1. mavzu: kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanning maqsad va vazifalari. Reja


Download 2.17 Mb.
bet5/15
Sana25.10.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1719414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Na\'matak

Dauriya na’matagi. Bu o'simlikning shoxlari qo’ng’ir -qizil rangli qobiq bilan o'ralgan. Tikanlari qayrilgan bo'lib, 2 dan shoxlarining asosida va yaproq qóltiǵiga o'rnashgan. Bargchalarining pastki tomoni siyrak tuklar h'amda sariq bez bilan o'ralgan. Mevasi sharsimon, diametri 1-1, 5 santimetrga teng, u asosan Shimoliy Sibirning janub tumanlarinda va Uzoq Sharqda uchraydi.
Begger na’matagi. Shoxlari ko’kimtir rangli, tikanlari yirik, o'roqsimon egilgan, asos qismi keng, sarg’ish rangli bo'lib, yaproq asosida juft -juft bo'lib joylashgan. To’pguli - ko'pgulli qalqon yoki ro’vak. Kosacha bargi butun, o'tkir uchli, gullagandan so'ng yuqoriga qarab yo'nalgan. Mevasi mayda, sharsimon, uzunligi 0, 5-1, 4 sm, qizil rangli, pishgandan so'ng gulkosachasi to’kiladi. Shu tariqa mevaning yuqori qisminida h'osil bo'lgan teshikdan ichidagi yong'oqchalari va tuklari ko'rinib turadi. Bu namatak asosan O'rta Osiyo tog'larining yonbog'irlarida, tog'li tumanlarda zovur va daryolar qirg’oqlarida, yo'l yoqalarida o'sadi. Manzarali buta sifatida o’stiriladi.
Fedchenko na’matagi. Yirik, bo'yi 2-3, bazan 6 m gacha bo'lgan buta. Tikanlari yirik, gorizontal joylashgan, qattiq, asos qismi kengaygan bo'lib, yirik shoxlarida zichroq joylashgan. Murakkab yaproq zarrachalari - bargchalari qalin, zangoriroq, tuksiz. Gullari yirik, oq yoki pushti rangli. Mevasi yirik (5 sm gacha uzunlikda), etli, to'q qizil, tuxumsimon, chóziq tuxumsimon yoki butilkasimon. Asosan O'rta Osiyoda (Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog'larida ) tog' yonbag'irlarinda o'sadi. O'zbekistonning Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog'lilik h'ududlarida ko'p tarqalgan.
Burishgan na'matak. Shoxlari sertikan bo'lib gorizontal joylashgan. Murakkab yaproq zarrachalari - japiraqshalari qalin, burishgan, pastki tomoni tukli. Gullari qizil yoki to'q qizil rangli bo'lib, yakka -yakka holda yoki 3-4 tadan poya va shoxlar uchiga joylashgan. Mevasi yirik, sharsimon, yaltiroq qizil rangli, yuqori qisminida yuqoriga qarab yo'nalgan kosacha yaproqlari bo'ladi. Uzoq Sharq, Kamchatka va Saxalinda dengizning qumloq erli qirg'oqlarida o’sadi. Sobiq Ittifoqning Yevropa qisminida bog'lar va istirohat bog'larda ko'plab ekiladi.
Qo’qon na’matagi. Qari shoxlari binafsha –qo’ng’ir, yoshlari - qizil -jigarrang qobiq bilan o'ralgan. Sertikan, tikonlari qattiq, tor uchburchaksimon, asos qismi kengaygan, biroz egilgan. Gullari 1-2 dan joylashgan, sariq rangli. Kosacha yaproqlarining uchi biroz patsimon qirqilgan, tukli, ustki bo'lagi bezli, pishgan mevada yuqoriga qarab yo'nalgan. Mevasi sharsimon, diametri 1,5 santimetrga yetadi, qo’ng’ir jigarrang yoki deyarli qora rangli. O'rta Osiyoning tog'li hududlari (G’arbiy Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog'lari ) ning o'rta qismigacha bo'lgan tog' yonbag'irlarinda o'sadi. O’zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog'li yerlarda tarqalgan.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling