Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar


Spitamenning Yunon-Makedon istelochilariga


Download 162.68 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi162.68 Kb.
#1570536
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-вариант-Қулдорлик даври урушлари

5. Spitamenning Yunon-Makedon istelochilariga
qarshi bosh ko’tarishi.


Eramizgacha 329 yilning bahorida Iskandar Maroqandni bosib olgach, shaharda bir garnizonini qoldiradida, Farg’ona vodiysi tomon harakat qiladi. Biroq shu paytda Zarafshon vodiysida qo’zg’olon ko’tariladi. Uch yil davom etgan qo’zg’olon markazi So’g’diyona edi. Ko’p o’tmay Baktriya aholisi so’g’dliklarga bosh qo’shadi. Iskandar yana o’zining asosiy kuchlarini Zarafshon vohasiga tashlashga majbur bo’ladi.
Yunon makedon istilochilariga qarshi, endi o’troq dehqon aholisi ham, bosh ko’taradi. Halqni qo’zg’olonga otlantirgan inson O’rta Osiyo halqlari qadimgi dunyo tarixining chinakam qa’ramoni Spitamen edi. Iskandarni O’rta Osiyo halqlarini Eron istilochilaridan ozod qilib, mustaqillik o’rnatish uchun emas, balki undan ham ma’shumroq asoratlarga solish uchun kelganligini Spitamen birinchilardan bo’lib tushunib etadi.





Spitamen o’z atrofiga birmuncha qo’shin to’playdi-da, So’g’diyonaning poytaxti Maroqandga yo’l oladi. Bu erlardagi qo’zg’olonni bostirish uchun Iskandar ko’z ko’rib, quloq eshitmagan choralarni ko’radi. Qonli janglar qo’zg’olonchilar selday kela boshlagan, Qirotalg’ kuchlarida qizg’in tus oladi. Shaharni ishg’ol qilish uchun jahongir endi devorteshar jangovar qurilmalarni ishga soladi. Himoyachilarning butun diqqat-e’tiborlari ishg’olning asosiy yo’nalishiga band bo’lib turganda, Iskandar unga katta bo’lmagan qo’shini bilan qurigan daryo o’zanidan o’tib keladi-da, sezdirmay shahar ichkarisiga kirib, darvozalarni ochib yuboradi. Sakkiz mingdan ortiqroq shahar himoyachilari jangda xalok bo’ladi. Juda ko’p sayi harakatlar va qurbonlar evaziga makedonliklar himoyani yorib o’tishga va shahar aholisini bitta qo’ymay qirib tashlashga muvaffaq bo’ladilar. Shundan so’ng Iskandar Sirdaryo bo’ylaridagi qo’zg’olonchilardan o’ch olishga kirishadi. Bu orada u Spitamen tuzgan pistirmaga duch keladi va butunlay yo’q qilib yuboriladi. Spitamen yana Maroqandga qaytadi. Spitamen dushmanni bir kun ham o’z holiga qo’ymaydi. U «uchqur» otliq janglar bilan istilochilarga qo’qqisdan xujum qilar va qaqshatqich zarbalar berar edi. Eramizgacha 328 yilning bahorida Iskandar o’z qo’shinini besh qismga bo’ladi va So’g’diyonaning u chekkasidan bu chekkasigacha yurib o’tib, 120 mingdan ortiq mahalliy aholining yostig’ini quritadi. Eramizgacha 328 yilning kuzida esa Spitamen bilan so’ngi jang bo’ladi. Bu jangda xar ikki tomon katta talofatlar ko’radi.
Spitamen yana sahro bag’riga yashirinadi. U erda ko’chmanchi qabilalarning sardorlari xiyonatkorona xujum qiladilar va xavfni o’zlaridan bartaraf etish uchun uning kallasini olib Iskandarga yuboradilar.
O’rta Osiyo erlarining zabt etishga Iskandar qariyb uch yil sarfladi, biroq u nisbatan uncha katta bo’lmagan xududlarni buysundirishga muvaffaq bo’la oladi: So’g’d, Baktriya va tog’li viloyatlarning bir qismi, Xorazm va ko’chmanchi qabilalar daxlsiz qoladilar. Ha, Spitamen qo’zg’oloni bostirilgan edi. U Sirdaryogacha etib borgandan keyin o’z qo’shini va engilmas sarkarda degan obro’yidan maxrum bo’lishini o’ylab saklar bilan olishishga jur’at eta olmadi. U kuchsizroq raqib qidira boshlaydi va eramizgacha 327 yilning yozida qo’shinini Xindiston sari yo’naltiradi.
6. Iskandar Zulqarnayning O’rta Osiyoga bostirib
kelishining oqibatlari.
Yunon makedon istilosi Zarafshon vohasini er bilan yakson qilib, xarobaga aylantiradi, aholining kattagina qismi qirib tashlandi, og’ir talofatlar etkazildi. Ko’pgina shaharlar vayron etildi.
Iskandar Zulqarnayn kelishi davrida ibtidoiy jamoa tuzumi barbod bo’lib, sinflar shakllana boshlagan edi. Iskandarning yurishlari bu jarayonni tezlashtirdi va chuqurlashtirdi. Urushning o’zidayoq katta-katta qullar ommasining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Qullar miqdorining ortib ketishi mahalliy zodagonlarni ham befarq qoldirmadi, garchi qullar asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo’lmasada, mahalliy zodagonlar ularning mehnatidan avvalgiga qaraganda ko’proq foydalanishga harakat qilmoqda edilar.
Iskandarning harbiy yurishlari O’rta Osiyoda yagona xukmdorga, qo’shinga va boshqaruvning batartib tuzilmasiga ega bo’lgan katta - katta davlatlarning tashkil topishiga kuchli turtki bo’ldi. Yana shu narsa diqqatga molikki, Iskandarning yurishlari, xuddi O’rta Osiyoda bo’lganidek, Yunonistonning o’zida ham madaniy hayotda katta ahamiyat kasb etganidan ko’z yumish mumkin emas. Bu davlatlar tarixida birinchi marta ikki olam, yunon va Sharq olami bir - biriga yanada bog’landi. Mag’rib va mashriqning savdogarlari, xunarmandlari, musofirlari, jangchilari va boshqa kasb-xunar sohiblari bir-birlari bilan yaqindan tanishdilar. Bu hamkorlik jarayonida xar ikkala tomon o’z tajribasi, yutuqlarini o’rtoqlashib, bir-biriga ta’sirini o’tkazdi. Iskandar barpo etgan asosiy shaharlar joylashgan. Baqtriyaga yunon madaniyatining ta’siri ayniqsa kuchli bo’lgan. Iskandar bir qator mahalliy urf-odatlarni o’z saroyida joriy etadi, qo’shiniga ko’plab so’g’dliklarni qabul qiladi, ularni saroyiga yaqinlashtiradi.
Mehnat qurollarining takomillashuvi, ma’danga ishlov berishning yaxshilanishi xunarmandchilikning o’sishiga, sug’oriladigan dehqonchilikka, pirovard- oqibatda mulk tengsizligining paydo bo’lishiga, urug’chilik jamoalarning tarqab ketishi va barham topishga, eramizgacha I ming yillikda quldorlikning vujudga kelishga olib keladi. Datslabki shaharlar paydo bo’ldi. Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Parfiya kabi yirik davlatlar tarkib topdi. Uzoq muddat davomida O’rta Osiyo davlatlari Ahmoniylar (Eron) davlatiga qarshi urush olib bordi. Ahmoniylar davlati eramizgacha VI asrda O’rta Osiyo xududlarini bosib oldi va uning katta qismida (Xorazm davlati ham shunga qarar edi) o’z xokimiyatini o’rnatdi. Eramizgacha 331- 327 yillarda Iskandar Zulqarnayn Eron shohi Doro I ning qo’shinini tor-mor qiladi va Ahmoniylar davlatining asosiy viloyatlarini, jumladan hozirgi O’zbekiston erlarini ham zabt etdi. Yunon-makedon istilochilarining zulmiga qarshi eng yirik qo’zg’olon Spitamen (eramizgacha 329-327 yillar) boshchiligida bo’lgandi va shafqatsizlarcha bostirilgandi. Eramizgacha II asr O’rtalarida massagetlar qabilalari, Xorazm, So’g’d va Baktriyaning o’troq aholisi yunon-makedon xokimlariga qaqshatqich zarba berdilar va ularni O’rta Osiyodan xaydab yubordilar.
I-IV asrlarda Kushon davlati yuzaga keldi va u juda tez kuchayadi.
V asr O’rtalarida O’rta Osiyo xududlarida Eftalitlar davlati degan yangi qudratli davlat tashkil topadi. Bu davlatda er egalari (feodal) munosabatlari yuzaga kelishining dastlabki shart-sharoitlari paydo bo’ladi.



Download 162.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling