Mavzu. Erkaklar kiyimini konstruktsiyalash printsiplari Reja: Erkaklar ko’ylagi asos chizmasi Erkaklar ko’ylagi uchun o’lchov olish


Download 1.03 Mb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1046089
  1   2
Bog'liq
Erkaklar kiyimini konstruktsiyalash printsiplari


Mavzu. Erkaklar kiyimini konstruktsiyalash printsiplari
Reja:
1.Erkaklar ko’ylagi asos chizmasi
2.Erkaklar ko’ylagi uchun o’lchov olish
Ort, old va yeng bo’laklari asos konstruktsiya chizmasini chizish uchun hisoblar keltirilgan va chizmani chizish uchun ko’rsatmalar berilgan.
Erkaklar sorochkasi uchun yoqalar yaxlit bichilgan tik yoqali, qirqma tik yoqali, tik yoqa (stoyka), qaytarma konstruktsiyali bo’lishi mumkin. (1-rasm).
Yoqa o’lchami, shakli va bezagi modelga bog’liq. Bezak sifatida tasma, kant, tugma, krujevo va kashta qo’llaniladi.
Sorochka taqilmasi uning modelining asosiy belgisidan biridir. Taqilma yuqoridan pastgacha, ochiq holda bo’yin o’mizidan old bo’lakning o’rtasigacha yoki undan yuqoriroqda loyihalanishi mumkin. (2-rasm).
Taqilmaga ishlov berish usuliga qarab qirqma va yaxlit plankada, old bo’lak bilan yaxlit bichilgan va qirqma adipli, yashirin holda loyihalanishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan taqilma turi sorochka bortiga bo’yin o’mizidan etakkacha planka bilan ishlov berishdir. Adipli taqilma katta yoshdagi erkaklar uchun mo’ljallangan modellarda ko’p uchraydi. Sorochka tugmasining o’rni o’ng old bo’lakda, izma esa chap old bo’lakda belgilanadi. Taqilma tugmaga, pistonga, ilgakka, bog’ichga, «molniya» ga taqilishi mumkin.
Erkaklar sorochkasini modellashda unifikatsiyalangan bo’laklardan keng foydalaniladi. Katta bo’laklar (old, ort, yeng, koketka) bilan birga mayda bo’laklar ham unifikatsiyalangan bo’lishi mumkin. Bitta asos konstruktsiya asosida unifikatsiyalangan bo’laklarni almashtirish vositasida bir necha modellarni qurish mumkin. Cho’ntak, yoqa, qotirma bo’laklari ham unifikatsiyalangandir.
Erkaklar sorochkasi ip, zig’ir, shoyi, jun, aralashgan tolali, sun’iy tola gazlamalardan tikiladi. Gazlama yemirilishga, yuvishga chidamli, kam g’ijimlanuvchan, kirishmaydigan, rangi o’chib ketmaydigan, havo o’tkazuvchan, suv shimadigan bo’lishi kerak.
Gazlamaga bunday xossalarni berish uchun ularga sun’iy qorishmalar bilan ishlov beriladi, poliefir va poliamid tolalar bilan qo’shib ishlab chiqariladi.
Erkaklar sorochkasini modellash bosqichlari sorochka vazifasiga, uslubiy yechimiga (sport, klassik, romantik, milliy) bog’liq: erkaklar sorochkasini modellash namunalari 2-rasmda ko’rsatilgan.
3-rasmda erkaklar sorochkasining namunaviy varianti ko’rsatilgan. Bu sorochka kalta yengli, yoz mavsumi uchun mo’ljallangan, klassik uslubda bo’lib, turli yosh guruhlaridagi (kichik, o’rta, katta) erkaklarga tavsiya etiladi. Sorochka taqilmasi plankada 6 tugma va izmali bo’lib, yoqasi yaxlit tik qaytarma yoqali bo’ladi.
Sorochka konstruktsiyasini qurish, gavda o’lchov belgilarini tanlashdan boshlanadi. O’lchov belgilari qiymati namunaviy (tipaviy) me’yoriy hujjatlardan (GOST yoki tarmoq standartlari), fan bo’yicha mavjud darsliklardan yoki muayyan qomatni o’lchash orqali aniqlab olinadi. Misol tariqasida 1 - jadvalda 176-100-88-44 o’lchamli namunaviy qomatning o’lchov belgilari keltirilgan.

Bu yerda: R = 176 sm, OkIII = 100, Obel = 88, Obo’y = 44.


1-jadval.
Erkaklar namunaviy qomatning o’lchov belgilari


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling