Mavzu: Erta yoshdagi bolalar raxitida, ovqatlanishning buzilishida va anomaliyalarda davolovchi jismoniy tarbiya
Download 25.72 Kb.
|
1 2
Bog'liqErta yoshdagi bolalar raxitida, ovqatlanishning buzilishida va anomaliyalarda davolovchi jismoniy tarbiya.
Maxsus gimnastik mashqlar
Chaynov mushaklari uchun: -birlashgan jag‘lar dastlabki holatida og‘izni ochish va yopish; -tishlarni birlashtirish dastlabki holatida og‘izni ochish va yopish; -pastki jag‘ni oldingi yo‘naltirish; -jag‘larni yon tomonlarga harakati; -pastki jag‘ni oldinga harakat qilish bilan birga og‘izni ochish; -pastki jag‘ni oldiniga harakat qilish bilan birga yon tomonlarga harakat qildirish; -mimik mushaklar bilan pastki jag‘ni aylanma harakati. Mimik mushaklar uchun: -lablarni trubochkaga yig‘ish; -yuqori labna pastga harakati; -pastki labni yuqoriga ko‘tarish; -o‘ng va chap tomonga galma-gal og‘iz bo‘shlig‘ini maksimal harakatlantirish; -lablarning aylanma harakati; -peshanani tirishtirish va qoshlarni ko‘tarib tushurish. Harakat koordinatsiyasiga mashqlar: -pastki jag‘ning o‘ng va chap tomonga galma-gal harakati bilan bir vaqtda boshni shu taraflarga burish bilan; -pastki jag‘ni oldinga va orqaga harakati bilan bir vaqtda boshning oldinga va orqaga harakati; -daxan bilan galma-gal o‘ng va chap yelkaga va ko‘krakka yetish; -qo‘llarni yong tomonga harakat qilish, bir vaqtda og‘izni ochish bilan boshning orqaga harakati; Yumshoq tanglay mushagiga mashq: -tomoqni iliq suv bilan chayish (bosh orqaga egilib, “gr.gr.gr” tovushini chiqarish); -“xr.xr,xr” tovushini chiqarish bilan og‘iz orqali nafas olish – tanglay vibratsiyasi; -suvni yutish (20-30 ta kichik yutish); -Sekin, chuqur nafas olish, avval o‘ng keyin chap burun bo‘shlig‘i orqali (burun bo‘shliqlari galma-gal yopiladi, og‘iz yopiq); -yumshoq tanglayni ko‘tarish va tushurish (oyna oldida mashqni bajarish, 10-15 marta); -rezinali o‘yinchoqni shishirish (nafas chiqarish sonini sanash); -ochiq og‘iz bilan yo‘talish (oyna oldida bajarish, tanglay harakatini kuzatish); -qisqa nafas chiqarish bilan “a-a-a” harfini chiqarish; -nafas olishda “i-o”, “e-o” tovushini chiqarish. Yuqori lab mushagi uchun mashq: -og‘iz burchagini yuqoriga va yon tomonlarga tortish (aktiv va qo‘llar yordamida); -lablarni cho‘zish (burun bilan nafas olish vaqtida burungacha yetkazishga harakat qilish) ; -og‘izning aylanma mushagini til bilan massaji; -yonoqlarni shishirish va qo‘llar yordamida qattiq birlashgan lablar orqali havoni sekin chiqarish; -tilni lablar bilan qisish va havoda harflar yoki har xil shakllarni chizish (kvadrat, aylanma va x.z); -lablarni trubochka shaklida yig‘ish va “fu” tovushini chiqarish; -lablar orasidagi yupqa plastinani ritmik siqish, 20-30 sekund davomida; -lablarni trubochka holida kuchli jipslashtirish va qo‘llar yordamida og‘iz burchagini sekin cho‘zish; -“p,b,m,v,f,” tovushlarini chiqarish. Til mushagi uchun mashq: -tilni chiqarish va yarim ochilgan va ochilgan og‘izda lablarni yalash; -tilni tez bukish va yozish (qattiq tanglayning oldingi bo‘lagiga tegiz bian) bir vaqtning o‘zida tilni chiqarish; -tish qatorining chiki va tashqi tomoni bo‘yicha tilning aylanma harakati (o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga); -til bilan tlunjlarga tegish; -til bilan tishning yuqori qatori bo‘yicha sekin harakat qildirish (tishlar sonini sanash). Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imi kontrakturalarida davolash kompleksiga stomatologiya klinikasi uchun ishlangan maxsus apparatlarni qo‘llash bilan mexanoterapiya qo‘llaniladi.Mexanoterapiya qo‘llashdan olin mushaklarni, chadiqlarni yumshatish uchush massaj. Issiq kompresslar yoki parafin applikatsiyasi tavsiya etiladi. Stomatologiyada DJTning shakllari Asosiy kasallikning davolash jarayonida mushak va bo‘g‘imlarning fnuksiyalarining buzilishini olidini olish, ish qobiliyatini saqlash uchun bemorlarga umummustaxkamlovchi ta'sir maqsadida stomatologiyada gigienik va davolovchi gimnastika qo‘llaniladi. Davolovchi gimnastika mashg‘ulotini o‘tkazishda uslubiy tavsiyalarga asoslanish lozim. Bo‘yin va yelka kamariga yuklama berish bilan har xil mushak guruhlariga mashqlarni DJT mashg‘ulotlariga qo‘shish. Yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish jarayoni yoki jaroxatidan keyin bemorlarga tanani bukish va keskin harakatli mashqlar tavsiya etilmaydi. Mimik va chaynov mushaklari bir qatorda joylashganligi uchun kasallanish vaqtida bir vaqtda ikkala mushak uchn mashqlar berish tavsiya etiladi. Mimik mushaklar bir nuqta bilan suyak to‘qimasiga yopishadi, shuning uchun katta bo‘lmagan kuchga ega; ularning jaroxatida chaynov mushaklariga nisbatan uzoq tiklanish vaqti talab etiladi. Yuklamani ratsional taqsimlash uchun mashqlarni chaynov va mimik mushaklarga galma-gal berish kerak, boshqa mushaklarni qamrab olish bilan (umumrivojlantiruvchi mashqlar). Yaqqol yuklamadan so‘ng (chaynov mushaklari uchun mashq) ularni kamaytirish tavsiya etiladi (mimik mushaklar uchun mashq). Og‘iz oldi sohasidagi mimik mushaklari faqat asosiy funksiyani bajaribgina qolmay balki yutish, nafas olish, gapirish, ovqat qabul qilish aktlarida ham ishtirok etadi.Shuning uchun bu mushaklar jaroxatlanmasa ham mashg‘ulotlarga ular uchun mashqlar kiritilishi kerak. Chag‘ suyaklari bo‘laklarining immobilizatsiyasida chag‘larning vertikal harakatiga impulslar yuborish mashqlari tavsiya etiladi (ideomotr mashq) va mushaklarni izometrik kuchlantirish shuningdek mimik va chaynov mushaklar uchun mashqlar tavsiya etiladi. DJT mashg‘ulotida mushaklar kuchini tiklash uchun qarshilikda mashqlar bajariladi, pastki jag‘ga yuklama berish bilan avval metodist qo‘li bilan keyinchalik bemorning qo‘li bilan amalga oshiriladi. Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imida aylanma va yon tomonga harakatlarni bajarish ancha murakkab hisoblanadi, shuning uchun birinchi mashg‘ulotlarda bemorlarga pastki jag‘ga yo‘naltirilgan harakatlar bilan yordam berish kerak. Jag‘larning mushak kontrakturalarida bemorlarda pastki jag‘ning harakati vaqtida tez charchashni kuzatiladi, shuning uchun mashqlar o‘rtasida pauzalar berilishi lozim (ekspozitsiya 2-3 minut). Jismoniy yuklamani ratsional taqsimlash uchun chaynov mushaklariga beriladigan mashqlarni mimik va boshqa mushak guruhlariga beriladigan mashqlar bilan galma-gal berilishi lozim. O‘tirgan va turgan dastlabki holatlarida yuz mushaklarining ko‘proq bo‘shashishi kuzatiladi. Mashg‘ulot vaqtida bemorlarni oyna oldiga shunday o‘tkazish kerakki, ular o‘z harakatlarini nazorat qila olishlari lozim. Davolanish boshida bemorlar DJT bilan kuniga 2-3 marta metodist nazorati ostida yoki mustaqil shug‘ullanadilar. Keyinchalik mustaqil mashg‘ulotlar soni kuniga 5-8 martagacha olib boriladi. Maxsus mashqlar simmetrik bajariladi, ya'ni jaroxatlangan va sog‘ yuzda.Jaroxatlardagi drenaj va sistemalarning dializi mashqlarni bajarish uchun qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi. Download 25.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling