Mavzu: eski o‘zbek yozuvida raqamlarning ifodalanishi reja


dan 10 gacha bo‘lgan sonlar


Download 188.01 Kb.
bet2/2
Sana17.02.2023
Hajmi188.01 Kb.
#1205692
1   2
Bog'liq
118989 06 ESKI O‘ZBEK YOZUVIDA RAQAMLARNING IFODALANISHI

1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar

11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar

١

بیر

bir

١١

اون بیر

o‘n bir

٢

ایککی

ikki

١٢

اون ایککی

o‘n ikki

٣

اوچ

uch

١٣

اون اوچ

o‘n uch

٤

تورت

to‘rt

١٤

اون تورت

o‘n to‘rt

٥

بیش

besh

١٥

اون بیش

o‘n besh

٦

آلتی

olti

١٦

اون آلتی

o‘n olti

٧

ییتتی

yetti

١٧

اون ییتتی

o‘n yetti

٨

ساککیز

sakkiz

١٨

اون ساککیز

o‘n sakkiz

٩

توققیز

to‘qqiz

١٩

اون توققیز

o‘n to‘qqiz

١٠

اون

o‘n

٢٠

ییگیرما

yigirma

O‘nliklar

Yuzliklar

١٠

اون

o‘n

١٠٠

یوز

yuz

٢٠

ییگیرما

yigirma

٢٠٠

ایککی یوز

ikki yuz

٣٠

اوتتیز

o‘ttiz

٣٠٠

اوچ یوز

uch yuz

٤٠

قیرق

qirq

٤٠٠

تورت یوز

to‘rt yuz

٥٠

ایللیک

ellik

٥٠٠

بیش یوز

besh yuz

٦٠

آلتمیش

oltmish

٦٠٠

آلتی یوز

olti yuz

٧٠

ییتمیش

yetmish

٧٠٠

ییتتی یوز

yetti yuz

٨٠

ساکسان

sakson

٨٠٠

ساککیز یوز

sakkiz yuz

٩٠

توقسان

to‘qson

٩٠٠

توققیز یوز

to‘qqiz yuz

١٠٠

یوز

yuz

١٠٠٠

مینگ

ming

Yozuvda sonlar so‘zlar va raqamlar bilan ifoda etilishi mumkin. Harflar bilan yozilgan sonlar o‘ngdan chapga qarab yozib boriladi va o‘qiladi. Masalan:
تینگری تعالی نینگ عنایتی بیلان و حضرت آن سرور کائنات نینگ شفاعتی بیلان و چهار یار با صفالاری نینگ همتی بیرلان سه شنبه کونی رمضان آیینینگ بیشیدا تاریخ ساککیز یوز توقسان توققوزدا فرغانه ولایتی دا اون ایککی یاشتا پادشاه بولدوم (ظهرید الدین محمد بابور "بابورنامه"(
Agarda sonlar raqamlar bilan ifodalansa sonlar chapdan o‘ngga qarab yoziladi va o‘qiladi. Raqamlarni yozish jarayonida avval ko‘pliklarni va oxirida birliklarni keltirish bilan ifoda qilinadi. Masalan:
1997 tarzidagi raqamlar xuddi shunday, ya’ni ١٩٩٧ tarzida yoziladi. Hozirgi o‘zbek tilida 2, 7, 8, 9, 30, 50 sonlari tarkibidagi o‘rtada kelgan undosh ikkilanadi: ikki, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘ttiz, ellik kabi. Eski o‘zbek tilida esa yozuvda bir belgi bilan berilgan bo‘lib, o‘rniga qarab, ikki xil talaffuz qilingan: iki//ikki, yeti//yetti, sekiz//sekkiz, toquz//toqquz, otuz//ottuz, elik//ellik kabi.
80-90 sonlari sekiz, toquz sonlariga on (o‘n) sonining qo‘shilishi yo‘li bilan hosil bo‘lib, (sekiz+on, toquz+on), seksen, toqsan shakllari keyingi davrlarda vujudga kelgan. Sekiz on, to‘quz on shakllari «Devonu lug‘otit turk»da ham qo‘llangan (Qarang: MK, I tom, 410-b.).

Xulosa
Xulosa qilib aytganda Eski o‘zbek tilida sanoq sonlarning kattalari tuman(000 10 - تومان) , lak 000 100- لک) ( bo‘lib oldida kichik miqdordagi sonlar qo‘llangan. Tuman so‘zi qadimgi barcha yozma yodgorliklar tilida qo‘llangan. Qadimgi turkiy tilda: bir tuman su kelti (Kb), Yaris yazida o‘n tuman su terilti (Тo'n.). Eski o‘zbek tilida: Bir tuman xalq qirildi bari (ShN, 37). Yuz tuman barqi balo urdung manga (Nav. LT, 83). Hindcha lak soni «Boburnoma» asari tiliga xos: Yuz mingni lak derlәr (BN). Uch to‘rt lak olub qo‘yarlar (BN, 332). Bir lak afg‘on yig‘ilibdur (BN, 468). lak soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda ham qo‘llangan mïң lәk somnï (Muqimiy). Shuningdek, «Boburnoma»da hindcha kөrur — (o‘n million), arb (bir milliard), ko‘rb (yuz milliard), nayl (o‘n trillion), padam (milli-trillion), sang (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qo‘llangan.




Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ashirboyev S., Azimov I., Rahmatov M., G‘oziev A. Eski o‘zbek tili va yozuvi praktikumi, Toshkent, “Ijod” nashriyoti, 2006 y.
2.Abdullayev F., Shermuhammedov T., Xalilov L., Xalilov A. O‘qish kitobi. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 1994 y.
3. Is’hoqov F. Eski o‘zbek tili va yozuvi. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 1995 y.
Download 188.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling