Mavzu: Falsafa fan sifatida


Download 231.8 Kb.
bet8/8
Sana18.12.2022
Hajmi231.8 Kb.
#1029121
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amina

Asosiy maqola: Hind falsafasi
Hind ostqitʼasi tarixida OriyVedik madaniyat oʻrnatilganidan soʻng ikki ming yillik davr ichida falsafiy va diniy mutafakkirlik oltita Nastika maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu maktablar hinduizm bilan chambarchas bogʻlangan edilar.
Hind falsafasi Janubiy Osiyo madaniyatining katta qismini qurgan va Uzoq Sharqqa ham dharmik dinlar orqali yetib borgan. Undagi fikrlar pluralizmi hind falsafasini liberal universalizm shakliga keltirgan.
Fors falsafasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Fors falsafasi
Fors falsafasi tarixi Qadimgi Eron falsafiy anʼanalari va ularning hind-eron ildizlariga borib taqaladi. Fors falsafasi Zardusht taʼlimotidan taʼsirlangan. Eron tarixidagi turli urushlar - Iskandar Zulqarnaynarablar va moʻgʻullar istilolariturli madaniyatlar, dinlar aralashuvi va natijada turfa falsafiy maktablar paydo boʻlishiga olib keldi. Bularga zardushtiylik va islom taʼlimotlari, yunon falsafasi taʼsiridagi oqimlar, manixeylikmazdakiylik va hokazo kiradi.
Oʻrta Osiyo falsafasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Oʻrta Osiyo falsafasi
Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri - ibn Sino Oʻrta Osiyo va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi[25]. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir.
Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar - BeruniyForobiyGʻazzoliyNavoiyBedil va hk - ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.
Afrika falsafasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Afrika falsafasi
Boshqa falsafiy anʼanalar, masalan, Afrika falsafasi, xorijiy olimlar tomonidan nisbatan kam oʻrganiladi. Koʻpgina izlanishlar Gʻarb falsafasiga qaratilgani uchun boshqa falsafiy maktablar gʻoyalari tarqalishi qiyin kechishi mumkin. Buning ustiga, vaziyatni irqchilik muammosi murakkablashtiradi. Afrikalik muhim faylasuflar qatoriga Usmon Dan Fodio (Shimoliy Nigeriyadagi Sokoto Xalifaligi asoschisi) va Umar Tall (Senegal) kiradi; ikkovi ham islom ulamolari boʻlishgan. Mustamlakadan soʻnggi paytlar faylasuflariga misol qilib Cheik Anta DiopFrancis Ohanyido, CL Momoh va Chinweizu'larni koʻrsatish mumkin.
Zamonaviy Afrika falsafasi nafaqat Afrika qitʼasidagi, balki boshqa mamlakatlardagi kelib chiqishi afrikalik faylasuflar ishlaridan iboratdir. Bu faylasuflar safiga Frantz Fanon, Kwesi Wiredu, Paget HenryLewis Gordon, Mabogo Percy More va boshqalar kiradi.
Amaliy falsafa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamiyatdagi fikrlar uning amallariga chuqur taʼsir koʻrsatadi. Falsafani amaliy oʻrganish yangi sohalar, masalan, amaliy etika va siyosiy falsafa kabilarning paydo boʻlishiga olib keldi. KonfutsiySun TziIbn XoldunIbn RushdIbn TaimiyyahNiccolò MachiavelliGottfried LeibnizJohn LockeJean-Jacques RousseauKarl MarxJohn Stuart MillMahatma Gandhi va boshqalarning siyosiy va iqtisodiy qarashlari maʼlum hukumatlar tuzilishiga va amaliyotiga sezilarli taʼsir qildi.
Siyosiy falsafa fikrlariga zamonaviy misol oʻlaroq Chicago Universitetida Leo Strauss tomonidan Aflotun ishlariga tayanib boshlangan neokonservatizm oqimini koʻrsatish mumkin. Ushbu falsafiy oqim George W. Bush siyosatini shakllantirib, "fil suyagidan yasalgan minora"dek koʻringani bilan, dunyo miqyosida taʼsirchan boʻla oldi.
Taʼlim falsafasi sohasida John Dewey taklif qilgan ilgʻor taʼlim XX asrda Amerikada qoʻllandi. Bu oqim avlodlari hozirda bolalar uchun falsafa ishlariga hissa qoʻshmoqdalar. Carl von Clausewitz'ning siyosiy urush falsafasi davlatxalqaro siyosat va harbiy strategiyada samara berdi (ayniqsa, Ikkinchi Jahon Urushi soʻngida). Mantiq matematikatilshunoslikruhshunoslikinformatikada juda muhim unsur boʻlib qoldi.
Falsafaning boshqa amaliy qoʻllanishlari epistemologiyaga ham oiddir, u orqali bilim, ishonch, dalil tushunchalari aniqlashtiriladi (bular huquqshunoslikiqtisodiyotqarorlar nazariyasi va boshqa ilmiy dissiplinalarda kerak). Fan falsafasi ilmiy metod asoslarini belgiladi hamda ilmiy tadqiqotlar va argumentlashlar xarakterini shakllantirdi. Bu juda katta natijalarga olib keldi. Masalan, Skinner'ning qatʼiy empirik bixeviorizmi oʻn yillar davomida oʻrnashib qolgan Amerika ruhshunosligini oʻzgartirib yubordi. Chuqur ekologiya va hayvon huquqlari dunyoni faqat odamlargina emas, balki odam emaslar ham egallashini eslatib, maʼnaviy qadriyatlarni qayta koʻrib chiqishga olib keldi. Estetika musiqaadabiyot, va umuman hayotning butun sanʼat qiyofasiga oid bahslarni hal qilishga yordam bermoqda.
Umuman aytganda, falsafa tegishli sohalardagi izlanishlarning nazariy asoslarini belgilashga harakat qiladi. Zero, fikrsiz harakat maʼnosizdir.
Gohida falsafa yaxshi oʻrganilmagan yoki tushunilmagan sohaning tadqiqoti, deb koʻriladi. Lekin bu sohalar keyinchalik muayyanlashib, tayinli ilmiy boʻlimga aylanadi, masalan, bir paytlar faqatgina falsafiy deb qaralgan ruhshunoslikjamiyatshunosliktilshunoslik va iqtisodiyot hozirda matematika va mantiqqa tayanib, katta, mustaqil sohalarga aylandi. Lekin fan ilgʻorlagani sari, yangidan-yangi muammolar tugʻilaveradi, bu muammolarni hal qilishda esa avvalo falsafa yordam beradi.

Inkorni inkor qonuni - dialektikaning asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti jarayonining yoʻnalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi boʻlib Gegel rivojlanish qonuni sifatida taʼriflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va qonuniyatli ravishda sodir boʻladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada oʻzining ilgarigi mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot boʻlmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor" taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir. Dialektik inkorning obʼyektiv harakteri shundaki, u har bir narsa va hodisaning oʻz ichida, ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqadi va har qanday yemirilish va yoʻq boʻlish (inkor)ni ifodalamay, balki taraq-qiyot uchun zamin boʻlib xizmat qiladigan inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor) ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda oʻzgarib, bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud boʻlgan narsa va hodi-sa oʻzigacha boʻlgan narsa va hodisaning inkor etilishining mahsuli, ayni vaktda shu narsa va hodisalarning oʻzi ham sharoitning oʻzgarishi va vaqtning oʻtishi bilan dialektik inkor etilishga mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning oʻzgarishi qoʻshaloq, yaʼni hami-sha ikki yoki undan koʻproq inkor etishlar bilan amalga oshadi.


Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi halqasida, ikkinchi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi baʼzi belgilari qayta tiklanadi (don — oʻsimlik va yana don). Boshlangʻich shaklni inkor qilgan narsa yana inkor etilganligi sababli qoʻshaloq inkor mazkur boshlangʻich shakldagi baʼzi tomonlarga xos belgilarning qayta tiklanishiga olib keladi.
Inkorni inkorning mohiyatini ilgarilama harakat va vorislikning uzviy birligidan iborat, deb taʼriflash mumkin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot toʻgʻri chiziq shakliga emas, balki doira shakliga ega boʻlib, bu doirada oxirgi nuqta boshlangʻich nuq-taga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv yuqori asosda sodir boʻlishi tufayli taraqqiyot burama (spiral) shaklga ega boʻladi. Bu buramaning har bir doira-si, aylanmasi yuqoriroq taraqqiyot holatini bildiradi, shu maʼnoda ta-raqqiyotning dialektik nazariyasida "buramasimon" soʻzi ishlatiladi.
Koʻpincha inkorni inkor jarayonini "tezis" (taraqqiyotning boshlangʻich nuqtasi), "antitezis" (birinchi inkor) va "sintez" (inkorni inkor) shaklida ifodalab, taraqqiyotning mohiyatini ana shu uchlikda deb tushuntiradilar.
Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab boruvchi rivojlanish sodir buldi.
Download 231.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling