Ravish so’z turkumi


Download 311.4 Kb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi311.4 Kb.
#1180606
  1   2   3   4
Bog'liq
Aniqlovchi

Aniqlovchi va uning ifodalanishi.


Aniqlovchi
Gapning biror bo’lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali bo’lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi doim tobe qismda joylashadi. Aniqlovchi bog’langan qism aniqlanmish deyiladi.
Aniqlovchi qanday? qaysi? nechanchi? qancha? nechta? kimning? nimaning? so’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildiradi.
Aniqlovchi fe’l kesimdan boshqa bo’laklarga bog’lanadi. Egaga, holga, ot kesimga, to’ldiruvchiga, aniqlovchiga bog’lanadi.
Egaga: Bahaybat samolyot yerga ohista qo’ndi.
Ot kesim: Salimjon – a’lochi o’quvchi.
To’ldiruvchi: Ilg’or ishchilarga mukofotlar topshirildi.
Holga: Mehnat faxriylari bilan yangi bog`da uchrashdik.
Aniqlovchiga: Tadbirkor insonning ishlariga havasing keladi.
Shunga ko`ra aniqlovchilar 3 ga bo`linadi.
Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi) ni bildirsa, boshqa xili narsa buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi.
Sifatlovchi aniqlovchi
Qaratqich aniqlovchi
Izohlovchi aniqlovchi
Yangi ko`ylak
Chiroyli qiz.
Ukamning kitobi.
Maktabning bog`i.
Kapitan Mansurov.
Xurshid tog`a.
Predmetning rangi, ta’mi, hajmi, miqdori, xarakter-xususiyatini bildirib, o`zidan keyingi bo`lakka bitishuv yo`li bilan tobelangan aniqlovchilarga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.
Sifatlovchi aniqlovchi qanday? qanaqa? qancha? nechanchi? qaysi? kabi so`roqlardan biriga javob bo`ladi.Sifatlovchi aniqlovchi tobelangan bo`lak sifatlanmish deyiladi.
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagi so`zlar bilan ifodalanadi.
Sifat: Yaxshi fikrlarni doimo ayting.

Download 311.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling