Мавзу: ёшлик даври ва унинг ўзига хос психологик хусусиятлари


O‘zligini anglash mezonlari


Download 0.55 Mb.
bet11/15
Sana07.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1083145
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yoshlik davri va uning oziga xos psixologik xususiyatlari

3.2. O‘zligini anglash mezonlari
YOshlar shaxsining har tomonlama kamol topishida aqliy faoliyatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlardan tashqari, ularning hissiyotlari, iroda va shaxslaridagi o‘ziga xos individual xususiyatlarning roli ham nihoyatda kattadir.
YOshlardagi o‘zini anglash turmush, o‘qish, mehnat va sport faoliyatlari taqozosi bilan namoyon bo‘ladi. O‘quv dargohidagi odatlanilmagan vaziyatning, shaxslararo munosabat va muloqot ko‘lamining kengayishi o‘zining aqliy, ahloqiy, irodaviy his-tuyg‘ularining xususiyatlarini oqilona baholash, qo‘yilayotgan talablarga javob tariqasida yondoshish o‘zini anglashni tezlashtiradi. Ular avval, o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, o‘z shaxsiy fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini taxlil qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi. O‘spirin o‘smirga qaraganda o‘z ma’naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to‘laroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Natijada u o‘z xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo‘ladi, o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga g‘ayritabiiy munosabatda bo‘la boshlaydi, ayrim o‘spirinlar esa, o‘z xatti –harakatlari, aqliy imkoniyatlariga past baho beradilar.
O‘z-o‘zini anglash. O‘zining psixik xususiyatlarini anglash va o‘z-o‘zini baholash yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi. YOshlar va o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga kirishishadi – shaxs xususiyatlari aktiv shakllanadi. YOshlar o‘zlarini anglashdek murakkab muammoni yol\iz emas, ota-ona, tengdoshlar, o‘qituvchilar bilan muloqotda, ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida hal qiladi.
YOshlarda o‘zini anglash negizida o‘zini o‘zi tarbiyalash istagi tug‘iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o‘zlarining o‘zini o‘zi tarbiyalash psixologiyasidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni kattalarga xos ko‘p qirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Emotsional, axloqiy qadriyatlar, yo‘l topish sohasida o‘spirinlar o‘z huquqlari va mustaqilligini himoya qiladilar. Ba’zan ular faqat originallikka da’vogarlik uchungina ataylab qo‘rslik qilishadi. Aslida ota-ona ta’siri ustunligicha qolaverdi. Avlodlar o‘rtasidagi farq moda, did, ko‘ngil ochish usullari kabi nisbatan yuzaki masalalarda juda sezilarlidir. Lekin ancha teran masalalar – siyosiy qarashlar, dunyoqarash, kasb tanlashda ota-ona mavqei ahamiyatliroq bo‘ladi va, odatda, tengdosh-o‘rtoqlar ta’si-ridan ustunlik qiladi.
YOshlarda murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissi, o‘z qadr –qimmatini e’zozlash, sezish va fahmlashga moyillikdir. Masalan, o‘spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis holatlarning farqiga borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam uyushtirishni shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. O‘spirin o‘zining ezgu niyatini baholashga jamoada o‘z o‘rnini belgilash nuqtai nazaridan yondoshadi, chunonchi, “O‘zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?” “Jonajon respublikam, ota-onamga munosib farzand bo‘la olamanmi?” “Jamiyatning taraqqiyotiga o‘z ulushimni qo‘sha olamanmi?” degan savollarga javob qidiradi. O‘qituvchi unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam berishi, har bir muloxazasida pedagogik – psixologik nazokatga rioya qilishi kerak, shunda o‘spirin yigit- qizlarda o‘z kuchiga va imkoniyatiga ishonch hissi paydo bo‘ladi.
Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz - «Men» - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, Ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, Ya’ni, inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, nohmaqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir
shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko‘chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o‘z yutuqlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo‘lib, uning qaergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, xayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo‘lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar
shu o‘rtog‘ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun «O‘rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so‘rab ham qo‘yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o‘rniga turib, o‘zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko‘rinyapman?») - refleksiyadir.
Shaxsning o‘zi haqidagi obrazi va o‘z-o‘zini anglashi yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo‘ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitchalarda ham nafaqat
o‘ziga, balki o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» - obrazining yaxshi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo‘qligiga bog‘liq holda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo‘lgan ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo‘lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling