3-rasm. Erkaklar sorochkasi texnik rasmi
Chap tomonida bitta qoplama cho’ntak tikilgan. Yengi kalta va manjetli yoqa chetlari, taqilma plankasi va manjet chetiga bezak choki tikilgan. 4, 5, 6-rasmlarda erkaklar sorochkasining old va ort bo’laklari model konstruktsiyasining chizmasi ko’rsatilgan.
4-rasm. Sorochka ort bo’lak model konstruktsiyasining chizmasi
a-taxlamasiz ort bo’lak; b-koketka ulash qirqimida taxlama modellash.
5-rasm. Erkaklar sorochkasi old bo’laklar model konstruktsiyasining chizmasi
6-rasm. Sorochka yengini modellash
ERKAKLAR SOROCHKASI UCHUN YOQA KONSTRUKSIYASINI CHIZISH
Yaxlit bichilgan yoqa konstruktsiyasini qurish tartibi (7-rasm).
Dastlabki ma’lumotlar: Obo’yin = 41 sm, Pus. = 1,2 sm.
1-jadval.
Konstruktiv bo’lak belgisi.
|
Siljitish yo’nalishi
|
Hisob formulasi va hisoblar
|
Konstruktiv bo’lak qiymati, sm.
|
AV-tik yoqa balandligi
|
Vertikal bo’ylab yuqoriga.
|
AV = 1,0 m.
|
1,0
|
VV1
|
Vertikal bo’ylab yuqoriga.
|
VV1 = 2,5 . . . 3,5
|
2,5 . . . 3,5
|
V1V2 yoqa qaytarmasi kengligi
|
Vertikal bo’ylab yuqoriga.
|
VV1 + 0,5 = 3,0 . . . 4 sm.
|
3,0 . . . 4,0
|
AB
|
Gorizontal bo’ylab o’ngga.
|
AB = 0,5 Obo’yin+0,5 Pus + 0,2 = 0,5 x 41 +0,5 x 1,2 + 0,2 = 21,3
|
21,3
|
BB1
|
Vertikal bo’ylab yuqoriga.
|
BB1 = 1,0
|
1,0
|
B1B2 = bort kengligi.
|
Gorizontal bo’ylab o’ngga.
|
B1B2 = sorochka borti kengligi = 1,2 . . . 2,0 sm.
|
1,2 . . . 2,0
|
BB3
|
B nuqtadan chapga.
|
BB3 = 7,0
|
7,0
|
BB4
|
B nuqtadan chapga.
|
BB4 = 15,5
|
15,5
|
|
V nuqtadan o’ngga.
|
V1 B40, B3, B2 nuqtalar egri chiziq bilan biriktiriladi.
|
|
B2B5
|
Perpendikulyar bo’yicha yuqoriga.
|
B2B5 = 1,5 . . . 2,0
|
1,5 . . . 2,0
|
B5 B50
|
Gorizontal bo’ylab chapga.
|
B5 B50 = 0,8
|
0,8
|
B50 B6
|
Gorizontal bo’ylab chapga
|
B50 B6 = bort kengligi + (0 . . . 0,8) = 1,5 + 0,5.
|
2
|
B41 B6
|
|
B41 va B6 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi.
V1 B41 B6 – yoqa ko’tarmasini (tik yoqani) bukish chizig’i.
|
|
BB7
|
B nuktadan yukoriga vertikal.
|
BB7 AB
|
|
B7 B70
|
O’ngga gorizontal bo’ylab.
|
B7 B70 = (0 . . . 1,5).
|
0 . . . 1,5
|
B7 B8
|
B7 nuqtadan chapga.
|
B7 B8 = V2 B7
|
|
B6 B60
|
|
B6B60 model bo’yicha aniqlanadi.
|
|
|
|
V2 B8 B60 – egri chiziq bilan birlashtiriladi.
|
|
«ERKAKLAR SOROCHKASINI MODELLASH» BO’YICHA
TEXNOLOGIK XARITA
T
а
exnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
| Chizma |
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
Erkaklar sorochkasining texnik chizmasini (old va ort tomondan ko’rinishini) chizish
| Qalam, qog’oz, jurnal. |
|
Erkaklar sorochkasining tashqi ko’rinishini chizib olinadi.
|
Ko’ylak chizmasiga yozma tavsif berish.
| Qalam, qog’oz, jurnal. |
|
Misolga qaralsin.
|
Sorochkaning asos konstruktsiya-sini tayyorlash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, asos konstruk-tsiya. |
|
Erkaklar sorochkasi asos konstruktsiyasining chizmasi T-42 moduldan olinadi. Buning uchun old va ort bo’laklardan alohida nusxa qilinadi. Chap va o’ng old bo’laklar ham alohida qilib tushiriladi.
|
Sorochka ort bo’lagini modellash.
| Kalka qog’oz, asos konstruk tsiya. |
|
Sorochka ort bo’lagi konstruktsiyasida koketka chizig’i ajratib, chizib olinadi. Sorochka uzunligi modelga muvofiq belgilanadi va model uchun xos uzunlik ort bo’yin o’mizidan o’rta chiziq bo’ylab qo’yiladi. Etak chizig’i chiziladi.
(4, a-rasm). Sorochka ort bo’lagida koketka qirqimi bo’ylab taxlama loyihalansa, (4,b-rasm), ort bo’lak asos konstruktsiyasi o’rta chizig’i chap tomonga 2 sm. ga kengaytiriladi. (o’rta chiziq suriladi). Koketkani ulash qirqimida taxlama o’rni belgilanadi.
|
Chap old bo’lakda taqilmani modellash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
|
Chap old bo’lakda taqilma plankasi modellanadi. Taqilma plankasi chap old bo’lak bilan yaxlit holda modellanadi. O’rta chiziqdan 6,5 sm o’lchab, planka chetki chizig’i chiziladi. Plankada chap va o’ng ziy chiziqlar o’rni, petlya o’rni belgilanadi. Planka chetidan o’ng ziygacha bo’lgan masofa 2,5 . . . 3,0 sm, chap ziygacha bo’lgan masofa
5,5 . . . 6,5 sm.
|
Chap old bo’lakda taqilma petlya (izma) o’rnini belgilash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
Sorochka old bo’lagida petlyalar o’rni planka ziylari oralig’ida loyihalanadi. Buning uchun ziylar oralig’idagi masofaning o’rtasidan o’q chiziq o’tkaziladi. O’q chiziqda 6 ta izma vertikal holda belgilanadi.
Petlya kattaligi tugma diametridan 0,3 . . 0,4 sm katta bo’lishi kerak.
|
Sorochka chap old bo’lagida cho’ntakni modellash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
Chap old bo’lakda qoplama cho’ntak loyihalanadi. Cho’ntak o’lchamlari unifikatsiyalangandir. Cho’ntak o’lchamlari model bo’yicha aniqlanadi.
|
Sorochka o’ng bo’lagida taqilma haqqini belgilash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
|
Sorochka o’ng old bo’lagi adip bilan yaxlit bichiladi. Adip o’rni o’rta chiziqdan chap tomonga 2,5-3,0 sm masofada belgilanadi. Adip konturi old bo’lak bilan yaxlit chizib olinadi.
|
Sorochka o’ng bo’lagida tugma o’rnini belgilash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
Sorochka o’ng old bo’lagida 6 ta tugma o’rni belgilanadi.
|
Sorochka yeng asos konstruktsiya-sini tayyorlash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
|
Sorochka yeng asos konstruktsiyasi T-42 modulda ishlab chiqilgan. O’quvchilar yeng chizmasini qog’ozga tushirib oladilar. Asosiy konstruktiv chiziqlar: okat chuqurligi, yeng cho’qqi nuqtasi, tirsak nuqtasi tirsak chizig’i ham albatta ko’chiriladi.
|
Sorochka yeng konstruktsiya-sini texnik modellash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
|
Yeng chizmasida cho’qqidan yeng uzunligi o’lchab qo’yiladi. Yeng manjeti yaxlit bichilgani uchun yeng uzunligiga manjet kengligi ham qo’shiladi. Manjet chizmasida ziylar o’rni belgilanadi va to’g’ri chiziqlar bilan ko’rsatiladi. (6-rasm).
|
Sorochka yoqasi chizmasini qurish va texnik modellash.
| Qalam, qog’oz, chizg’ich, tasma. |
|
Sorochka yoqasi yaxlit bichilgan bo’lib, uning chizmasini chizish tartibi 7-rasmda va 1-jadvalda keltirilgan. Yoqa modeli misoldagidan farq qilishi ham mumkin. Bunday holda yoqa chizmasi mutaxassislik fanlaridan mavjud qo’llanmadan foydalanib chiziladi.
|
Sorochka bo’laklari konturlarini andoza uchun tayyorlash.
|
|
|
Sorochka bo’laklari model konstruktsiyasining chizmalari yana bir bor tekshiriladi. Taxlama, ziylar o’rnini belgilovchi kertiklar, cho’ntakni o’rnatish chiziqlari, izma va tugmalar o’rni yana bir bor tekshiriladi, tanda ipi yo’nalishi chiziladi. Bo’lak konturlari chizib chiqiladi va andozalar uchun tayyorlanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |