Mavzu: Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari Reja Kirish
-rasm. Xitoy iqtisodiyotiga EIH orqali kirib kelgan TTXI dinamikasi
Download 60.5 Kb.
|
Mavzu Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masala-fayllar.org
8-rasm. Xitoy iqtisodiyotiga EIH orqali kirib kelgan TTXI dinamikasi19
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida iqtisodiyotga TTXI uchun qulay investitsiya muhitini yaratgan mamlakat Xitoy hisoblanadi. Misol uchun, 2005 yilda mamlakat hissasiga jami jahondagi TTXIning 8 foiz, ya’ni 72,8 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2006 yilda 5 foiz 69,5 mlrd. dollar, 2008 yilda esa farqi 10 foizni tashkil etgan. Xitoy iqtisodiyotiga TTXI XX asrning 80 yillaridan yuqori sur’atlarda kirib kela boshlagan. 1980 yilda mamlakat iqtisodiyotida jamg‘arilgan TTXI 1 mlrd.AQSH dollarni 1990 yillarga kelib esa, 21 mlrd. AQSH dollarni bugungi kunga kelib esa, 168,535 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilib, 1980 yilga nisbatan 168 barobarga ko‘payganligini ko‘rish mumkin. Xitoy iqtisodiyotiga kirib kelayotgan TTXI larda EIH o‘rni investitsiyalarni jalb etishda misli ko‘rilmagan ahamiyat kasb etadi. Misol uchun 2013 yilda mamlakatga EIH orqali kiritilgan jami investitsiyalar hajmida TTXI 41,2 foizni tashkil qilgan, 2016 yilda 69,7 foizni, 2018 yilga kelib esa, qariyb 168 mlrd. AQSH dollariga ko‘payib, 72,6 foizni qayd etib, doimiy ravishda o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar tobora mustahkam o‘rin egallab borayotganligini quyidagilar orqali izohlash mumkin: erkin iqtisodiy hududlardagi xorijiy investorlar uchun manfaatli maxsus bojxona va soliq imtiyozlarining qo‘llanishi; erkin iqtisodiy hududlarda yuqori xorijiy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish natijasida yaratilgan mahsulotlarni keng ko‘lamli eksport qilishning samarali mexanizmining yaratilganligi; erkin iqtisodiy hududlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy resurslar iste’molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi va boshqalar. Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, bunga jahondagi biznes munosabatlarni zudlik bilan o‘zgartira olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi G‘arbda shippaklardan tortib mobil telefonlargacha bo‘lgan turli mahsulotlarning narxi arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, Xitoy Afrikada eng yirik investorga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani emas, aynan “qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi. Hozir Xitoy tovarlarini dunyoning hamma joyida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham “dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%i, konditsionerlarning 30 foizi, kir yuvish mashinalarining 25 foizi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab chiqarilyapti. Alohida qayd etish lozimki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni paytda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda — Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zona bor. Umuman, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor hududlar tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim. Aynan shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning unumli shakli bo‘lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo‘nalishda jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan va o‘z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz. 1978 yili Xitoy davlati umumjahon eksport faoliyatida atigi 0,75 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 2000 yilga kelib bu koʻrsatkich 3,86 foiz boʻldi. Bu demak, 33 yilda xorijga eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmi 14 barobarga ortgan. Xitoyning erkin iqtisodiy zonalari “Osiyo ajdaholari” qatoridan oʻrin olgan: Gonkong, Makao va Tayvanga yaqin boʻlib, qitʼalararo savdo-sotiq dengiz yoʻllarida joylashgan. EIZlarning qulay joylashishi xitoyliklar iqtisodiyotini jadal surʼatlar bilan rivojlantirish imkoniyatini bermoqda. Xitoydagi 10 ga yaqin erkin iqtisodiy zonaning 4 tasi Janubiy Xitoy dengizining janubi-sharqiy sohillarida joylashgan. 1992 yildan boshlab XXR Davlat kengashi Xaynan kabi, mamlakat chegarasidagi bir qator yirik shaharlarni, provinsiyalar ichidagi shahar va avtonom rayonlari hududlarini erkin tadbirkorlikka – zavod va fabrikalar qurish, firmalar ochish, milliy hunarmandlikni rivojlantirish, xususiy biznes yuritish uchun ochib qoʻydi. Bundan tashqari oʻrta va yirik shaharlarda 15 ta erkin savdo zonasi, 32 ta davlat miqyosidagi iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi, 53 ta yangi rivojlangan yuqori texnologik sanoat zonalari tashkil etildi. Ularning barchasiga boj toʻlashda, eksport, import, daromad soliqlari toʻlovida ham imtiyozlar berildi. Va qarabsizki, erkin iqtisodiy zonalar xamirturishdek koʻpchib katta Xitoy iqtisodiyotini rivojlantirishda salmoqli rol oʻynay boshladi. Bir yarim milliard aholiga ega boʻlgan Xitoy iqtisodiyoti soʻnggi 35 yilda misli koʻrilmagan suratlar bilan rivojlandi. Bu yutuqlardan keyin Xitoy dunyoda “ochiq eshiklar“ deb nom olgan tashqi siyosat yurgiza boshladi. 1978 yilgi reformalardan keyin Xitoyda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi yiliga 9 foizdan koʻpayib bordi. Mahsulotlarni xorijga eksport qilish, valyutalar tushumi ham keskin ortdi. Ayni bir paytda, mamlakatda jon boshiga ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi koʻpaydi. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling