3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Download 81.89 Kb.
bet1/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2---mavzu


3-MAVZU: SHARQ MAMLAKATLARI XRONOLOGIYASI
REJA

  1. Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari.

  2. Zardo‘sht quyosh kalendari. Eron va Markaziy Osiyo xalqlari kalendari. Xorazm quyosh kalendari.

  3. Musulmon kalendari. Hijriy-shamsiy yil hisobi. Hijriy-shamsiy va hijriy qamariy kalendar oy nomlari.

  4. Umar Xayyom kalendarining joriy etilishi. Umar Xayyom kalendarining mukammalligi. Muchal kalendari.




  1. Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy kalendarlari

Misr Quyosh kalendarining vatani hisoblanadi. Mamlakatda yuz berib turadigan qurg‘oqchilik va kutilmagan toshqinlar misrliklarni qattiq qayg‘uga solgan. Nihoyat, Misr kohinlari Quyoshning yozgi tik turish davrida, 21 yoki 22 iyun - yoz kechasining eng qisqa kuni sahar paytida koinotda eng yorug‘ yulduz Sirius (Katta It turkumida)ning geliakik chiqishi (birinchi ko‘rinishi)ni va shu davrda ular Siriusning tong oldi chiqishi davrida Nil daryosi toshgan. Qadimgi misrliklar tabiatning shu uch hodisasiga (Quyoshning yozgi tik turishi, Siriusning chiqishi va Nilning toshqini) ko‘ra yilni hisoblaganlar. Chunki Nil toshqinining boshlanishi misrliklarning xo‘jalik hayotida katta ahamiyatga ega edi. Ayniqsa boshoqli ekinlarning hosili shunga bog‘liq edi. Demak, Quyosh, Nil va Sirius qadimgi misrliklarning kalendari vazifasini o‘tagan edi. Nil daryosining birinchi toshishidan ikkinchi toshishigacha bo‘lgan vaqt, Quyoshning ikki yozgi tik turishi orasidagi vaqt, Siriusning geliakik chiqishi oralig‘idagi vaqtlar qadimgi misrliklarning asosiy vaqt birligi bo‘lib qoldi.
Bu Sotis va Nil yili nomlarini oldi. Siriusning bu yildan keyingi yilga qadar paydo bo‘ladigan kungacha orasidagi farq 365 kun ekanini hisoblab, uni 30 kundan iborat 12 bo‘lakka bo‘lganlar, qolgan 5 kunini yil oxiriga ilova qilganlar. Shunday bo‘lsa ham yulduzning namoyon bo‘lishi har to‘rt yilda bir sutkaga kechikkan. Ular kunlarni yana qayta boshdan hisoblab chiqib bir yil 365 kun 6 soatga teng, degan xulosaga kelganlar. Lekin kalendarni o‘zgartirmay o‘z holicha qoldirganlar.
Bu tuzatishni oradan ancha vaqt o‘tgach miloddan avvalgi 46 yilda Rim imperatori Yuliy Sezar amalga oshirgan. Bunda oylar 30, 31, faqat bir oy - fevral 28 kun qilib olindi. Ana shu qisqa oy - fevralda 4 yilda bir marta bir kundan qo‘shiladigan va shu yil kabisa (orttirilgan) yili deb ataladigan bo‘ldi. Bu tuzatish natijasida bir yil 365 kun 6 soat emas, balki 365 kun 5 soat 48 daqiqa 14 soniyadan iborat bo‘lib, bu faqat 400 yilda 3 kecha - kunduzni tashkil qiladi va kalendarni orqada qolishiga sabab bo‘ladi.
Mazkur Misr kalendari tabiiy va aniq edi. Unda bir yil 365 sutkaga (tropik yildan 0,25 sutka qisqa) teng edi. Bu kalendarda dastlab yil oylarga bo‘linmagan. U uchta mavsumdan iborat bo‘lgan. Bular "suv toshqini” (Nil toshqini), “hosil” (qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullaniladigan davr), “yo‘qlik” (suvning kam vaqti, hosilni yig‘ish davri) mavsumlari deb atalgan. Birinchi mavsum Quyoshning yozgi tik turishdan oktabrgacha, ikkinchi mavsum oktabrdan-martgacha, uchinchisi martdan-iyungacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan. Keyingi davrlarda oy tushunchasi paydo bo‘ldi va ular o‘n ikkitaga bo‘lindi. Har oy 30 kundan iborat edi. Demak, bir yil 360 kundan va besh qo‘shimcha kundan iborat bo‘lgan. Bu qo‘shimcha kunlarni yunonlar “epagamen” deb atadi.
Miloddan avvalgi IV ming yillikda yaratilgan bu kalendarda dastlab, oylarning nomlari bo‘lmagan. Ular har bir mavsumga (4 oydan) bo‘lingan va shu bilan farqlangan. Keyinchalik ular quyidagicha atalgan.


Download 81.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling