Mavzu: Eritmalar


Download 202.56 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi202.56 Kb.
#1050803
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Eritmalar.Abdullayev Sanjarbek (1)


Mavzu: Eritmalar
Kimyo kechki yo’nalishi 102-gruh talabasi Abdullayev Sanjarbekning tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI


Rеja
1. Eritmalarning sinflanishi.
2. Eritma kontsеntratsiyasi va uni ifodalash usullari.
3. Erish jarayoni tеrmodinmikasi.
4. Suyultirilgan eritmalarning kolligativ xossalari.
5. Raul qonunlari


Asosiy tushunchalar
Eritmalar turmushda, sanoatda, tibbiyotda va ayniqsa farmatsiyada katta ahamiyat kasb etadi. Qon plazmasi, limfa va organizmdagi boshqa suyuqliklar eritma holatida bo’ladi. Dori moddalari ham erigan holatda yoki organizmda erigan holatga o’tgandagina samaraliroq bo’ladi. Eritmalar xossalarini o’rganish, ularni ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunishini va farmatsiya amaliyotida eritmalarga duch kelganda albatta ularni nazarda tutishni taqozo etadi. Ushbu lektsiyada biz eritmalar xossalari va ularga bog’liq bo’lgan qonuniyatlar haqida gap yuritamiz.
O’zgaruvchan tartibli – ikki yoki undan ortiq moddadan tashkil topgan muvozanat holatidagi gomogen sistema eritma deyiladi. Eritmani tashkil etuvchi moddalar komponentlar deyiladi. Agregat holatiga qarab eritmalar gaz, suyuq, va qattiq holatda bo’lishi mumkin; masalan, gazlar aralashmasi (xavo) – gaz holatdagi, tuzlarning suvdagi eritmasi – suyuq, oltin va mis va boshqalar qotishmasi qattiq eritma hisoblanadi.
Farmatsevtlar uchun suyuq eritmalar ko’proq ahamiyatlidir; shu sababli biz asosiy e’tiborni suyuq eritmalarga qaratamiz. Xar bir eritma erigan modda va erituvchidan tashkil topadi. Lekin bu tushuncha qandaydir miqdorda shartlidir. Masalan, spirt va suv eritmasida, qaysi biri ko’p olinganligiga qarab, spirt ham suv ham erituvchi bo’lishi mumkin. Odatda dastlabki agregat holati eritmaga o’tganda ham saqlanib qolinadigan komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan, glyukozaning suvdagi eritmasida - suv erituvchi. CHunki eritma ham suv ham suyuq. Elektrolitlar eritmasida esa, komponentlar nisbatidan qat’iy nazar, elektrolitlar erigan modda hisoblanadi. (masalan, 96% sulfat kislotasining suvdagi eritmasida suv erituvchi, elektrolit 4 2SOH− erigan modda). Agar eritmada suyuq, yoki qattiq modda bo’lsa, odatda suyuq komionent erituvchi hisoblanadi.

Organizm xayot faoliyatida eritmalar muximdir. Ko’pgina kimyoviy jarayonlar faqat eritma holatidagina sodir bo’ladi. Qon, limfa, siydik, so’lak, tel va boshqalar eritmadir. Dorilarning so’rilishida, organizmdagi modda almashinuvida xam, biokimyoviy reaktsiyalar eritmada kechadi. Biologik suyuqliklar oziqa moddalar (oqsil, aminokislotalar, kislorod)ni, dorilarni tashish (transport)da ishtirok etib, kerakli organlarga, to’qimalarga etkazib beradi. Metabolitlarni (mochevina, bilirubin, karbonat angidrid va boshqalar) organizmdan chiqarish ham eritma holatida amalga oshadi. Ayrim biologik suyuqliklar tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan;



Suv - erituvchi; buni aloxida ajratib aytilishiga sabab, planetadagi eng ko’p tarqalgan erituvchi suvdir. Inson tanasi, agar u 70 kg bo’lsa, = 40 kg suvdan iborat. Bu suvning 25 kg xujayralar ichida (bog’langan suv), qolgan 15 kg esa xujayradan tashqaridagi suyuqliklar (qon plazmasi, ichak-oshqozondagi suyuqliklar) da bo’ladi. Hayvon va o’simliklarda ham 50%, ayrim hollarda esa 90-95% suv bo’ladi. Suv o’zining tuzilishi, eritish qobiliyati, ko’pgina xossalari bo’yicha nixoyatda noyob, ko’pincha g’ayri tabiiy xossalarni namoyon qiladi.

U ionli va qutublangan birikmalarni eritadi. CHunki uning dielektrik doimiyligi yuqori, (D=78,5). Difil tuzilishga ega bulgan moddalar eriganda suvning strukturasida o’zgarish ro’y beradi. Bu xodisa gidrofob ta’sirlanish deb ataladi. YA’ni suv strukturasi erigan moddaning gidrofob guruxiga yaqin joylashgan suv molekulalarining gidrofob guruxlar bilan kontakti minimumga etadi. Natijada, gidrofob guruxlari bir-biri bilan assotsialanib (mitsella) suv molekulasini siqib chiqarishga xarakat qiladi. Termodinamikaninig 2 qonuniga binoan, organik moddalar eng barqaror holatga o’tishga intiladi.



Download 202.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling