Shax ma`naviyatini shakillantirish omillari


Download 1.02 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1333101
Bog'liq
Shax ma`naviyatini shakillantirish omillari

Shax ma`naviyatini shakillantirish omillari

  • Reja
  • Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr ruhining ta’siri.
  • Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati.
  • Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi.

  • Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi.

Ma’naviyat qotib qolgan narsa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy amaliyot bilan birga takomillashadi, boyiydi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, ijtimiy tabaqalar, millatlar, xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy boyliklar turli ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar tomonidan bir xil o‘zlashtirilmaydi, bir xil baholanib, bir xil tushunilmaydi. Ushbu masalalarni o‘rganish uchun sostiologik tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Demak, “ma’naviyat asoslari” sostiologiya fani bilan ham bog‘langan, uning usullaridan, xulosalaridan foydalanadi

Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:


1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.
O’zbekistonda mohiyatan tamoman yangi jamiyat qurish jarayonida ma'naviyat, iqtisodiyot bilan birga, ustun yo’nalishlardan hisoblanmoqda. Islom Karimov: "Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - Uzbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir", deya bejiz ta'kidlamagan edilar. Prezidentimiz fikrini davom ettirib: "Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning davlatning kuch-qudratidir", deb alohida uqtirganlar.
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling