1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja


Download 2.17 Mb.
bet1/15
Sana25.10.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1719414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Na\'matak


1. MAVZU: KIRISH. FAN HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Reja:
1. Na’matak o’simligi haqida davlat qonun va qarorlari.
2. Na’matak o’simligining bioekologiyasi.
Markaziy Osiyoda asrlar davomida o'ziga xos sharq tibbiyoti sohasi shakllangan, u ming yillar davomida shifobaxsh o'simliklardan foydalanish tajribasiga asoslangan. Xalq tibbiyoti sohasining asosiy vositasi - shifobaxsh o'simliklar va ularning xom-ashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar hisoblangan.
Aristotelning shogirdi Teofrast “Botanikaning otasi” hisoblanadi, uning “O'simliklar haqida izlanishlar” ilmiy asari ayni vaqtda ham o'z ahamiyitini yo'qotmagan. Bir nechta asrlardan so'ng yozilgan “Yevropa farmakognoziyasining otasi” nomini olgan Dioskoridning ilmiy izlanishlarida 400 ga yaqin shifobaxsh o'simliklar haqida malumotlar uchraydi. Uning “Materia medica” asarida qadimiy Misr, shov-shuver va vavilon tibbiyotsi tajribalari umumlashtirilgan.
Xitoy, hind va tibet tibbiyoti ham o'ziga xos qadimiy an’analarga tayanadi. Xitoy dagi dorivor o'simliklarga moljallangan dastlabki kitob (Ben Tsao) eramizdan avvalgi 2600 yilda chop etilgan va unda 900 ge yaqin dorivor o'simliklar haqida malumotlar keltirilgan.
Qadimdan tabiblar uch turdagi davolash usulidan foydalanganlar : tig’ orqali, shifobaxsh o't va so'z bilan davolash usullari.
Shifobaxsh o'simliklarni o'rganish sohasida Markaziy Osiyoning dunyo tan olgan olimlari - Abu Rayhon Muhammad ibn Axmad al -Beruniy (973-1048 y.) va Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037 y) katta hissa qo’shganlar. Bu olimlar hozirgi farmakognoziya va farmakologiya fanlariga asos soldilar. Abu Rayxon Beruniyning “Saydana” ismli farmakognoziyaga moljallangan ilmiy asarida (1041-1048 y.) 750 turdagi shifobaxsh o'simliklar haqida malumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Sinoning dunyoga tanilishiga uning tibbiyotga moljallangan mashhur “Tibbiyot qonunlari” ilmiy asari boshlovchi bo'lgan. Bu hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan ilmiy asar o'rta asrlardayoq ko'plab xorijiy yevropa tillariga tarjima etilgan va Yevropa xalqlari tomonidan keng foydalanilgan. Abu Ali ibn Sino asarlarida 900 ga yaqin shifobaxsh o'simliklar, ularni tarqalishi va ular asosida dorivor malh'amlar tayorlash usullari keltiriladi. Ulug' olim malhamlarni inson organizmiga ko’rsatadigan ta’sirini oshirish uchun bir nechta o'simliklardan iborat murakkab dorivor vositalar qo'llashni taklif etadi. O'zbekiston florasi turli -xil dorivor o'simliklariga boyligi bilan ajralib turadi. Insoniyat hayoti o'simliklar olami bilan uzviy bog'langan, sababi ular insonni to'ydirgan, kiyintirgan, da'volagan, qurilish va texnik xom-ashyo manbai bo'lib xizmat etgan.Shifobaxsh o'simliklar insoniyat uchun qadim zamondan ma’lum bo'lgan. O'tmishdan bizga shifobaxsh o'simliklardi ta’rifi va ularni inson salomatligini yaxshilashda qo’llanilishiga tegishli ko'plab ilmiy asarlar yetib kelgan. Masalan, Abu Ali ibn Sinoning “Tibbiyot qonun” asari asrlar davomida nafaqat arablar, balki Yevropa shifokorlariga ham dasturi amal bo'lib xizmat etgan.
Abu Ali ibn Sino 900 ga yaqin shifobaxsh o'simlikka ta’rif bergan va ular bilan davolash usulini yozma turda qoldirgan. O'z davrining belgili shifokorlari Abu Abulloh Muhammad ibn Muso ol -Xorazmiy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Arabmuhammadxon bolasi Abdulg’ozixon, Ismoil al -Jurjoniylar o'zlarining tabiblik (aholi tabobat ) xizmatlarida dorivor o'simliklardan turli xastaliklarni davolashda muvaffaqiyatli foydalanganlar va bu haqida yozma ma’lumotlar qoldirganlar.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling