Mavzu: Eritmalar


Eritmalar klassifikatsiyasi


Download 202.56 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi202.56 Kb.
#1050803
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eritmalar.Abdullayev Sanjarbek (1)

Eritmalar klassifikatsiyasi.
Molekulyar massasi 5000 g/moldan kichik moddalar eritmasi - kichik molekulali moddalar eritmasi, molekulyar massasi 5000 g/moldan yuqori bo’lgan moddalar eritmasi – yuqori molekulali moddalar eritmasi deyiladi. Erish natijasida elektrolitik dissotsiatsiya ketish ketmasligiga qarab, eritmalar 3 guruxga bo’linadi; elektrolitlar eritmasi, noelektrolitlar va amfolitlar eritmasi.
Elektrolitlar eritmasi deb ionlarga dissotsialanadigan tuzlar, kislotalar va asoslar eritmasiga aytiladi. Masalan, KNO3 , HCl , KOH eritmalari. Eritmaning elektr o’tqazuvchanligi erituvchinikidan yuqori bo’ladi.
Noelektrolitlar eritmasi. Suvli eritmasi amalda dissotsialanmaydigan moddalar eritmasi. Masalan, saxaroza, glyukoza, mochevina eritmalari noelektrolit eritmalarga misol bo’ladi. Ularning elektr o’tqazuvchanligi erituvchi elektr o’tkazuvchanligidan qariyb farq qilmaydi.
Amfolitlar eritmasi ham kislotali, ham asosli birikmalar kabi dissotsialanadigan moddalar eritmasidir. Masalan, Al(OH)3, glitsin eritmalari.

Eritmalar kontsentratsiyasi va uni ifodalash usullari.
Eritmalarning eng muxim ko’rsatkichi kontsentratsiya ko’rsatkichidir. Kontsentratsiya orqali eritmalarning ko’p xossalari aniqlanadi.
Eritma komponentining (moddasining) kontsentratsiyasi deb, eritmaning yoki erituvchining ma’lum massasida yoki hajmida saqlangan erigan moddaning o’lchanadigan qiymatiga aytiladi. Binobarin, kontsentratsiya-erituvchi va erigan moddalar qanday (og’irlik, hajmiy) nisbatda olinganligini ko’rsatadi. Eng ko’p qo’llaniladigan kontsentratsiyalar; massa xissasi, molyar, molyal, ekvivalentning molyar kontsentratsiyasi, molyar xissa, hajm xissasi, titr.
Molyar kontsentratsiya mol/m3; mol/dm3; mol/l bilan ifodalanadi. “Molyarlik” atamasi ishlatilmaydi, biroq “molyarli”, “bir molyarli” kabi atamalar qo’llaniladi. YUqorida ko’rsatilgan mol/dm3 yoki mol/l o’rniga “M” belgisini ishlatish mumkin. Masalan, 1M HCl; 0,4M KOH va x.k. 5. Komponent “V”ning molyal kontsentratsiyasi (mB) deb, erigan modda V ning mol (n) miqdorini erituvchining kg bilan o’lchangan massasi (mB)ga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
Masalan, agar eritma “bir molyalli” deyilsa, 1mol moddani 1kg erituvchida erishi natijasida hosil bo’lgan eritmaga aytiladi. Molyal kontsentratsiya “ml” belgisi bilan ham ifodalanadi.
Molyar massa xissasi, molyal kontsentratsiyalar bilan ifodalangan eritma tarkibi sistemaning haroratiga bog’liq emas. Binobarin, bu ifodalar odatda noizotermik (harorat o’zgaradigan) tajribalarda qo’llaniladi.


Download 202.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling