3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Download 81.89 Kb.
bet9/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2---mavzu

Shamsiya 622 yilning bahorgi teng kunlik kuni — 21 martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil boshlari esa 20, 21 yoki 22 martga to‘g‘ri keladi. Davomiyligi milodiy kalendaridagi kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Sham­siya bo‘yicha oylarning nomlari hut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi va dalv bo‘lib, bu oylar doimo yil­ning ma’lum bir vaktlarida keladi.
Hijriy - shamsiy yil oylari



Oylarning boshlanish
sanalari

Kunlar

Hijriy - shamsiy yil oylari

1.

21 mart - 20 aprel

31

Hamal

2.

21 aprel - 21 may

31

Savr

3.

22 may - 20 iyun

31

Javzo

4.

21 iyun - 22 iyul

31

Saraton

5.

23 iyul - 22 avgust

31

Asad

6.

23 avgust - 22 sentabr

31

Sunbula

7.

23 sentabr - 22 oktabr

31

Mezon

8.

23 oktabr - 21 noyabr

30

Aqrab

9.

22 noyabr - 21 dekabr

30

Qavs

10.

22 dekabr - 20 yanvar

30

Ja’di

11.

21 yanvar - 19 fevral

30

Dalv

12.

20 fevral - 20 mart

29 - 30

Hut

O‘rta Osiyoda yangi uslub keng ommaviylashgunga qadar qamariya hisobi ham, shamsiya hisobi ham ishlatilib kelingan. Shamsiya hisobi bo‘yicha yil­ning dastlabki kunlarida Navro‘z bayrami o‘tkazilgan.


BURJ — Quyoshning yillik ko‘rinma harakati doirasidagi o‘n ikki yulduz turkumining nomlari. Bu so‘z zodiak yulduzi turkumlari Dalv, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadylarga nisbatan qo‘llaniladi (jadvalga qarang).
Ular Quyoshning yillik ko‘rinma harakat yo‘li (ekliptika) bo‘ylab joylashgan. Har birida Quyosh taxminan bir oycha bo‘ladi. Burj yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari, kometalari va Oyning ham ko‘rinma harakat yo‘llari o‘tadi. Yunonistonda burj turkumlarini alohida ajratib, ularni maxsus belgilar bilan ifodalashgan. Shunga ko‘ra, osmon gumbazida bahorgi (Hamal) va kuzgi (Mezon) tengkunlik, yozgi (Saraton) va qishki (Jady) Quyosh turish nuqtalari ham o‘sha belgilar bilan belgilanadi. Pretsessiya hodisasi sababli o‘tgan 2 ming yil ichida bu nuqtalar surilib, qo‘shni yulduz turkumlariga o‘tib ketgan bo‘lishiga qaramay, shu belgilar, shuningdek Saraton va Javzo tropiklari deb ataluvchi nomlar ham saqlanib qolgan. 

Download 81.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling