Mavzu: Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish masalalari Reja Kirish


-rasm. Dunyoda faoliyat olib borayotgan erkin iqtisodiy hududlar soni10


Download 492.79 Kb.
bet3/13
Sana14.04.2023
Hajmi492.79 Kb.
#1356847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi BBI-60

1-rasm. Dunyoda faoliyat olib borayotgan erkin iqtisodiy hududlar soni10
Hozirda dunyo miqyosida 400 dan ortiq erkin savdo hududlari, 400 dan ziyod texnopark, texnopolislar, 100 dan ortiq asosiy faoliyati xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan erkin iqtisodiy hududlar mavjud11. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, umumiy hisobda dunyo bo‘yicha 6000 dan ortiq turli xildagi erkin iqtisodiy hududlar mavjud. Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, o‘tgan asrning 70 yillarida EIHning soni 79 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, 6000 tani tashkil etayotganligi va qariyb 80 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Umuman olganda, erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan har bir mamlakat uchun foydalidir. Bu hududlar ko‘plab ish o‘rinlari tashkil qilishda, xalqaro tovar ayriboshlashni jonlantirishda, iqtisodiyot tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishda va ilmiy-ishlab chiqarish sohasi salohiyatidan keng foydalanishda samarali natijalarni bermoqda.
Bizning fikrimizcha, EIHlar mamlakatning shunday hududiki, bu yerga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortilishdan ozod etiladi, ya’ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan o’ziga xos imtiyozlar va rag’batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi. Demak, EIH deganda davlat tomonidan tuzilgan milliy iqtisodiyotga yordam beruvchi sun‟iy iqtisodiy hudud tushuniladi. Shunga ko’ra, EIH o’zida hudud suvereniteti, iqtisodiy komplekslar, keng ishlab chiqarish va maxsus mexanizmlarni aks ettiradi.
Jahon xo’jaligida xalqning moddiy farovonligi, turmush tarzi, ko’p jihatdan, EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki, bunday holatlarni biz EIHlar tashkil topgan va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar misolida ham ko’plab kuzatishimiz mumkin. Xullas, qaysi mamlakatda chet el investitsiyalari va tadbirkorlarning faoliyati uchun keng imtiyozlar yaratilgan bo’lsa, shuningdek, iqtisodiyotini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilib imkoniyatlar yaratilgan bo’lsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlarning ishchanlik qobiliyati ham o’sha erda yuqori bo’ladi. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun EIHlar amalda territoriyadagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish salohiyatining kontsentratsiyalashuviga yordam beruvchi maxsus hudud hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday hududlarga “maxsus iqtisodiy hudud” atamasi mos keladi. EIHlarni yaratilishiga ularning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning muhim bo’g’ini sifatida qaraladi. Ularning faoliyati tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va jadallashtirish bilan bog’liqdir. EIHlardagi iqtisodiyot tashqi olam uchun yuqori darajada ochiqlikka, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulaylikka ega bo’ladi.
Erkin iqtisodiy zonalar-davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarz. koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.

Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.


Erkin iqtisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iqtisodiy zonalarz. tarixi mil. boshlariga borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini "erkin savdo shaharlari" deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.
Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarz.lardan biri Irlandiyada "Shennon" aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi "DogAylend" aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalarz,lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud "Shenjen" va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk - Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi "Yantar" Erkin iqtisodiy zonalarz.lari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalar mavjud.
Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarz. gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida" qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriyhuquqiy asos yaratdi.
Erkin iqtisodiy hudud (EIH) — bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir.
EIH - investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.

Download 492.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling