3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Download 81.89 Kb.
bet10/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2---mavzu

Burj jadvali



Arabcha

Forscha

O‘zbekcha

Hozirgi

aytilishi

aytilishi

aytilishi

hisobga ko‘ra

1.

Hamal

Barre

Qo‘y

22 mart—20 apr.

2.

Savr

Gov

Sigir

21 apr. —20 may.

3.

Javzo

Dupaykar

Egizak

21 may—21 iyun

4.

Saraton

Xarcheng

Qisqichbaqa

22 iyun—22 iyul

5.

Asad

Sher

Arslon

23 iyul—22 avg.

6.

Sunbula

Xosha

Boshoq

23 avg—23 sent.

7.

Mezon

Tarozu

Tarozu

24 sent.—22 okt.

8.

Aqrab

Gajdum

Chayon

23 okt.—22 noyab.

9.

Qavs

Kamon

Yoy

23 noyab.—21 dek.

10.

Jady

Buzg‘ola

Tog‘ taka

22 dek.- 19 yanv.

11.

Dalv

Do‘l

Qovg‘a

20 yanv.-18 fev.

12.

Hut

Mohiy

Baliq

19 fev—21 mart


BURJIY TAQVIM - 365 kunlik quyosh taqvimi. Sharq falakiyotshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan (11-asr). Burjiy taqvim oylari yulduz turkumlari nomi bilan atalgani uchun «burjiy» (ya’ni yulduz turkumlari — arabcha «burj» yoki hozirgi tasavvurda astronomik taqvim) deb nom olgan.
HIJRIY YILNI ANIQLASH FORMULASI BO‘YICHA TOPSHIRIQLARNI BAJARISH
H = M – 622 + M—622
32
H = 2011 – 622 + 2011—622
32
H = 2011 – 622 + 43
H = 1432


MILODIY YILNI ANIQLASH FORMULASI BO‘YICHA TOPSHIRIQLARNI BAJARISH
M = H - H + 622
33
M = 1432 – 1432 + 622
33
M = (1432 – 43) + 622
M = 1389 + 622 = 2011
M = 2011



  1. Umar Xayyom kalendarining joriy etilishi. Umar Xayyom kalendarining dunyodagi mukammal quyosh kalendari sifatidagi xususiyatlari.

Ulug‘ faylasuf, shoir, munajjim, matematik, tabib bo‘lgan G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy. Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Aniq fanlar sohasida o‘z davrining yagonasi bo‘lgan olim tomonidan tuzilgan kalendar, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniq bo‘lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.

Umar Xayyom Nishopur, Balx, Buxoro shaharlarida o‘qiydi. Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif qiladi. U 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo‘llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo‘lgan. Shuningdek uning «Risolatul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning vazifalari»), «Risola fil-vujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyati vujud» («Borliq umumiyligi haqida risola») kabi asarlari ham mashhurdir. Umar Xayyom o‘zini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ruboiylarini ilmiy izlanishlardan charchagan paytida turli dafgarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat o‘yinini qarangki, olim o‘z umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi.

Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo‘lmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4 qatorlik she’r qilib qog‘ozga tushirib qo‘yavergan.

Buyuk olim, astronom Umar Xayyom 1122 yili Nishopurda vafot etadi.

Astronomiya

Xayyom Isfahonda saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh davrida tubdan yangi quyosh taqvimini ishlab chiqqan astronomlar guruhiga rahbarlik qildi. U 1079-yilda rasman qabul qilingan. Ushbu taqvimning asosiy maqsadi Navro‘zni (ya’ni yil boshini) iloji boricha bahorgi tengkunlik bilan bog‘lash edi, ya’ni quyoshning Qo‘chqor burjiga kirishi sifatida tushuniladi.

Shunday qilib, taqvim qabul qilingan hijriy 468 yil sharvarisining 1 farvardini (Navro‘z) hijriy 417 qamariy yil juma, ramazon oyining 9 va Yazdigerd davrining 448 yilining 19 farvardiniga to‘g‘ri keldi. (1079 yil 15 mart). Uni “qadimgi”[18] yoki “fors”[19] deb atalgan zardushtiylik quyosh yilidan farqlash uchun yangi taqvim Sulton nomi bilan atala boshlandi – “Jaloliy”[20] yoki “Malekiy

Jaloliy kalendar oylaridagi kunlar soni quyoshning u yoki bu burj belgisiga kirish vaqtiga qarab oʻzgarib turardi va 29 dan 32 kungacha boʻlishi mumkin edi[22]. Zardushtiylik taqvimi namunasidan kelib chiqqan holda har oy kunlari kabi oylar uchun ham yangi nomlar taklif qilingan. Biroq, ular ildiz otmadi va oylar umumiy holatda tegishli zodiak belgisi nomi bilan atala boshlandi.

Sof astronomik nuqtai nazardan qaraganda, Jaloliy taqvimi zamonaviy Xayyom Yevropada qo‘llanilgan qadimgi Rim Yuliy taqvimiga qaraganda aniqroq va keyingi Yevropa Grigorian kalendariga qaraganda aniqroq edi. “4 yilga 1 ta kabisa yili” (Julian taqvimi) yoki “400 yilga 97 ta kabisa yili” (Gregorian taqvimi) sikli o‘rniga Xayyom “33 yilga 8 ta kabisa yili” nisbatini qabul qildi. Boshqacha qilib aytganda, har 33 yildan 8 tasi kabisa yili, 25 tasi oddiy yil edi. Ushbu kalendar boshqa ma’lum bo‘lganlarga qaraganda aniqroq bahorgi tengkunlik yiliga to‘g‘ri keladi. Umar Xayyom loyihasi ma’qullandi va Eron taqvimining asosini tashkil etdi, u Eronda 1079 yildan beri rasmiy taqvim sifatida amal qiladi.

Xayyom “Malikshohov zij” asarini tuzgan, jumladan, 100 ta yorqin yulduzdan iborat yulduzlar katalogi va saljuqiylar sultoni Malikshoh ibn Alp Arslonga bag‘ishlangan. Zij kuzatuvlari 1079 yil (“Molikiylar kabisa yilining [birinchi] yilining boshida”) sanasi; qoʻlyozma saqlanmagan, lekin uning nusxalari mavjud.


Umar Hayyom kalendari. Umar Hayyom 1074 yili do sti Nizom ul - Mulkni taklifi bilan Bog'dodga boradi. U yerdagi «Nizomiya» akademiyasining atoqli munajjimlariga rahbarlik qiladi. Bu kalendar bo'yicha 33 yilda 8 ta kabisa yili keladi va yilning uzunligi 365 kun 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng 1079 yil 16 martdan boshlab Eronda qabul qilindi va xozirgacha Eron va Afg'onistonda qo'llanib kelmoqda. Yangi yilni 1 kuni Hamal (Nаvruz) hisoblanadi. Xijriy shamsiy oylar doimo yilning ma'lum bir vaqtida keladi.
1. Hamal (quy)- 31
2. Savr (sigir) - 31
3. Javzo (egizak qiz)-31
4. Saraton (qisqichbaqa) - 31
5. Sunbula (boshoq)-31
6. Asad (arslon) - 31
7. Mezon (tarozi) - 30
8. Aqrab (chayon) - 30
9. Qavs (yoy)-30
10.Jadiy (tog' echkisi)-30
11.Dalv (qovga)-30
12.Hut (baliq)-29-30
Bu kalendar «Ziji Malikshoh» deb ham atalgan. Kalendar 4500 yilda 1 sutka xato qiladi.
Milodiy 1079 yilda Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh Yazdigird yil hisobini isloh qilish to‘g‘risida buyruq beradi. Kalendar islohoti maxsus tuzilgan hay’at tomonidan o‘rganib chiqiladi. Unga shoir va olim Umar Xayyom (1040-1123) rahbarlik qiladi. Kalendar Eron shohi Malikshoh tomonidan 1079 yil 16 martda (bu davrda yulian kalendari bo‘yicha bahorgi teng kunlik shu kunga to‘g‘ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo‘yicha 471 yilning ramazon oyiida qabul qilindi. Yangi kalendarda yilning boshlanishi bahorgi tengkunlikka to‘g‘ri kelishi kerak edi. Chunki o‘sha vaqtda yangi yilning boshlanishi bahorgi teng kunlikdan deyarli bir hafta uzoqlanib, 14-16 martga to‘g‘ri kelib qolgan edi. Agar yangi yil 20, 21va 22 martdan boshlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Umar Xayyom boshchiligidagi hay’at yangi yilni bahorgi teng kunlikdan boshlaydi va buning uchun kabisa yili tanlab olinadi. Bu kalendarda ham Yazdigird yil hisobidagi kabi bir yil 12 oyga bo‘linadi va har bir oy 30 kundan iborat bo‘ladi. Bu kalendar Yazdigird kalendaridan farqli o‘laroq kabisa yiliga 6 kun ham qo‘shilgan. Kalendarda har 33 yil bir davr hisoblangan. Unda har o‘ttiz uch yilda sakkiz marta kabisa yili kelgan. Bunda kabisa kuni yetti marta to‘rtinchi yil oxiriga, sakkizinchi kabisa kuni esa beshinchi kabisa yili oxiriga qo‘shilgan. Bu kalendar hijratning birinchi yili 622 yildan boshlab hisoblanadi. Kalendarning tadbiq etilgan kuni hijriy 471 yil 10 ramazon, (Yazdigird hisobi bo‘yicha 448 yil 19 fevraldan) 1079 yil 16 martga to‘g‘ri keladi. Ushbu sana hijriy-shamsiy hisobi bo‘yicha 458 yilning birinchi boshlanish kuni - bahorgi tengkunlik kuni (Navro‘z) bo‘ldi. Bu kalendar Umar Xayyom kalayendari deyilishi bilan birga saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh nomi bilan Jaloliy kalendari deb nom oldi. Umar Xayyom kalendari dunyoda bugungi kungacha yaratilgan mukammal kalendarlardan biri hisoblanadi. Unda xatolik bir sutkaga yetish uchun 4500 yil kerak bo‘ladi. Bu esa kalendarning aniqlik darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Umar Xayyom kalendari XIX asr o‘rtalarigacha Eronda qo‘llanildi. Keyinroq hijriy-shamsiy kalendari isloh etilib, oylarning kun miqdori burj oylarining kun miqdoriga to‘g‘rilanadi. Shu vaqtdan boshlab hijriy-shamsiy kalendarida qadimgi Eron oylarining nomi ham qo‘llanila boshlandi. Ularning tartibi quyidagicha:


Download 81.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling