroelektr stansiyalar paydo bo‘ldi va bu stansiyalar dunyoning deyarli barcha tog‘lik va tog‘oldi hududlarida eng arzon elektr energiya manbai sifatida keng qo’llanilmoqda.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling