Mavzu: eritmalar. Dispers sistemalar. Eritmalarning xossalari. Osmos xodisasi. Vant-goft va raul qonunlari


Download 418 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi418 Kb.
#1195745
1   2   3   4   5
Bog'liq
1468318963 62950

Eritmalarning xossalari.

  • Eritmalarning xossalariga osmos bosim, eritmalarning bug’ bosimi, diffuziya, muzlash va qaynash temperaturalari kiradi.
  • Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda ichida uz-uzicha taqsimlanish protsessi diffuziya deyiladi.
  • Agar erituvchi bilan eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda qoysak, bu parda orqali erituvchi eritmaga o’tib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchining yarim utkazgich parda orqali o’tishi pro­tsessi osmos deyiladi.
  • Osmos hodisasi natijasida osmotik bosim hosil bo’ladi. 1867 yilda fiziolog Traube sun‘iy yarim o’tkazgich tayyorlagan.
  • 1877 yilda Pfeffer esa osmotik bosimni o’lchashga imkon beradigan yarim o’tkazgich pardalar tayyorladi, hamda osmotik bosim temperaturaga, bosimga bog’liq ekanligini topdi.

Osmotik bosim- qonunlari

  • 1884 yilda botanik De-Friz o’simliklar hujayrasida bo’ladigan osmos hodisasini tekshirdi. Xar bir o’simlik hujayrasini qattiq parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda yarim o’tkazgich vazifasini bajaradi. Buni tekshirish uchun De-Friz o’simlikni tuzning quyuq eritmasiga tushirdi. Bu vaqtda suv hujayradan eritmaga o’tishi sababli, hujayra qisqarib o’simlik pardasi qisqarib qoladi. Bu hodisa alazioliz deb ataladi.
  • Shundan so’ng eritma kontsentratsichisni kamaytirib, plazioliz hodisasi roy bermaydigan eritmalar olishlik to’g’ri keladi. Bunday eritmaning osmotik bosimi hujayra ichidagi eritmaning osmo­tik bosimiga teng bo’ladi.
  • Demak, ikki eritma o’zaro izotonik bo’ladi. De-Friz ana shunday izotonik eritmalarni tayyorlash natijasida quyidagi qonunni kashf etdi:
  • Bir xil temperaturada turli moddalarning bir xil molyar kontsentratsiyasida olingan eritmalari bir xil osmotik bosimga ega bo’ladi.
  • 1886 yilda Vant-Gaff Pfeffer natijalari Boyl-Mariott va Gey-Lyussak qonunlariga o’xshashligini ko’rsatdi.

Yuqoridagilarga asoslanib eritmalarning osmotik nazariyasini yaratdi. Vant-Gaff eritmalarning osmotik bosimi uchun Mende­leev-Klapeyron tenglamasiga o’xshash quyidagi teglamani taklif qildi.

  • Yuqoridagilarga asoslanib eritmalarning osmotik nazariyasini yaratdi. Vant-Gaff eritmalarning osmotik bosimi uchun Mende­leev-Klapeyron tenglamasiga o’xshash quyidagi teglamani taklif qildi.
  • PV = nRT
  • R - eritmaning osmotik bosimi
  • V - eritmaning xajmi
  • R - gaz konstantasi
  • T - eritmaning absolyut temperaturasi
  • n- erigan moddaning grammg’molekulalar soni.
  • Agar deb molyar kontsentratsiyasini e‘tiborga olsak:
  • P=CRT
  • Vant-Gaff o’z nazariyasini tubandagi qonun deb ta‘rifladi.
  • Agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida bo’lib eritma hajmiga baravar hajmni egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo’lar edi.

Download 418 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling