Havo yo’llari va unung xalq xojaligidagi o’rni. Xalqaro aeroportlar xaqida malumotlar. Aerodrom va uning asosiy elementlari. Nazorat savollari
Download 297 Kb.
|
Havo yo’llari v-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-rasm. O’zbekiston havo yo’llari milliy aviakompaniyasi
- Uchish apparatlari
- Samolyot va vertolyotlar turlari
- Maksimal ko’tarila olish og’irligi bo’yicha samolyotlar va vertolyotlar sinfi.
Havo yo’llari va unung xalq xojaligidagi o’rni. Xalqaro aeroportlar xaqida malumotlar. Aerodrom va uning asosiy elementlari. Nazorat savollari 1.Havo yo’li va havo yo’nalishlarini jihozlash deganda nima tushunasiz? 2.O’zbekiston havo yo’llari tarmog’i haqida ma’lumot bering? 3.Havo transportining afzalligi nimadan iborat? 4.Havo transportning kamchiliklari? 5.Aerodrom va uning asosiy elementlari haqida tushuncha bering? 1992 yil 28 yanvar - "O’zbekiston havo yo’llari" Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun. 19-rasm. O’zbekiston havo yo’llari milliy aviakompaniyasi “Navoiy” xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari bilan jihozlangan Xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo’lishidan qat’i nazar, barcha turdagi avialaynyerlarni qabul qilish imkoniga egadir. O’zbekistonda 150000 km dan ortiq havo yo’llari mavjud. Havo transporti texnik jihozlari asosiy elementlariga uchish apparatlari (samolyot va vertolyotlar), aeroportlar, samolyot remonti zavodlari va boshqalar kiradi. Uchish apparatlari Uchish apparatlari havo transportining asosiy aktiv biriligidir. Ular o’z vazifalariga kura yo’lovchilar tashuvchi, yuk tashuvchi, yuk va yo’lovchilarni birga tashuvchi, maxsus ishlarni bajaruvchi (masalan, qishlok ho’jaligiga xizmat qiluvchi, sanitariya, aerofotosnimka ishlarini bajaruvchi), sport va o’quv-trenirovka samolyotlari va vertolyotlariga bo’linadi. Uchish masofalari, yo’lovchilar sig’imi va yuk ko’tara olishiga qarab, yo’lovchilar tashuvchi samolyotlar magistral va mahalliy havo trassalarida uchuvchi samolyotlarga bo’linadi (5.1.1-jadval.).
Maksimal kutarila olish og’irliklariga qarab samolyot va vertolyotlar turtta sinfga bo’linadi (5.1.2-jadval.). 5.1.2-jadval. Maksimal ko’tarila olish og’irligi bo’yicha samolyotlar va vertolyotlar sinfi.
Havo transportining afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tezda amalga oshirishidir. Muayyan punktlar orasida aloqa o’rnatish uchun havo yo’llari uchun aeroport qurish va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o’zi kifoya qiladi. Tayyoragohlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo’li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo’llari va temir yo’llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana shuning uchun ham fuqoro aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo’llari tashkil qilishga qodir. Download 297 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling