Мавзу: ёрдамчи тарих фанлари курсига кириш


Download 0.62 Mb.
bet4/17
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1220347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
хронология

Tayanch iboralar:Misr kalendari,Mayyalar kalendari,Sotis, Hind kalendari, oy nomlari,Hind kalendarida Yeralar.


Nazorat savollari.
1.Qaysi tabiat xodisalari Misr kalendarining vujudga kelishiga o`z tasirini ko`rsatgan?
2.Qadimgi Misr kalendarining kamchiligi nimada edi?
3.Hind kalendaridagi Yeralarni sanab bYering?
4.Mayyalar kalendaridagi o`ziga xos xususiyatlarni ko`rsating.
5.Qadimgi Misrda nima sababdan oy kalendari vujudga kelgan?


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Andreev.I. Estestvenniy kalendar.M.1956.
2.Bikerman.E.Xronologiya drevnogo mira.L.1924.
3.Bobur. Boburnoma.Barcha nashrlari.
4.Beruniy.Tanlangan asarlar.Xronologiya.T.1.T;1951.
5.Pozilov.A.Xronologiya va metrologiya.(Ma`ruzalar matni) Namangan 2001


4-MAVZU: QADIMGI MESOPOTAMIYA, RUS, GRUZIN VA ARMAN KALENDARI


REJA:
1.Qadimgi Mesopatamiya kalendari.
2.Qadimgi gruzin va tomar kalendari.
3.Qadimgi rus kalendari.


Ma`lumki oy kalendari nisbatan qadimiyroq. Qadimgi bobilliklar eng qadimgi kalendardan biriga asos solishgan xalq hisoblanadi. Bu yerda tabiat injiqliklari tabiiy hol bo`lib, aholi hayoti bahorda toshadigan buyuk daryolar-Dajla (Tigr) va Frot (Efrat) bilan bog`liq edi. Dehqonchilik Shu daryolarning toshqini bilan bog`liq edi. Toshqinni oldindan bilish ofatga yoki qurg`oq Yerlarni sug`orish, murakkab irrigatsiya inshootlarini yaratish uchun zarur edi. Buning ustiga kunduz kuni Quyoshning kuchli nuri ostida dehqonchilik qilish og`ir bo`lganligi uchun kechasi oy yorug`ida ishlash ma`qulroq edi. Buning uchun esa oyning qachon yorishishini bilish kerak edi. Ko`rinib turibdiki, oy fazalarini bilish dehqonchilik uchun muhim edi.
Oyning boshlanishi qadimgi bobilliklar kalendari bo`yicha, Yangi oy chiqishiga to`g`ri kelar edi. Oyning uzunligi 29,5 sutkaga teng kelardi. Bobilliklar oyning uzunligini shartli ravishda 29 va 30 kun deb belgilab olganlar. Ikki daryo oralig`i aholisi oy fazalarining o`zgarishi 12 oyga to`g`ri kelishini anglaganlar. Shu tariqa 354 kunli oy kalendari vujudga kelgan. Qohinlar tomonidan tuzilgan ushbu kalendar Mil. avvalgi III-ming yillikda muomalada bo`lgan.
Vaqt o`tishi bilan kalendarning kamchiligi ko`rina boshladi. Ushbu kalendar bo`yicha 354 kunda Yangi yil kelmaydi yoki boshqacha qilib aytganda kalendar yilining boshlanishi bilan toshqin bir vaqtga to`g`ri kelmaydi. Buni to`g`rilash maqsadida qohinlar vaqti-vaqti bilan 13-oyni qo`shib borardilar.
13-oy qo`shiladigan 8 yillik sikl paydo bo`lgan bo`lsa Mil. avvalgi IV asrda 19 yillik siklga o`tildi.
Mil. avvalgi III ming yillikda shunday kalendar Shumerda ham bo`lganligi, Hammurapi (Mil.avvalgi 1792-1750 yillar) da esa Ura shahrining davlat (ofitsial’no`y) kalendari butun Bobilga tarqalganligi to`g`risida ma`lumotlar bor. Kalendar keyinroq Ossuriyaga (Nabonossar. Mil. avvalgi 747 yili nabonassar Erasi boshlangan) tarqalgan. Kalendarda 7 kunlik, Shu bilan bir qatorda 6 kunlik hafta-hamushtu hisobda bo`lgan. Oylar hisobi 21 mart-tengkunlikdan boshlangan: isanu, ayru, sivanu, duuzu, abu, tashritu, araxsamnu, kislivu, txabitu, shabatxu, adaru, umumu. (Kasiba yilida 13-oy umumu-2 qo`shilgan. Adaru oyi yil oxiri-21-fevral’-21-mart hisoblangan).
Mesopotamiyaliklar kalendarida oy 29,5 sutka deb belgilangan. Oyning asl uzunligi 29,5306ga teng. Bu yiliga 11 kundan ko`proq farqni keltirib chiqaradi. Lekin Shunday bo`lsada, Mesopotamiyaning qadimgi kalendari bir necha xalqlar kalendarining vujudga kelishida o`z ta`sirini ko`rsatdi.
Qadimgi ruslarning oy-quyosh kalendari.
Slavyanlar kalendari haqidagi ayrim ma`lumotlar «Igor’ polki jangnomasi»da berilgan. Unda aytilishicha, slavyanlar xo`jalik hayotida Quyosh xudosi yoki yomg’irxudosi asosiy o`rin tutgan. Xudolarga atab o`tkazilgan bayraMilar hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
Shunday bayramlaridan biri «Maslenitsa» bo`lib, u bahorning boshlanishini anglatadi. Quyosh kul’ti bilan bog`liq Yana bir bayram «kuralo`» yozda iyun’ oyida kun qisqarishi boshlanishida nishonlanadi. YAnvarda esa «kolyada» bayrami nishonlangan-kunning uzayishi.
XVI-XVII asr hujjatlarida rus kalendari davr (sezon)larga bo`linganligi ko`rsatilgan: qish 25 yanvar-25 martga, bahor 25 mart-24-iyunga, yoz 24 iyun’-24sentyabrga, kuz 25 sentyabr’-25-yanvarga to`g`ri kelgan.
Qadimgi rus kalendarining boshlanish vaqti haqidagi ma`lumotlar biroz chalkashlik tug`diradi. N. Stepanova, N. BYerejkova, B. Ro`bakova ma`lumotlariga ko`ra, kalendar boshi bahorga to`g`ri kelgan, chunki bu qishloq xo`jaligi ishlarining boshlanishi vaqtidir. Rusda xristianlikning qabul qilinishi Vizantiya kalendarining kirib kelishiga sabab bo`ldi (chunki xristianlik bayramlari Vizantiyaning «jahon Erasi» bo`yicha hisoblanar edi). Shu tariqa 1 martda boshlanadigan qadimgi rus kalendari bilan birga 1 sentyabrda boshlanadigan Vizantiya kalendari ham paydo bo`ldi. Qadimgi xujjatlarda ko`rsatilishicha, XIV asrlarda «mart yili» (1-martdan boshlanuvchi yil hisobi) ustun bo`lgan, lekin XV asrda «sentyabr’ yili» (Vizantiya yil hisobi) to`liq ustunlikka Yerishgan. Bu yil hisobi to 1700 yilgacha saqlanib qolgan. 1699 yili 20 dekabrda Pyotr I ning, 7208 yil 1 yanvarni 1700 yil 1 yanvar’ deb hisoblash haqidagi qarori e`lon qilindi. Bu Iso Erasiga o`tishni bildirar edi. Bu islohot Rossiyada savdo, madaniy-ilmiy aloqalarning rivojlanishiga sabab bo`ldi. eski yil hisobi (YUlian kalendari) ham saqlanib qoldi. Bu hisobdan chet el bilan aloqa qiluvchi savdo harbiy-dengiz floti foydalangan.
Oy nomlari. Slavyan kalendari oy nomlari haqidagi ma`lumot juda boy emas. Ayrim ma`lumotlar qadimgi rus yozuvlarida uchraydi. Ulardan eng qadimiysi pergamentga kirill alifbosida yozilgan (Ostromirov Evangeliya 1056-1052 y.y.) dir. (Shunga o`xshash ma`lumot bir necha o`zgarishlar bilan ukrain, belorus va boshqa yozuvlarda ham uchraydi).


YAnvar’-prosinen (Bu vaqtda yorug` bo`lganligi uchun).
Fevral’-sechen’ (O`rmon kesish va yoqish davri).
Mart-suxix (Kesilgan daraxtlar qurg`aydi).
Aprel’-bYerezozol (YOqilgan daraxtlar (zol)).
May-traven (O`t, o`tloq, ko`karish).
Iyun’-chYerven’ yoki sYerpen’ (vremya jatvo`).
Avgust-zarev (Zarevo).
Sentyabr’-ryuen’ (ryuit, revat’).
Oktyabr’-listopad.
Noyabr’, dekabr’-gruden’.


Sutka. XII-XIV asrlarda kecha va kunduz 12 soatdan 24 soat bo`lishi haqida ma`lumotlar berilgan.
Tarixchilar bunda Vizantiya ta`siri bor, deyishadi. Moskvada XVI-XVII asrlardasutka tun va kunga bo`lingan. Faqat odamlar uxlamasligi mumkin bo`lgan vaqtgina hisob qilingan: zautrenya, zarya, rainyaya zarya, nachalo sveta, vosxod soantse, utro, pobed, vecher, noch’, polnoch’.
Vaqt hisobi hozirgiday yarim kechasidan emas, balki ertalabki ibodatdan boshlangan.
Tomar va gruzin kalendari.
Qadimgi arman (boshqacha nomi tomar) kalendari xuddi misrliklarnikidek har biri 30 kundan iborat bo`lgan 12 oylik yil hisobidan iborat edi. Kalendarga yil oxirida qo`shimcha 5 kun qo`shilgan. Ushbu 365 kunlik kalendar Armanistonga Yeron orqali kirib kelgan. Arman kalendari oylari quyidagicha noMilangan:



1.Navasardi.
2.Gori.
3.Saxmi.
4.Tre.
5.Kxaloq.
6.Arettss.
7.Mexekani.
8.Pareg.
9.Axekani.
10. Marori.
11.Magatu.
12.Xrotitixs.



Yil navsardi oyidan boshlangan.
Arman kalendari o`zgaruvchan (blujdayushiy) edi. Shu tufayli 4 yilda bir sutka ilgarilab ketar edi. (Aslida yil 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekndga teng bo`lishi kerak). 1461 arman kalendari yili 1460 yulian (yoki tropik) yiliga teng bo`ladi.
Arman kalendarida eng muhim yoki keng tarqalgan era 552 yil 11 iyuldan boshlangan. U xo`jalikda ham keng qo`llanilgan. Qadimgi tosh yozuvlarda ham o`z aksini topgan. Bu Yeradan tashqari 553 yil 11 iyuldan boshlanuvchi (bir yil farq qiluvchi) era ham bo`lgan.
O`zgaruvchi yil xristian cherkovi uchun noqulay bo`lganligi uchun (xristianlik IV asrdan boshlab Armanistonning davlat dini) VII va XI asrlarda yulian kalendariga o`tishga harakat qilishgan. Faqatgina XVIII asrda (ayrim manbalarda XV-XVI asrlarda) gina yulian kalendariga o`tilgan. Era ham «Xristosning tug`ilishi» erasiga almashtirilgan. (Arman Erasi) VII va XI asrlarda yulian kalendariga o`tishga to`sqinlik qilgan edi.
Eng qadimgi gruzin kalendari oy kalendari edi. Faqatgina Mil. avvalgi V asrda (ayrim manbalarda Yeramizning I asrida) gruzinlar quyosh kalendariga o`tganlar. Yill har biri 30 kundan iborat 12 oyga bo`lingan (360 kun). Yil oxirida 5 ta kabisa yilida esa 6 ta qo`shimcha kun kiritlgan. Oy nomlari gruzincha noMilangan.
Yil 6 avgustdan boshlangan. Oylarni Rim kalendari oylari nomi bilan atash VII asrda joriy etilgan. VIII asrdan boshlab yil martdan boshlanadigan bo`ldi. X asrda esa yil boshi yanvar’ oyi, deb belgilangan. Lekin uzoq vaqt avgust, mart va yanvar’ yillari parallel qo`llanib kelingan.
Qadimgi Gruziyada bir necha yilnomalar mavjud bo`lgan. eng ko`p ishlatiladigan Yera «Dunyoning paydo bo`lishi» erasi edi. U mil. avvalgi 5604 yildan boshlangan. Gruziyada yana mil. avvalgi 5508 yildan boshlanuvchi Vizantiyaning «Dunyoning paydo bo`lishi» erasi ham qo`llanilgan. Yana bir qancha gruzin podsholari, Eron shohlari va Vizantiya imperatorlarining taxtga chiqishi bilan boshlanadigan kichik-kichik eralar mavjud bo`lgan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling