3-mavzu: sharq mamlakatlari xronologiyasi reja


Hijriy-shamsiy yil hisobi. Hijriy-shamsiy kalendar oy nomlari. Hijriy-shamsiy kalendar yili


Download 81.89 Kb.
bet8/13
Sana15.06.2023
Hajmi81.89 Kb.
#1478425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2---mavzu

Hijriy-shamsiy yil hisobi. Hijriy-shamsiy kalendar oy nomlari. Hijriy-shamsiy kalendar yili.

Musulmon kalendari.
Musulmon kalendari. Hijriy-qamariy oylar
Musulmon kalendari. Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo va Kavkaz davlatlari islomga qadar zardo‘shtiylik kalendaridan foydalanishmagan. Islom dini vaqtni hisoblashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Islomdan avval arablar Oy kalendaridan foydalanganlar. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oylar qo‘shishni o‘rganganlar va u oyni “ayam an-nasi” deb ataganlar.
HIJRIY YIL HISOBI - Payg‘ambarimiz Muhammad sallolllohu alayhi va sallamning Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga hijrat qilgan yillaridan boshlangan. Qamariya (hijriy-qamariy yil) va shamsiya (hijriy-shamsiy yil)ga bo‘linadi. Qamariya bo‘yicha yil hisobi 622 yilning 16 iyuli juma kunidan boshlangan. Hijriy yil hisobi. Hijriy yili musulmonlar yili bo‘lib, 622 yil 16 iyul Muhammad sallolohu alayhi vassalam payg‘ambarimizning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.
Birinchisi, hijriy - qamariy yil hisobi bo‘lib, Oyning Yer atrofida aylanish davri 29,5 kecha- kunduz hisobidan olingan. Hijriy yil hisobi ham 12 oydan iborat bo‘lib, 6 oyi 29 kun, 6 oyi 30 kundan iborat bo‘ladi. Bir yil 354 kunni tashkil qiladi. Kabisa yilida 12 oy 30 kun qilib olinadi va bu yil 355 kunni tashkil qiladi.
Ikkinchisi, hijriy – shamsiy yildir. Bu yil hisobi Yerning Quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan. Shu sabab hisob Quyosh kunlari asosida olib boriladi va bir yil 365 (366) kunga teng bo‘ladi. Faqat bir oy 28 kundan iborat bo‘ladi. Har 4 yilda bu oyga bir kun qo‘shilib, 29 kunni tashkil qiladi va shu yili kabisa yili hisoblanib 366 kundan iborat bo‘ladi.
Hijriy-qamariy oylar o‘n ikkita. Ular quyidagi nomlar bilan yuritiladi:
1. Muharram;
2. Safar;
3. Rabiul avval;
4. Rabius soniy (yoki Rabi’ul oxir);
5. Jumodul avval;
6. Jumodus soniy (yoki Jumodul oxira);
7. Rajab;
8. Sha’bon;
9. Ramazon;
10. Shavvol;
11. Zulqa’da;
12. Zulhijja.
Qamariy taqvimdan Islom kelishidan avval ham arab qabilalari foydalanishgan. Lekin oylarning ismlari har xil bo‘lgan. Mana shu turli xillik ular uchun muhim tijorat va ibodat mavsumi bo‘lgan haj vaqtini belgilashda mushkillik tug‘dirgan. Payg‘ambarimiz sallalohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Kilob ibn Murra hayotligida qabila boshliqlari majlis qilishib, oy nomlarini bir xil qilishga kelishadilar. Oy nomlarini esa voqe’likdan kelib chiqib qo‘yishadi:
1. Muharram (lug‘atda “harom qilingan”) – johiliyat davrida va Islomning avvalida urush harom qilingan 4 oydan biri.
2. Safar (lug‘. “sarg‘ayib qolish”) – arab qabilalari urush qilish uchun chiqib ketishardi, yerlari esa sap-sariq kimsasiz bo‘lib qolardi.
3. Rabiul avval (lug‘. “avvalgi bahor”) – bu oyning nomlanishi bahorga to‘g‘ri kelgan.
4. Rabiul oxir, soniy (lug‘. “ikkinchi bahor”) – ma’nosida. Buning nomi avvalgisiga ergashtirib qo‘yilgan.
5. Jumodul avval (lug‘. “avvalgi muzlash”) – Bu oyning nomlanishi qishga to‘g‘ri kelgani uchun shunday atalgan. bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bo‘lib, suv muzlagan paytini anglatuvchiga arabcha “jamoda” so‘zidan olingan bo‘lib, “qotib qolmoq”, muzlamoq ma’nosini beradi.
6. Jumodul oxir (lug‘. “ikkinchi muzlash”) – yuqoridagiga ergashtirilib nom berilgan.
7. Rajab (lug‘. “o‘qni yoydan olish”, “to‘xtab turish” ma’nosida) – bu oy ham urush harom qilingan oylardan biri edi. arablar bu oyni ulug‘laydilar, yana bu oyni “kar oyi” ham deb nomlaydilar, chunki ular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar.
8. Sha’bon (lug‘. “ikki tog‘ni bo‘lib turuvchi dara”, “tarqalish”) – Rajab va Ramazonni bo‘lib turgani uchun shunday atalgan yoki qabilalar Rajab oyida urushdan to‘xtab qolgandan keyin yana tarqab ketishar edi. “tashaaba” so‘zidan olingan bo‘lib, “tarqalmoq” ma’nosini beradi.
9. Ramazon (lug‘. “qattiq qizish”) – bu oyning nomlanishi yilning eng issiq paytlariga to‘g‘ri kelgan ) “yondirmoq”, “jazirama oy” ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq paytiga to‘g‘ri kelgan.
10. Shavvol (lug‘. “dumning ko‘tarilishi”) – nomlanishi tuyalar oriqlab, sutlari qurib, dumlari ko‘tarilib qoladigan vaqtga to‘g‘ri kelgan. “ko‘tarilmoq”, “olib bormoq”, “ko‘chirmoq” ma’nolarini beradi. Arab qabilalari bu oyda o‘z joylaridan ko‘chib ketardilar.
11. Zul-qa’da (lug‘. “o‘tiruvchi”) – bu oy urush harom qilingan oylarning birinchisi, odamlar urushdan o‘tirib qolgani uchun shunday nomlangan. “o‘tirmoq”, “uyda qolmoq” ma’nolarini anglatadi. Bu oyda urushlar bo‘lmaydi.
12. Zul-hijja (lug‘. “haj egasi”) – qadimdan odamlar mana shu oyda haj qilish uchun chiqishgan. Bu ham urush harom qilingan oylardan. “haj” so‘zidan olinib, “haj qilish” ma’nosini beradi. Arablar bu oyda haj qilganlar. Bu oylar nomlarini qo‘yilishiga sabablar bor. Arablar oylarini joxiliyat davrida ham hozir musulmonlar ishlatayotganlaridek ishlatganlar, ularning haj marosimlari yilning to‘rt faslida aylanavergan.
Hijriy-qamariy yil milodiy yildan 11 kun kamligi va har yili 11 kun erta kelganligi sababli, oylar yilning turli fasllarida aylanib keladi.
Dinimizda Ramazon oyi, haj mavsumi kabi ibodatlarni vaqtini belgilashda hijriy-qamariy taqvim (kalendar)dan foydalaniladi.
Bu taqvim oyning falakdagi harakatiga asoslanadi. Hilol (yangi oy) ko‘rinsa, ertasi kunduzi oyning birinchi kuni hisoblanadi. Hijriy-qamariy oylar 29 yoki 30 kun bo‘ladi. Shu sababli bir hijriy-qamariy yil 354 kun bo‘lib, milodiy yildan 11 kun kam bo‘ladi. Hijriy-qamariy taqvimning birinchi kuni Muharram oyining birinchi kunidan boshlanadi.
Hijiy-qamariy taqvimdan foydalanishga ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob davrida, ya’ni 16 hijriy yilning Rabe’ul avval oyida qaror qilindi va keladigan 1-Muharram 17 hijriy yilning boshi deb hisoblandi.
Hijriy-qamariy yilning boshlanishiga Payg‘ambarimiz sallalohu alayhi vasallamning Makkai mukarramadan Madinai munavvaraga hijrat qilgan yillari asos qilib olindi. Bu milodiy 622 yilga to‘g‘ri keladi. “Hijriy”, degan so‘z “hijrat (ko‘chish)ga tegishli”, “qamariy” esa “oyga tegishli” degan ma’noni bildiradi.
Qamariy yil tropik yildan 10— 12 kun qisqa. Qamariy yilning ba’zilari kabisa yil bo‘lishiga sabab yil­ning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 yilda 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 38-yillik arabcha siklning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-yillari kabisa deb qabul qilingan. Qamariya hisobi aholisi asosan musulmonlardan tashkil topgan mamlakatlarda qo‘llanadi.

Download 81.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling