Mavzu: Shamsiy va qamariy harflar. Dars maqsadi
Download 18.42 Kb.
|
portal.guldu.uz-Shamsiy va qamariy harflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushunchalar
- Muhokama uchun savollar: ﺸﻤﺻﻰ shamsiy harflar nechta ﺍﻞ
- Informatsion-uslubiy ta’minot
MAVZU: Shamsiy va qamariy harflar. Dars maqsadi: Arab izofasi, shamsiy, qamariy harflar haqida tushuncha hosil qilish, o‘qilishidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirish. Identiv maqsadlar: Arab izofasi nima ekanligini ayta oladi. Shamsiy harflar -quyosh harflariga qaysi harflar kirishini biladi. Qamariy harflar –oy harflariga kiruvchi harflarni biladi. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: izofa, shamsiy, qamariy, al artikli. (izofa- qo‘shish, bog‘lash, shamsiy harflar-quyosh harflari, qamariy –oy, al artikli-aniqlik ko‘rsatkichi). Reja: 1. Shamsiy va qamariy harflari haqida ma`lumot. 2. Shamsiy va qamariy harflarni yozuvdagi imlosi. Mavzu bayoni: Arab alifbosidagi harflar 2 guruhga: shamsiy va qamariy harflar guruhiga bo‘linadi. ho‘rufe qamariy (oy harflari) va ho‘rufe shamsiy (quyosh harflari) . Shamsiy harflar quydagilardir. ﺲ ﺶ ﺺ ﺽ ﻁ ﻅ ﻞ ﻥ ﺮ ﺰﺚ ﺖ ﺪ ﺪ Qamariy harflarga kiruvchi harflar esa ﺍ ﺐ ﺡ ﺥ ﺝ ﻖ ﻒ ﻉ ﻍ ﮎ ﻯ ﻩ ﻭ ﻢdir. Izofa so‘zining lug‘aviy ma’nosi qo‘shish va bog‘lash demakdir. Aniqlanmish va aniqlovchi, qaralmish va qaratqich munosabatlarini ifodalovchi tushuncha izofa deb ataladi. Arab izofasi ko‘rsatkichiﺍﻝal (yoki ul) so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi. Agar al-ﺍﻝaniqlik ﺍﻝartiklidan keyin kelgan so‘zning birinchi harfi shamsiy harf bilan boshlansa, ﺍﻝal artiklidagi ﻝ lom talaffuz etilmay, keyingi harf ﱢ tashdid bilan o ‘qiladi. Masalan: ﺍﻠﺳﻵﻢ - as-salom-assalom. ﻟﻐﺕ ﺍﻠﺗﺮﻚ- lug‘at-it turk-turkcha lug‘at. Al artiklidan keyingi harf qamariy harf bo‘lsa, al (yoki o‘l, il) to ‘liq talaffuz qilinadi. Masalan: ﻤﺤﺒﻮﺐ ﺍﻠﻘﻠﻮﺏ - mahbub-ul-qo‘lub. ﺍﻠﺣﺎﺯﺮﻣﻲ -al-xorazmiy- Xorazmiy. Muhokama uchun savollar: ﺸﻤﺻﻰ shamsiy harflar nechta ? ﺍﻞ alning vazifasini nima? ﺸﻤﺻﻰ shamsiy va ﻗﻤﺮﻰ qamariy harflar nimada farqlanadi? Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari: Shamsiy harflar guruhini uch qatordan daftaringizga yozing,misollar keltiring. Qamariy harflar guruhini uch qator yozing va yodlang. Qamariy ﻗﻤﺮﻰ harflar ishtirokidagi so ‘zlarga 15 ta misol keltiring. Test. Izofa - ﺍﺿﺎﻔة so‘zining lug‘afiy ma’nosi nima? A. Qo‘shish va bog‘lash demakdir. B. Kuchaytirish degani C. Ikkilantirish demakdir. D. Tinchlantirish degani. 2. Quyosh ( shamsiy) harflar nechta? 14 ta B. 28 ta S. 7 ta D. 32 ta Oy ( qamariy) harflar nechta? 14 ta B. 4 ta S. 28 ta D. 7 ta Arab izofasi ko‘rsatkichi nima? Al aniqlik artikli B. E qisqa unlisi Ye qisqa unlisi D. Arab izofasi ko‘rsatkichi yo‘q Fors izofasi ko‘rsatkichi nima? E qisqa unlisi B. Al aniqlik artikli O‘ qisqa unlisi D. Arab izofasi ko‘rsatkichi yo‘q. Informatsion-uslubiy ta’minot Abdusamatov M. Fors tili.T.2007. 45-50 betlar. Jumaniyozov R. Eski o‘zbek yozuvi. Download 18.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling