Mavzu: Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari Reja Kirish


-rasm. 2013-2018 yillarda AQSHning YAIM va uning dunyo YaIMdagi ulushi to‘g‘risida ma’lumot


Download 60.5 Kb.
bet8/13
Sana15.09.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1678645
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masala-fayllar.org

6-rasm. 2013-2018 yillarda AQSHning YAIM va uning dunyo YaIMdagi ulushi to‘g‘risida ma’lumot17
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, AQSH bugungi kunda dunyoda yaratilayotgan YAIMning deyarli chorak qismiga egalik qilmoqda va bu ko‘rsatkich yildan yilga o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu holat tahlilini raqamlarda kuzatadigan bo‘lsak, 2013 yilda AQSH dunyo YAIMni qarib 22 foiz ulishga egalik qilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib esa, ushbu ko‘rsatkich 2 foizga oshib 24 foizni qayd etganligini va bu bilan bugungi kunda dunyoda iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlat ekanligin anglatadi.
AQSH iqtisodiyotining rivojlanishidagi muhim xususiyati dunyoning boshqa mamlakatlarida takrorlanmaydigan xizmatlar sohasining iqtisodiyotdagi ulushi yuqoriligidadir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiyotda band bo‘lganlar va mamlakat YAIMning 80 foizga yaqini xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi. AQSHda qo‘llaniladigan makroiqtisodiy rivojlanish modeli iqtisodiyotni o‘z-o‘zini boshqarishning bozor mexanizmi asosida qurilgan, davlat mulkchiligining kichik ulushi va ishlab chiqarish jarayonida davlatning sezilarli bo‘lmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solishi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, erkin iqtisodiy hududlar AQSHning iqtisodiyotdagi muhim yetakchi tarmoqlarining asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Ular orqali tashqi iqtisodiy faoliyat, ichki savdo aylanmasi va tadbirkorlik sohasida qulay infratuzilmani yaratish va rivojlantirish kabilar jadallik bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda.

7-rasm. Dunyo mintaqalari bo‘yicha global ahamiyatga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy hududlarning taqsimoti18
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ham ko‘rinib turibdiki, AQSH bugungi kunda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ularning rivojlanishi borasida dunyoda mavjud erkin iqtisodiy hududlarning qariyb 30 foiz ulushga egalik qilib, eng yetakchi mamlakatga aylangan. Mamlakatdagi erkin iqtisodiy hududlar iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyot sohalariga va hududiy iqtisodiyot tarmoqlariga erkin iqtisodiy hududlar orqali jalb etish hisoblanadi.

Jahon amaliyotida to‘plangan ulkan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, EIH mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida, xorijiy investitsiyalar oqimini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etishda muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. EIH orqali yuqori investitsion va iqtisodiy samaradorlikka erishgan davlatlardan biri Xitoy tajribasini ko‘rib chiqamiz.




Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling