Mavzu: Falsafa fan sifatida


Download 231.8 Kb.
bet6/8
Sana18.12.2022
Hajmi231.8 Kb.
#1029121
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amina

Asosiy maqola: Tahliliy falsafa
Tahliliy falsafa atamasi bilan maʼno aniqligini boshqa kriteriylardan yuqori qoʻyuvchi falsafiy uslublar guruhi nomlanadi. Ushbu konsepsiya Hegel va shogirdlarining falsafasi tanqidi oʻlaroq vujudga kelgan. Tahliliy falsafa maktablari oʻz ichiga tanqidiy realizmmantiqiy atomizmmantiqiy pozitivizm va oddiy til falsafasi iqmlarini olishgan. Tahliliy falsafa shaxsiy fikrdan tashqariga chiqishni va matematik isbotlarning inkor etilmasligini qabul etishni taklif etadi.
1921-yili Ludwig Wittgenstein oʻzining Tractatus Logico-Philosophicusini chop ettirdi; ushbu ishda tilshunoslik va falsafa muammolariga qatʼiy "mantiq" bilan yondashish kerakligi koʻrsatiladi. U oʻsha paytlarda falsafa muammolarining aksariyati aniq fikrlash natijasida hal qilinishi mumkin boʻlgan oddiy semantik boshqotirmalardan oʻzga narsa emas, deb hisoblardi. Yillar oʻtib, u Tractatusda yozilgan iddaolarining baʼzilaridan voz kechadi (bu, masalan, uning ikkinchi katta asari, Falsafiy Tadqiqotlar (Philosophical Investigations) (1953) da ayon boʻladi). Tadqiqotlar Gilbert RyleJ.L. Austin va boshqalar tavsiya etgan "oddiy til falsafasi" rivojiga hissa qoʻshdi. "Oddiy til falsafasi" mutafakkirlari eski faylasuflar (Jeremy BenthamRalph Waldo Emerson va John Stuart Mill) nuqtai nazarlariga suyanishdi va bu uslub XX asr ikkinchi yarmida gʻarb falsafasi uchun xarakterli boʻlib qoldi.
ShuningdekTranssendentalizm.
Gʻarb etik va siyosiy falsafasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Odam tabiati va siyosiy qonunlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thomas Hobbes
Qadimgi tarixdan beri siyosiy hukumat oʻrnatish ildizlari doimo odam tabiatiga bogʻliq boʻlib kelgan. Aflotun oʻzining Respublika (The Republic) sida ideal jamiyat faylasuf-qirol tomonidan boshqarilishi mumkinligini yozadi, chunki u falsafani yaxshi tushungan odam ezgulik tushunchasini ham yaxshi anglashini taʼkidlaydi. Biroq Hatto Aflotun ham faylasuflar oʻz ustida, oʻzining fikrlashi va olam-odam, odam-jamiyat aloqalarini qunt bilan oʻrganishni va biror jamiyatni boshqarishni keksalik (taxminan ellik yoshlardan soʻng) paytida, vazmin, ogʻir-bosiq fikrlay oladigan darajaga yetgandan soʻnggina oʻz qoʻliga olishi mumkinligini aytadi. Arastu uchun esa odamlar siyosiy (ijtimoiy) hayvondirlar va hukumatlar jamiyatga eng koʻp samara keltirish uchun oʻrnatiladi. Arastu davlat (polis) jamiyatning eng yuqori shakli boʻlganligi uchun uning maqsadi eng koʻp ezgulik (samara) keltirishdir, deb oʻylagan. Arastu siyosiy kuchni mohirlik va aqlning individlarda notekis tarqalgani, tabiiy notenglik natijasidir, deb koʻrgan. Bu notenglik bor ekan, demak siyosiy kuch eng mohir va aqllilar - aristokratiya qoʻlida yigʻilishini afzal bilgan. Arastuga koʻra, shaxs jamiyatda yashar ekan, komillika erisha olmaydi. Uning The Nicomachean Ethics va The Politics ishlarida shu masala koʻriladi. Birinchi kitobda ezguliklar (yoki "komilliklar") fuqaro-shaxsda olib koʻrilsa, ikkinchi kitobda fuqarolarni komillikka olib borishi mumkin boʻlgan hukumat shakli borasida bahs ketadi. Ikkala kitobda ham adolatning jamiyatdagi muhim roli uqtiriladi.
Nicolaus Cusanus XV asr boshida Aflotun fikrlarini qayta koʻtardi. Oʻzining ishlarida va Florensiya Kengashida u Oʻrta Asrlar Yevropasida demokratiya qurish masalasini koʻradi. Biroq u Arastu va Hobbes anʼanalaridan farqli oʻlaroq barcha odamlarni teng koʻrgan (yaʼni hamma xudoning bandasidir, deb) va shining uchun demokratiya eng toʻgʻri hukumat shaklidir, deb oʻylagan. Cusanus'ning qarashlarini italyan Uygʻonish davri uchqunlari sifatida koʻrishadi; bu qarashlar "milliy davlat" tushunchasiga asos soldi.
Keyinchalik Niccolò Machiavelli Arastu va Thomas Aquinas gʻoyalarini noreal deya rad etdi. Ideal mustaqillik doim ham ezgulikka olib kelmaydi; mustaqil shaxs foydali va muhim amallarni bajarishga intiladi, bu amallar esa ezgu boʻlmasligi mumkin. Arastu qarashlarini Thomas Hobbes ham shubha ostiga oldi. Hobbes'ga koʻra, odam tabiati aslida aksilijtimoiydir: odamlar tabiatan egoistdirlar va bu egoizm tabiiy holiga qoʻyib qoʻyilgan hayotni mushkullashtiradi. Bundan tashqari, Hobbes odamlar tabiatan noteng boʻlishsa-da, bu farqlar ahamiyatsizdir va boshqalardan kelishi mumkin zararlardan saqlamaydi. Shularga asoslanib, Hobbes davlat jamiyatni tabiiy ahvoldan koʻtarish uchun oʻrnatiladi, deydi. Bu ishni esa faqatgina jamiyatni qoʻrquv va kuch orqali ushlab turuvchi, suveren va qudratli davlat bajara oladi.[23]
Oydinlanish davridagi faylasuflarning koʻpchiligi demokratik davlat qurishga yoʻl qoʻymaydigan mavjud siyosiy falsafa doktrinalaridan norozi edilar. Jean-Jacques Rousseau shu doktrinalarni yiqishga uringanlardan biri edi: u Hobbes'ga odam tabiatan "olijanob yovvoyi" ekanligini, jamiyat va ijtimoiy aloqalar esa bu tabiatni buzishini aytib, eʼtiroz bildirgan. John Locke ham bu tanqidga qoʻshilgan. Oʻzining Second Treatise on Government asarida u Hobbes'ning millat-davlat usuli insoniyatni qutqara olishi haqidagi gapiga qoʻshilsa-da, erkinlikka erishgan shaxs vahshiylashib ketishi iddaosini tanqid ostiga olgan.[24]
Fakt-qiymat farqi doktrinasi hamda David Hume va uning shogirdi Adam Smith ishlaridan soʻng siyosatni odam tabiatiga bogʻlashga urinishlar susaydi. Biroq hamon koʻpchilik siyosiy faylasuflar, ayniqsa realistlar, oʻz argumentlarini odam tabiatiga asoslashadi.
Konsikvensializm, deontologiya va aretaik burilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeremy Bentham

Download 231.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling