Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 1.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua yangi
3. Markaziy Osiyoda yahudiylik.
Markaziy Osiyodagi yahudiylar tarixi asrlarga borib taqaladi va mintaqaning Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston va Tojikiston kabi mamlakatlarida yahudiy jamoalari istiqomat qilib kelishadi. Oʻzbekiston yahudiylarining tarixi - bu ikki bir-biridan ancha mustaqil hisoblangan ikki aholi jamoalarining tarixidir. Ulardan biri nisbatan diniy va an’anaviy dunyoqarashga ega Buxoro yahudiylari boʻlsa, ikkinchisi esa kelib chiqishi Yevropa bilan bogʻliq boʻlgan Ashkenazi yahudiy jamoalaridir. Buxoro yahudiylari Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yahudiy jamoalaridan boʻlgan. Ba’zi qadimiy manbalarga koʻra, Yahudiylar Podsho Dovud davrida, yaʻni miloddan avvalgi X asrdayoq savdo-sotiq maqsadlarida Markaziy Osiyoga sayohatlarini boshlashgan. Fors podshosi Buyuk Kir miloddan avvalgi 539-yilda Bobilni zabt etganidan soʻng, oʻzi ozod qilgan yahudiylarni oʻz saltanatining istalgan yeriga joylashishi uchun ruxsat beradi. Bu saltanat oʻz tarkibiga Oʻrta Osiyoning ham katta qismini olardi. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyodagi eng katta yahudiylar jamoasi Buxoro amirligida hisoblangan. 1989-yilda Oʻzbekistonda 94,900 yahudiy istiqomat qilgan. Buxoro yahudiylarining Isroil va AQSHga koʻchib ketishlari tufayli, bugungi kundagi O'zbekiston yahudiylarining asosiy qismi Ashkenazi yahudiylaridir. 1926—1970-yillar oraligʻida O'zbekiston (Oʻzbek SSR) yahudiy aholisi salkam uch karra koʻpaydi, 1970—1989-yillar davomida sekinlik bilan qisqara bordi va 1989-yildan keyin, Kommunizm mafkurasi va Sovet Ittifoqining tanazzuli bilan bu jarayon jadallashdi. 1989—2002-yillar davomida Oʻzbekiston yahudiy aholisining toʻqson foizdan ortigʻi mamlakatni tark etdi va boshqa mamlakatlarga, asosan Isroilga borib oʻrnashdi.[3]Bugungi kunda Oʻzbekistonda 12 ta sinagoga mavjud bo'lib, ularning 2 tasi Samarqandda joylashgan Bosh kotib Iosif Stalin SSRning turli hududlaridan Qozogʻistonga yahudiylarning majburan koʻchirib keltirilishiga sababchi boʻlgan. Holokost davrida 8000 yahudiylar Qozogʻiston hududiga qochib oʻtgan[5][6]. 1926—1959-yillar oraligʻida Qozogʻistonning yahudiy aholisi soni tezlik bilan oʻsib bordi va 1959-yilda 1926-yildagiga nisbatan salkam sakkiz barobarni tashkil qilgan.1959—1989-yillar oraligʻida mamlakatning yahudiy aholisi soni qisqara borgan, kommunizm mafkurasining mazkur hudud va mintaqada zavolga yuz tutishi bilan 1989—2002-yillar oraligʻida yahudiy aholisi soni qisqara borgan va SSSR hamda Oʻrta Osiyodan Isroilga koʻp sonli yahudiylarning koʻchib oʻtish sodir boʻlgan. XX asrga qadar Qirgʻiziston hududida istiqomat qiluvchi yahudiylarning asosiy qismi Buxoro yahudiylari boʻlgan. Biroq, XX asr davomida SSSRning bir qismi hisoblangan Qirgʻizistonga mamlakatning turli qismlaridan, asosan Yevropa qismidan Yahudiylar koʻchib kela boshladi va bu koʻchib kelganlarning kichik bir qismi haligacha mamlakat hududida istiqomat qiladi. 1896-yilda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra, yahudiylar Qirgʻiziston aholisining 2 foizini tashkil qilgan. Birinchi jahon urushidan keyin yanada koʻp Ashkenazi yahudiylari mamlakatga koʻchib keldi. Ikkinchi Jahon urushi davomida Sovet Ittifoqining Natsistlar Germaniyasi tomonidan egallangan Gʻarbiy hududlaridan Qirgʻiziston hududiga 20,000 dan ortiq Ashkenazi yahudiylari koʻchib kelgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin yahudiy aholisi sonining mamlakatdagi ulushi qisqara borgan va 2001-yil aholining roʻyxatga olinishi natijalariga koʻra, yahudiylar aholining 0.03 foizini tashkil qilgan Moʻgʻuliston yahudiylari XIX asrda amal qilgan Sibir-yahudiy hamda Moʻgʻuliston orasidagi savdo aloqalari bilan bogʻliq. Bu aloqalar ba’zi yahudiy oilalarining Moʻgʻulistonga kirishiga sabab bo'ldi. 1920-yilga qadar Moʻgʻulistonga kirib kelgan yahudiylarning koʻpchiligi kelib chiqishiga koʻra Rossiya bilan bogʻliq edi va Rossiyadagi fuqarolar urushi dahshatlaridan qochib kelgandi. Bir qancha yahudiylar yaxshiroq iqtisodiy imkoniyatlar izlab, mamlakatni tashlab chiqib ketishdi. Ularning baʻzilari Moʻgʻuliston bilan viza shartnomasiga ega boʻlgan Isroilga koʻchib ketishdi. Turkmanistondagi yahudiylar va Yahudiylik dini uzoq tarixga ega. 1830-yilda, Qojarlar Eronida sodir etilgan Yahudiy xalqiga nisbatan ta’qiblar ularni Erondan qochib, Mari, Yoʻloʻtan va Bayramali shaharlariga kelib joylashishlariga sabab boʻladi. Mamlakatning eng asosiy shaharlardan ayro holda, ovloq yerda joylashganligi sababli ham, Sovet hokimiyati ostidagi Turkmaniston yahudiylari haqida juda oz ma'lumot mavjud. 1980-yillarda Turkmanistonda yahudiy aholisi soni 2500 kishi bilan oʻzining choʻqqisiga chiqdi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling