Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari


-jadval. Etnopsixologik tadqiqot yoʻnalishlari


Download 191.5 Kb.
bet6/8
Sana01.03.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1240455
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qarriyeva G

2-jadval. Etnopsixologik tadqiqot yoʻnalishlari

Yoʻnalish

Oʻziga xoslik

mualliflar va tarafdorlar

Relyativizm

madaniyatlar oʻrtasidagi farqlarni taʼkidlash

R. Benedikt, E. Sapir va B. Whorf, L. Levy-Bruhl

Absolyutizm

madaniyatlar oʻrtasidagi farqlarga eʼtibor bermaslik

M. Koul

Universalizm

shaxs asosidagi asosiy psixologik jarayonlarning birligini ifodalash, balki ularga taʼsir etuvchi madaniyatning jiddiy taʼsirini tan olish.




Etnopsixologik xususiyatlar va uning asosiy elementi milliy psixologik qiyofani millat belgisi sifatida o’rganish muholiflaridan P.M.Ragachev sa M.A.Sverdlinlarniig fikricha, bu tushunchalar milliy munosabatlar tahliliga mujmallik beradi va sotsiologiyadagi asosiy tushuncha - sinfiylik va baynalminalchilikka soya soladi. S.Kaltaxchyan fikriga ko’ra, agar milliy psixologik qiyofani millatning belgilaridan biri sifatida kabul qilinadigan bo’lsa, u vaqtda millatni ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida emas, tabiy va doimiy o’zgarmas hodisa sifatida etirof etishga to’g’ri keladi. Mubohasada qatnashgan T.Burmistrova ham millatning ta’rifini berganda milliy psixologik qiyofani uning belgilari qatoriga kiritmaydi. Uning yozishicha, rus va ukrain, gruzin va armyan, nemis va fransuz va shunga o’xshash xalqlar psixologiyasidagi farqlarni belgilash umuman mumkin emas. Ayrim xalqlar, millatlar psixologiyasida muhim tavofutlar borligini tasdiqlash, isbotlab bo’lmaydigan, quruq gap xolos va bu irqchilarga muruvvat ko’rsatilib, bir millatni ikkinchi millatga qarshi qo’yish uchun xizmat qiladi. Rus olimi V.Kozlov, bu tushunchalarning ishlatilaverishi jamoatchilik fikrida chalkashliklarni, illyuziyaga o’xshash bir holatni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Professor S.Kalgaxchyan fikriga ko’ra esa, katta guruhlar o’rganilganda faqat sinfiy psixologiya o’rganishga loyiq toifadir. Ularning fikricha, etnik xususiyatlar va milliy psixologik qiyofa to’g’risida so’z bo’lishi ham mumkin emas. Bu kabi xavotirli xulosalarga sabab bizningcha, o’sha totalitar sovet tuzumi davrida etnopsixologik tadqiqotlarning ayrim natijalari aniq ta’qibga uchrashi, chet ellarda olib borilgan etnik psixologik tadqikotlar va ulardan olingan natijalarda irqchiliq elementlari bo’lishi mumkin edi. Chunki ayrim tadqiqotlarning natijalari va xulosalarida irqlar, millatlar, etnik guruhlarning ruhiy jihatdan teng emasligi, ba’zi xalqlarning boshqalardan ustun turishligi "ilmiy" jihatdan asoslashga harakat qilindi. Masalan, etnopsixolog R.Linton va A.Kordinerlar anglo-sakslardan bo’lmagan hamma boshqa xalqlar o’zining ruhiy xususiyati bilan yetuk emas, degan noilmiy g’oyani ilgari surishadi.


Etnopsixologik xususiyatlarni o’rganuvchi tadqiqotchilarning aksariyat ko’pchiligi, uni ijtimoiy-tarixiy kategoriya ekanligini e’tirof etadilarda, uni o’rganish “qiyin obyekt” ekanligini ta’kidlashadi. Darhaqiqat, bu masala tekshirish va o’rganish uchun murakkab va tushunish bilan birga eng dolzarb, kam o’rganilgan muammo hamdir.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling