Mavzu: Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari Reja Kirish


O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va rivojlantirish masalalari


Download 492.79 Kb.
bet10/13
Sana14.04.2023
Hajmi492.79 Kb.
#1356847
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi BBI-60

4. O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va rivojlantirish masalalari
O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy- siyosiy islohotlar asosida milliy iqtisodiyot tarkibini jiddiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu boradagi chora-tadbirlardan biri – erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi va ularning samarali faoliyat olib borishini ta’minlash hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish mamlakat ichki bozoridagi iqtisodiy jarayonlarni faollashtirishga yo‘naltirilgan chet el sarmoyasini jalb qilish bilan birga: innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek, transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish; sanoat mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash va valyuta tushumini ko‘paytirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, to‘liq siklda mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat (eksport) hududlarini tashkil etish; mahalliy mahsulot va xizmatlar uchun ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat, sertifikatlashtirish, qadoqlash talablarini joriy etish orqali raqobatbardoshligini oshirish; xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va bu boradagi iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarni yanada rivojlantirish; yangi ish o‘rinlarini barpo etish, malakali ishchi-muhandislar, xo‘jalik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash hamda malakasini oshirish kabi bir qator muhim masalalarni hal qilish imkonini beradi.
Mamlakatimizda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror bilan, uning chegaralari esa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi. Bu tartibning joriy etilishi erkin iqtisodiy hududlarning faoliyati davomida o‘z ichki imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashga imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda ham boshqa davlatlar singari erkin iqtisodiy hududlarning bir nechta turlari, jumladan, erkin savdo zonalar, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin ilmiy-texnikaviy zonalarini tuzish qonuniy jihatdan belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va hududiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadida 2008 yilda 1 ta, 2012-2013 yillarda 2 ta, so‘nggi ikki yil mobaynida esa 19 ta yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Shunisi ahamiyatliki, ular yordamida turli hududlarda muayyan bir faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investorlarni yanada ko‘proq jalb etish imkoni tug‘ildi.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining umumiy ko‘rinishda asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yaratish uchun, yuqori narxli raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash, hududning ishlab chiqarish va resurs potensialidan kompleks va samarali foydalanish, yani ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish; tashqi bozorda talabgor va yuqori narxli import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni zamonaviy ishlab chiqarishni yaratish bo‘yicha mahalliy va xorijiy investorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish; mahalliy xom ashyo va materiallar bazasida butun respublika va erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasining rivoji va tor kooperativ aloqalar asosida yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish jarayonini chuqurlashtirish; ishlab chiqarish, muhandislik kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infrastruktura va logistika xizmatlarini jadal o‘sishini ta’minlash; ilmiy ishlab chiqarish markazlarini yaratish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etish va boshqalar.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2013 yilda mamlakatimizdagi mavjud erkin iqtisodiy zonalarga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 33,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, ushbu ko‘rsatkich 1264,7 mln. AQSH dollarga yetgan. Bu so‘nggi ikki yilda erkin iqtisodiy zonalarning soni 2013 yilga nisbatan 18 taga ortganligi bilan izohlanadi.




Download 492.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling