Tabiiy dorivor ơsimliklar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
1 (3)
Mavzu № 1 Kirish. Fan haqida tushuncha. Fanining maqsadi va vazifalari Ma'ruza rejasi: 1.”Tabiiy dorivor ơsimliklar” faniga kirish. 2. Fan haqida tushuncha. 3. Fanining maqsadi va vazifalari. Kalit sơzlar:dorivor ơsimliklar, biologik faol moddalar, manbalar, fanning rivojlanishiga xissa qơshgan olimlar . Ơzbekiston ơrmonlari turli-tuman dorivor daraxt-buta va ơt ơsimliklariga boyligi bilan ajralib turadi. Insoni hayoti ơsim-liklar olami bilan uzviy boğlangan, chunki ular insonni tơydirgan, kiyintirgan, davolagan, qurilish, dorivor va texnik xomashyo manbai bơlib xizmat qilgan. Dorivor ơsimliklar insonga juda qadim zamonlardayoq ma'lum bơlgan. Ơsimliklardan nafaqat oziq-ovqat, balkim biologik faol mod-dalar manbai sifatida keng foydalanganlar. Dorivor ơsimliklardan shumer sivilizasida 5000 yil avval davolash maqsadlarida qơllan-ganligi haqidagi ma'lumotlar mavjud. Dorivor ơsimliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalarning manbai bơlib xizmat qilgan. Sharq tabobatining yetuk namoyondalari, ơz davrining mashhur shifokorlari buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdallah Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakari ar-Roziy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy, Arabmuhammad¬xon ơğli Abdulğozixon, Ismoil al-Jurjoniylar va boshqalarni butun dunyo taniydi. Ular ơzlarining tabobat faoli tilarida dorivor ơsim-liklardan turli kasalliklarni davolashda muvaffaqi foydalanganlar va bu xaqida yozma ma'lumotlar kơrinishida boy meros qoldirganlar. Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor vositalari shifobaxsh ơsimliklar xom-ashyosi asosida tayyorlanib kelingan. Shifobaxsh ơsimliklar zaharli yoki kam zaharli, ular tarkibida biologik faol moddalar kơp va inson organizmiga uzoq vaqt davolovchi ta'sirini ơtkazib turadi. V. Dushenkov, I. Raskin ma'lumotlariga qaraganda 200000 ga yaqin turli oddiy molekuli moddalar faqat ơsimliklardan ajratib olingandir. Shuning uchun ham keyingi ơn yilliklarda shifobaxsh ơsimliklarga qiziqish ortmoqda, chunki ular xom ashyosi asosida tayyorlangan dorivor vositalar – vitaminlar, biologik faol birikmalar va mineral moddalar inson organizmiga juda samarali ta'sir etadi. 1981 yildan tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan 847 ta oddiy molekuli dorivor preparatlarning 43 tasi tabiiy birikmalar, 232 tasi tabiiy birikmalarning hosilalari hisoblanadi. Qolgan 572 ngi dorivor preparatlarning 262 tasi tabiiy birikmalar bilan boğliqligi mavjud. Ma'lumki, dunyo miqyosida farmasevtika korxonalarida ishlab chi- qarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor ơsimliklar xom- ashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa yurak-qon tomir kasaliklarining davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor preparatlarning 77%, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini profilaktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74%, balğam kơchiruvchi dorilarning 73%, qon tơxtatuvchi dorilarning 60% dorivor ơsimliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xơjaligi bơyicha xalqaro tashkilotning (FAO) ma'lumotlariga qaraganda butun dunyoda 50000 dan oshiq dorivor ơsimliklar tibbiyotda davolash maqsadlarida foydalaniladi. Davolash maqsadlarida mahalliy flora vakillaridan foydalanish janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori, Hindistonda bu kơrsatkich 20%ni, Xitoyda 19%ni tashkil etadi. Yaponiya , Germani va boshqa Evropa davlatlari farmakopeyalarida dorivor ơsimliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilgan preparatlar keng ơrinni egallaydilar. Ơzbekiston xududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak ơsimliklar tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Respublikamizda 112 turdagi dorivor ơsimliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bơlib, ularning 80% ni tabiiy holda ơsuvchi ơsimliklar tashkil etadi. Respublikamizning shifobaxsh ơsimliklar dunyosi, ayniqsa ularning daraxt va butasimon turlari xilma-xil va boy genofondga. Ularni ilmiy ơrganishda mashhur akademik A.P. Orexovning shogirdlari akademiklar O.S. Sodiqov va S. Yunusovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ơzbekiston Respublikasining dorivor ơsimliklarini ơrganish, zahirasini aniqlash, ơstirish, introduktsiya qilish, xomashyosini tayyorlash, biokimyoviy tarkibini ơrganishda Q.Z. Zokirov, X.A. Abduazimov, P.X. Yơldoshev, N.K. Abubakirov, A. Butkov, I.K. Komilov, K.X. Xojimatov, I.I. Malsev, I.I. Granitov, A.G Kurmukov, I.V. Belolipov, R.L. Xazanovich, M.B. Sultonov, F.S. Sadriddinov, P.K. Zokirov, S.S. Sahobiddinov, X.X. Xolmatov, .M. Murdaxaev, B.YO. Tơxtaev va boshqalarning xizmatlari salmoqlidir. Ular tomonidan ơtkazilgan keng qirrali tadqiqotlar dorivor ơsimliklarni oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolli turlarni va ularning qimmatli xơjalik belgilariga ega ser-vitamin shakllarini madaniylashtirish, kơpaytirish va sanoat plantatsiyalarida ơstirish, xomashyosini tayyorlash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi. Dorivor ơsim-liklarni har tomonlama tadqiq etish Toshkent farmasevtika instituti, ƠzR FA bioorganik kimyo instituti, ơsimlik moddalari kimyosi instituti, ơsimlik va xayvonlar genofondi institutlarida ơtkazilmoqda. Farmasevtika sanoati va aholini dorivor ơsimlik xom-ashyosiga bơlgan talabini qondirish va ơsimlik xom-ashyosi asosida zamonaviy dori- darmonlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 5 avgustdagi 222-sonli majlisi bayonining 3 bandida kơrsatilgan “Dorivor ơsimlikshu¬noslik va dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor ơsimliklarni sanoat miqyosida plantasiyalarini yaratish” va 2015 yil 20 yanvardagi № 5-sonli “2015-2017 yillarda ơrmon hơjaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqa¬bop ơsimliklar xom-ashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora- tadbirlari tơğrisidagi majlis bayonnomasining 1.12 bandi ijrosini ta'minlash bơyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan . Xalq soğliğini saqlash, kasalliklarni oldini olish, yosh avlodni soğlom qilib tarbiyalab shakllantirishda shifobaxsh ơsimliklar va ulardan tayyorlanadigan dorivor preparatlarning roli beqiyosdir. Keyingi yillarda kơpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Ơzbekiston Respublikasida ham farmasevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda, shu sababli ham farmasevtika korxonalarning dorivor ơsimliklar xom-ashyosiga bơlgan talabni keskin ortishiga sabab bơlmoqda Shuni ta'kidlash lozimki, tabiiy holda ơsuvchi dorivor ơsimliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli kelgusida farmasevtika sanoati korxonalarning dorivor ơsimliklar xom-ashyosiga bơlgan tobora ơsib borayotgan talabini, asosan, dorivor ơsimliklar etishtirish orqaligina qondirish mumkin. Dorivor ơsimliklar etishtirish sohasi ơrmon xơjaligining asosiy yơnalishlaridan biri bơlib, farmasevtika sanoati va aholini sifatli, kologik toza dorivor ơsimliklarni xom-ashyosi bilan ta'minlashda ushbu sohanining roli kattadir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor ơsimliklar ơstirish bilan shuğullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan xơjaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari kơplab ơrmon xơjaligi tizimida, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xơjaliklarda ham dorivor ơsimliklarni etishtirish va ularni xom-ashyosini birlamchi qayta ishlash yơlga qơyilgan. Bu sohada “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasi katta ishlarni amalga oshirmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor ơsimliklar xom-ashyosiga bơlgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan kơpgina qimmatbaho xom-ashyo beruvchi dorivor ơsimliklarni ơstirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas. Ơzbekistonda dorivor ơsimliklardan kơproq anor, achchiqmi , bodom, dorivor gulxayri, yonğoq, jağ-jağ, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyơt, shildirbosh, shirinmi , shuvoq, Yantoq, qizilcha, qoqiơt, zirk, na'matak va boshqalardan kơproq foydalanilgan. Achchiqmi dan – paxikarnin, isiriqdan – garmin, itsigekdan – anabazin, omonqoradan – galantamin, shildir boshdan – sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor pơstidan gijja haydovchi ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balğam kơchiruvchi va yumshatuvchi, jağ-jağ va lagoxilus dorilari qon ketishni tơxtatuvchi, pista bujğuni va choyơtdan tayyorlangan dorilar me'da-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor ơsimliklar ta'sir tuvchi moddalari tarkibiga qarab – alkaloidli, glikozidli, fir moyli, vitaminli ơsimliklarga ajratiladi. Farmakologik kơrsatkichlariga qarab – tinchlantiruvchi, oğriq qoldiruvchi, uxlatuvchi, rak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qơzğatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor ơsimliklar guruhlariga ajratiladi . Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling