Mavzu: Eshitishning fiziologik va nofiziologik asoslari
Download 67.56 Kb.
|
муслима
Mavzu:Eshitishning fiziologik va nofiziologik asoslariReja:
Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa oʻtadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning ichki qulogʻida qoʻshimcha retseptor hujayralar (bazilyar membranalar — papillalar) rivojlanadi. Yuksak umurtqalilar, jumladan, koʻpchilik sut emizuvchilarda Eshitish analizatorlari tashqi, oʻrta va ichki quloq, shuningdek, eshitish nervi hamda ketmaket tutashgan nerv markazlaridan iborat. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimining rivojlanishi ekologik omillar va Eshitish analizatorlarining hayvonlar xattiharakatidagi ahamiyati bilan bogʻliq. Eshitish nervi tolalari chigʻanoqdan nerv markazlaridan biri — koxlyar yadrolariga boradi; chap va oʻng koxlyardan chiqadigan nerv tolalari Eshitish analizatorlarining ikki yoni boʻylab simmetrik joylashgan boʻlib, yuqori olivaga kelib tutashadi. Tovush tebranishlarini aniqlashda chigʻanoq toʻsigʻi asosiy ahamiyatga ega. Bu toʻsiq tovushni mexanik spektral analiz qiladigan, chigʻanoq toʻsigʻi boʻylab qator joylashgan filtrlasheshitish retseptorlaridan iborat. Retseptorlar 0,1 dan 10 nm diapazondagi tebranishlarni qabul qiladi. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimida joylashgan neyronlar muayyan tovush tebranishlariga sezgir. Eshitish analizatorlarining nerv elementlari tovush tebranishlari bilan birga tovush kuchi, davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham taʼsirchan. Markaziy nerv sistemasi va, ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari (mas, tovush amplituda modulyatsiyasi chastotasi, yoʻnalishi va harakati)ga sezgir boʻladi.Eshitish organining tuzilishi. Eshitish havo tebranishlari mexanik energiyasini subyektiv davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham taʼsirchan. Markaziy nerv sistemasi va, ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari (mas, tovush amplituda modulyatsiyasi chastotasi, yoʻnalishi va harakati)ga sezgir boʻladi.Eshitish organining tuzilishi. Eshitish havo tebranishlari mexanik energiyasini subyektiv ravishda idrok etishdir. Energiyaning bu shaklini idrok etishga maxsus eshitish organi xizmat qiladi, uch qismdan tashkil topgan: tashqi, oʻrta va ichki quloq Tashqi quloq. Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshitish yoʻlidan iborat. Quloq suprasi bosh yuzasida erkin koʻtarilib turadigan teri burmasi boʻlib, uning asosida elastik togʻay plastinkasi joylashgan. Tashqi eshitish yoʻli katta yoshli odamda 2,5sm gacha uzunlikda, teri bilan qoplangan boʻladi, bu terining xususiyati shuki, unda quloq mumini ishlab chiqarib turadigan bezlar bor. Mum bilan qillar himoya ahamiyatiga ega, chunki tashqi eshitish yoʻlining ichki qismlariga yot jismlar tushib qolishiga yoi qoʻymaydi. Tashqi quloq bilan oʻrta quloq oʻrtasidagi chegarada nogʻora pardasi tortilgan boʻladi. Uning qalinligi 0,1 mm atrofida. Download 67.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling