Mavzu: er-xotin juftligining shakllanishi


Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi


Download 86 Kb.
bet2/6
Sana09.03.2023
Hajmi86 Kb.
#1255222
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-мавзу ворд

Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi

Romantik sevgi – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Olimlarning fikricha, romantik sevgi – eng kam anglanadigan, odamning biologik ehtiyojlari bilan bog‘liq munosabatlardir. Bunday munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, ikkala tomon ham bir-birlaridan o‘zlari ko‘rishni xohlagan sifatlarni qidiradi va ko‘radi. SHu bois ham ko‘pincha romantik his-tuyg‘ularga asoslangan munosabatlarning umri qisqa bo‘ladi, chunki real xulq-atvor bilan ideal tasavvurlar o‘rtasida ziddiyat, nomutanosiblik paydo bo‘lishi mumkin. Ayni shu munosabatlarning salbiy oqibatlari odamni qiynaydi, hayotdan umidsizlikni, boshdan kechirgan hissiyotlari yolg‘onligini anglash unda juda qattiq aziyatlarni keltirib chiqaradi. Lekin bir yomonning bir yaxshisi bo‘ladi, deganlariday, boshdan kechirilgan azoblar odamni shaxs sifatida takomillashuviga, ichki hissiyotlarning ko‘p qirrali bo‘lishiga olib keladi. Masalan, tashqi ko‘rinishiga bee’tibor bo‘lgan qiz bir yigit bilan romantik hissiyotlarga berilib qolib, toshoyna oldidan ketmaydigan, toza, orasta yurishga odatlanadigan, kiyimlarni ham hamisha bejirim kiyishga o‘rganib boradi. Sevgilisiga yoqishni astoydil xohlagan yigit esa ayrim zararli odatlaridan, masalan, dangasalik, ko‘p uxlash, tamaki chekish kabilardan voz kechib, yangidan turmush tarzini boshlashga azmu-qaror qilishi tabiiy. YOki institutda o‘qishni o‘ziga ep ko‘rmagan yigit talaba qizni sevib qolib, u o‘qiydigan oliygohga ne-ne mashaqqatlar bilan kirib o‘qigani bilan bog‘liq misollar ham hayotda talaygina uchraydi.
L. Kameron-Benjler (1993) ning fikricha, romantik sevgi hissi rivojlanishining 7 bosqichi bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:
1. O‘ziga jalb etish – yangi tanishlarning bir-birlariga noverbal belgilar orqali qiziqishi borligini bildirish. Bu davrda sheriklar dilidagi istak va xohishlarini yangi tanishgan odamida mavjudligini tahlil etadi. Bunga odatda asosan odamdagi aql-zakovat, samimiyat, qo‘li ochiqlik, yumor hissi, ishonchlilik, dadillik, qizlardagi ibo kabi sifatlar sababchi bo‘ladi. Bu sifatlar hammaga yoqadigan sifatlar bo‘lgani uchun ham yangi tanishlar o‘zlarida aynan sherigiga yoqadigan shu sifatlarni namoyon etishga intiladilar.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling