Mavzu: Eritmalar


Suyultirilgan eritmalarning kollegativ xossalari


Download 202.56 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi202.56 Kb.
#1050803
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eritmalar.Abdullayev Sanjarbek (1)

Suyultirilgan eritmalarning kollegativ xossalari.
Binar suyuq aralashmalar. Agar ikkita suyuqlik bir-birida aralashtirilsa, uchta xol ro’y beradi:
1) cheksiz erish;
2) chegarali erish;
3) butkul bir-birida erimaslik.

Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi.b


Bu mavzuda erituvchiga nisbatan eritmaning termodinamik xossalarini o’zgarishi ko’riladi: bug’ bosimini pasayishi, qaynash haroratini ortishi, muzlash haroratini pasayishi, osmotik bosim. Bu xossalar kollegativ (kollektiv) xossalar, ya’ni bir-biriga bog’liq xossalar deyiladi. Ular umumiy bitta sabab - erigan modda zarrachalarining soni bilan ifodalanadi. Eritmaga biron bir modda solinsa, faqat erigan moddaningemas, balki erituvchining ham xossasi o’zgaradi. Bu erigan modda va erituvchi molekulalarining ta’sirlanishiga, erituvchi molekulalarining kamayishiga va erigan modda zarrachalari soniga bog’liq. Erituvchini xarakterlash uchun ideal eritmalar tushunchasi ishlatiladi.
Xosil bo’lishi kimyoviy ta’sirlanishsiz, hajmi va issiqlik effektining o’zgarishisiz sodir bo’ladigan eritmalar ideal eritmalar deyiladi. Ideal eritmalar hosil bo’lganda kimyoviy ta’sirlanish, hajm va issiqlik o’zgarishlari sodir bo’lmaydi ∆.H=0; ∆V=0. Ideal eritmalarning eng xarakterli xossasi eritma komponentlarining bug’ bosimi va kontsentratsiya o’rtasidagi bog’liqlikdir. Istagan komponent kontsentratsiyasining o’zgarishi, bug’dagi ya’ni uning eritma ustidagi portsial bosimini o’zgarishiga olib keladi.

Raul qonuni (1830-1901). Erigan moddaning erituvchining fizik xossalariga ta’siriga oid. Bu qonunlar termodinamikkaning ikkinchi qonunidan kelib chiqadi. YA’ni, ∆G=0 termodinamik muvozanatdagi fizikaviy jarayonlar uchun ta’luqlidir. Bunda molekulyar kinetik muloxazalar ham muxim rol o’ynaydi. Agar yopiq idishga toza erituvchi solinsa, bug’lanish va kondensatsiya sodir bo’ladi.


Ma’lum vaqdan so’ng sistemada dinamik muvozanat ∆G=0 hosil bo’ladi. YA’ni suyuq satxdan bug’lanayotgan zarrachalar (vaqt birligi) gaz muxitidan suyuqlikka o’tayotgan zarrachalar soniga teng bo’ladi. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug’ to’yingan bug’ deyiladi. Bunday toza erituvchining bug’ bosimi yoki to’yingan bug’ uprugosti R0 deyiladi. Berilgan haroratda toza erituvchining to’yingan bug’ bosimi (R0) doimiy qiymatga ega va erituvchining termodinamik xarakteristikasi hisoblanadi. Haroratni ortishi Le-Shatele printsipiga muvofiq erituvchi ustidagi bug’ bosimini oshiradi. Bug’lanish endotermik jarayon ∆Hbug’l>0. Uchuvchan erituvchiga uchmaydigan modda solinsa (shakar, osh tuzi), eritmada erituvchi kontsentratsiyasi kamayadi. Gaz fazasiga o’tayotgan erituvchi zarrachalarining soni ham kamayadi. Erituvchining kimyoviy potentsiallari kamayadi. Binobarin, erituvchining eritma ustidagi bug’ bosimi, toza erituvchinikiga qaraganda pasayadi. Eritma qancha kontsentrik bo’lsa, eritma ustidagi erituvchi bug’ bosimi shuncha past bo’ladi. Raul 1886 yilda quyidagi qonunni yaratdi: Uchmaydigan erigan modda saqlovchi eritma ustidagi erituvchi bug’ bosimi erituvchining molyar xissasiga to’g’ri proportsional
Download 202.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling