Dispers sistemalar har xil bo’ladi, chunki ularning fazolari moddalarning uch agregat holatining istagan holatida bo’lishi mumkin. - Dispers sistemalar har xil bo’ladi, chunki ularning fazolari moddalarning uch agregat holatining istagan holatida bo’lishi mumkin.
- Dispertsion muhit gaz bo’lgan dispers sistemalar aerozollar deb ataladi. Bulut, chang va tutunlar aerozollarga misol bo’ladi.
- Kolloid eritmalar yoki zollar deb ultramikroskop yordamida paykaladigan zarrada kichik bo’lgan dispers sistemalarga aytiladi.
- Kolloid eritmalar ba‘zi moddalarni, masalan, oqsil, jelatina va shunga o’xshash moddalarni suvga uzoq vaqt tegib turishi natijasida hosil qilinadi. Ba‘zi moddalarning kolloid eritmalarini hosil qilish uchun, ular suyuqlikka qo’shib ezg’ilanadi.
- Ximiyaviy reaktsiyalar natijasida ham kolloid eritmalar hosil bo’ladi. Masalan: arsinat kislota eritmasiga ma‘lum vaqt vodorod sulfat yuborib turilsa.
- 2H3 AsO3 + 3H2S = As2S3 + 6H2O
- mishyak (III) – sulfitning oltindan sariq tiniq zoli (kolloid eritmasi) hosil bo’ladi.
- Ko’pchilik xollarda kolloid zarrachalar biror elektrolit bor muhitda hosil bo’ladi. Agar zarrachalar asosan bir tipdagi yoki nukul bir tipdagi ionlarni, ya‘ni yo kationlarni yoki anionlarni adsorbilash qobiliyatiga ega bo’lsa, shu bilan birga bu ionlarning zaryadini ham oladi. Masalan: mishyak (III) – sulfid arsenat kislotasining H A O eritmasiga vodorod sulfid ta‘sir etganda hosil bo’ladigan kolloid zarrachalar eritmada HS ionlarni adsorbilab, manfiy zaryadlangan juda katta anionlarga aylanadi, bu anionlarning tarkibini quyidagi shartli formula bilan ifodalash mumkin:
- {[As2S3]m · X H S-}
Bundan ko’rinib turibdiki zaryadlangan kolloid zarrachalar qarshi ionlar deb ataladaigan qarama-qarshi zaryadli ionlar mavjud bo’lgandagina eritmada tura oladi. Bu misolda fodorod ionlari qarshi ionlardir. - Bundan ko’rinib turibdiki zaryadlangan kolloid zarrachalar qarshi ionlar deb ataladaigan qarama-qarshi zaryadli ionlar mavjud bo’lgandagina eritmada tura oladi. Bu misolda fodorod ionlari qarshi ionlardir.
- Zaryadlangan kolloid zarrachadan va uni muvozanat holatida ushlab turadigan ionlardan iborat sistema mitsella deb ataladi. Mitsellaning struktura tuzilishi rasmda keltirilgan.
- Mishyak (III) sulfid mitsellaning formulasi quyidagicha:
- {[As2S3]m · X H S-}+ XH+
- Kolloidlarni o’rganish muhim ahamiyatga ega, chunki ular sanoat va texnikaning nihoyatda xilma-xil tarmoqlarida ko’p ishlatiladi. Masalan: kun (teri oshlash) sanoati, rezina, to’qimachilik, sovungarlik, shisha, fotografiya, keramika sanoatlari, sun‘iy tola, plastik massa va boshqalar ishlab chiqarish sanoatining ana shunday tarmularidandir. Bu ishlab chiqarishlarning ko’plarida kolloid ximiya nazariyalari texnologig protsesslarni oydinlashtirish va yaxshilashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |