Havo yo’llari va unung xalq xojaligidagi o’rni. Xalqaro aeroportlar xaqida malumotlar. Aerodrom va uning asosiy elementlari. Nazorat savollari


Download 297 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2020
Hajmi297 Kb.
#120707
1   2   3   4
Bog'liq
Havo yo’llari v-WPS Office


Yo’lovchilar oqimi

Yo’lovchilar oqimi yillik xajmiga karab aeroportlar besh sinfga bo’linadilar. 7 mln dan ortiq yo’lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar sinfdan yuqori aeroportlar deb ataladi. Bir yilda 25 mingdan kam yo’lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar ham sinfli aeroportlarga kirmaydi. Aeroportlarning ahamiyati va sinflariga qarab texnik rivoji, jihozlar mikdori va darajasi belgilanadi. Aeroportlarning eng muhim va asosiy qismi havo rabotidir.



Havo raboti

Havo raboti samolyot va vertolyotlarning xavf-xatarsiz uchishi va qunishi uchun yo’llar (tasmalar) hamda ularga texnika xizmati kursatish uchun maxsus tayyorlangan yer uchastkalaridir.




22-rasm. Buxoro va Toshkent aeroportlari
Vertolyotlar qo’nishi yoki uchishi uchun maxsus tayyorlangan maydonchalar - uchish, qo’nish va burilish uchun tegishli ravishda jihozlangan bino va inshootlar bo’lib, ular vertolyotlarda yuk va yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan bo’ladi.

Havo raboti o’z vazifalariga ko’ra transport samolyot va vertolyotlarni qabul qiluvchi havo rabotlari, maxsus havo rabotlar, zavod poligon-havo rabotlari, o’quv hamda sport klublari havo rabotlariga bo’linadi.

Ish muddatlari va xarakteristikalariga ko’ra havo rabotlar muntazam ishlovchi havo rabotlar, mavsumiy ishlovchi havo rabotlar, tezkor topshiriqlarni bajaruvchi havo rabotlar tarzida tasniflanishi mumkin.

Havo rabotlar vazifalariga ko’ra boshlang’ich va eng so’ngi punktlaridagi asosiy havo rabotlarga, oraliq punktlaridagi havo rabotlarga va zaxiradagi havo rabotlarga ixtiyorida bo’ladilar.

Havo rabotlari uchish, texnik ko’rsatish va turar joy zonalaridan iborat bo’ladi.

Havo raboti hududi atrofida uchish xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum radiusdagi bino va inshootlar cheklangan bo’lib, u havo raboti oldi hududi deyiladi.Havo transportining asosiy xususiyati-samolyotlarning katta tezligi, yo’lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining kisqarishidir. Gaz-turbina dvigatelli samolyot o’rta hisobda soatiga 600-800 km tezlikda yo’lovchi tashiy oladi. Gaz-trubinali havo kemalarida yo’lovchilarning o’rtacha uchish masofasi 2000 km ga etdi. Samolyotlarning baland ucha olishi uning poezdlar va avtomobillar bora olmaydigan eng chekka ulkalarga ham etib borishiga imkon beradi.



Havo transportining afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tezda amalga oshirishidir. Muayyan punktlar orasida aloqa o’rnatish uchun havo yo’llari uchun aeroport qurish va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o’zi kifoya qiladi. Tayyoragohlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo’li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo’llari va temir yo’llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana shuning uchun ham fuqoro aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo’llari tashkil qilishga qodir.



Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling