Mavzu: erkin tushish tezlanishini fizik mayatnik yordamida aniqlash


Download 364.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.11.2021
Hajmi364.88 Kb.
#176698
  1   2
Bog'liq
3mVVLF6KzF7uTfHHrTMu7wASbTS6MT4-



18-LABARATORIYA ISHI  

MAVZU: ERKIN TUSHISH TEZLANISHINI FIZIK MAYATNIK 

YORDAMIDA ANIQLASH 

 

 

Ishning  maqsadi:  Ishning  maqsadi  fizik  mayatnikning  tebranish 

qonuniyatlarini  o‘rganish  va  prizmaga  osilgan  halqa  yordamida  erkin  tushish 

tezlanishining qiymatini tajribada aniqlash. 



 

Kerakli  jihozlar:  1.  Halqa  2.  Halqani  osish  uchun  prizma    o'rnatilgan 

moslama. 3.Shtangensirkul. 4.  Sekundomer. 



I.  NAZARIY QISM 

        Qattiq  jismlarni  biror  nuqtasidan  ilib,  ularni  qo’zg’almas  o’qqa  nisbatan 

tebratish mumkin.Bunday tebranma xarakatdagi jismlar mayatnik deyiladi.  

 

Og’irlik markazidan o’tmaydigan qo’zg’almas o’qqa osilgan, og’irlik kuchi 



ta’sirida  tebrana  oladigan  qattiq jism fizik mayatnik deyiladi.   

Ko'rinishi  1-  rasmda  tasvirlangan  va  B  gorizontal 

o‘qqa  (chizmaga  perpendikulär)  o'rnatilgan  massiv 

jism    fizik  mayatnik  bo'la  oladi.  Uni  muvozanat 

vaziyatidan cp burchakka  og‘dirib qo'yib  yuborsak,  u 

og'irlik  markazi  C  nuqtaga  qo'yilgan  P  og'irlik  

kuchining P

1

 tangensial tashkil etuvchisi ta’sirida erkin 



tebrana  boshlaydi.  Agar  osmaning  ishqalanishi    juda 

kichik bo'lsa, mayatnik juda uzoq vaqt  tebranadi.  

 

            (1-rasm) 



Mayatnikning  C  og'irlik  markazi  COD  aylana  yoyini  chizadi.Mayatnikni 

muvozanat  vaziyatiga  qaytaruvchi  kuch  F=P

1

=-Psinφ=-mgφ,  bunda  m  — 



mayatnikning  massasi.  «Minus»  ishora  uchun    kuch  yo‘nalishi  bilan  φ  og'ish 

burchagining  yo'nalishlari  doimo  qarama-qarshi  ekanligini  bildiradi.  Kichik 

burchaklarga og'ishda (φ= 5°— 6°)sinφ ≈ φ.  U holda  

 

 



 


bunda  x  =  OC  mayatnik  og'irlik  markazining  muvozanat  vaziyatidan  yoy  bo'ylab 

sijishi,  l=BC    mayatnik  uzunligi  (osish  nuqtasidan  og'irlik  markazigacha  bo'lgan 

masofa).  (1)  formuladan  ko'rinadiki,  qaytaruvchi  kuch  siljishga  proporsional  va 

ishorasi unga teskari, ya'ni u kvazielastik kuch. Demak, mayatnikning tebranishlari 

garmonik tebranishlar bo'Iadi. 

 

Aylanma  harakat  dinamikasining  asosiy  qonuniga  ko‘ra,  F  qaytaruvchi 



kuchning M momenti quyidagicha ifodalanadi: 

 

bunda I— mayatnikning tebranish o‘qiga nisbatan inersiya momenti, β — burchak 



tezlanishi. Garmonik tebranma harakat kinematikasidan ma’lumki, 

 

bunda  a  —  mayatnikning  tezlanishi,  ω  —  mayatnik  tebranishlarining  doiraviy 



chastotasi. Shunday qilib, 

(2) 


(1) va (9) formulalarni taqqoslab, quyidagini yozish mumkin: 

 

bundan  fizik  mayatnikning  doiraviy  chastotasi  va  tebranishlar  davri  ifodasini 



topamiz: 

(3) 


(3)  formuladan ko'rinib turibdiki, fizik mayatnikning  T tebranish davri, I inersiya 

momenti, m massasi va tebranish o'qidan og'irlik markazigacha bo'lgan l masofani 

aniqlab, Yer sharining ixtiyoriy nuqtasi uchun g erkin tushish tezlanishini aniqlash 

mumkin. Fizik mayatnik bilan bir xil davrli matematik mayatnikning uzunligi fizik 



mayatnikning keltirilgan uzunligi deyiladi. (3) formulani matematik mayatnikning 

 



tebranishlar  davri  bilan  taqqoslab  (1-mashqqa  qarang),  fizik  mayatnikning 

keltirilgan uzunligi 

                  

 (4) 


ekanligini ko‘rish mumkin. 

О  nuqtasida  prizmaga  tayanib,  vertikal  tekislikda 

tebrana  oladigan  to'gri  burchakli  to‘rtburchak 

shaklidagi  kesimga  ega  bo'lgan  halqani  fizik  mayatnik 

deb  qarash  mumkin  (2-rasm).  Bunday  mayatnikning 

to‘la  tebranish  davri  quyidagi  formula  orqali 

aniqlanadi: 

              (2-rasm)                                       

(5)


 

bunda r - osilish nuqtasidan mayatnikning og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa, 

ya’ni halqaning ichki radiusi. 

 

Halqaning osilish nuqtasidan o'tgan o‘qqa nisbatan olingan inersiya momenti 



Shteyner teoremasiga asosan quyidagicha bo‘ladi: 

 

 



Bunda

  

halqaning  og‘irlik  markazidan  tebranish  o‘qiga 



parallel qilib o‘tkazilgan o‘qqa nisbatan olingan inersiya momenti, R — halqaning 

tashqi radiusi. Demak 

(6)

 

(5) formulaga (6) formuladan ning qiymatini keltirib qo‘yib, quyidagi tenglikni 



hosil qilamiz: 

(7)


 


 

Halqaning ichki diamegrini d bilan, tashqi diametrini D bilan belgilab hamda 

va 

ekanliginie’tiborga olsak, u holda (7) formulani kvadrat ildizdan 



ozod qilib, quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: 

 

Bundan erkin tushish tezlanishi quyidagicha bo‘ladi: 



 

 


Download 364.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling