Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 1.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sikxiylik (Sikxizm).
- Konfutsiylik
Vishnuizm, vayshnavizm -hinduizmning 2 asosiy oqimidan biri (shivaizm qatorida). Asosan Shim. Hindistonda tarqalgan. Eʼtiqodchilari Vishnupk abadiy jonli tabiat mujassami sifatida va oliy xudo deb biladilar. Vishnuizda mil. av. 1-ming yillik oʻrtasidayoq monoteistik yoʻnalish namoyon boʻldi va liniy marosimlar zarurligini rad etuvchi bhaqta — xudoni sevish va unga sadoqat aqidasi yaratildi. Mil. XI-asrdan boshlab Vishnuizmda sektantlik yoʻnalishlari paydo boʻladi, bu yoʻnalishlardan ayrimlari tabaqachilikka ajratishlarga qarshi chiqib, bhaqta taʼlimoti bilan yaqindan bogʻlanib qolgan edi. Bhaqta targʻibotchisi — janubiy Hindistonlik faylasuf va diniy islohotchi Romanuja (1137 i. v. e.) shrivayshnavlar tariqatiga asos soldi. U hozir ham Vishnuizmda eng yirik tariqatlardan biri hisoblanadi.
SHIVAIZM — hinduiylikdagi 2 asosiy oqimdan biri (vishnuizm bilan bir qatorda). Asosan, Hindistonning jan. va sharqida tarqalgan. Shivaizm tarafdorlari Shivani eng qudratli xudo deb, unga eʼtiqod qiladilar. JAYNIZM — 1) Hindistonda tarqalgan dinlardan biri (qariyb 3 mln. kishi eʼtiqod qiladi). Mil. av. VI-asrda paydo boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Jaynizm asrlar osha 24 ustoz-paygʻambar orqali yetib kelgan. Bularning eng soʻnggisi Jinna (yaʼni gʻolib, dinning nomi shundan) va Maxavira taxallusini olgan Vardxamana boʻlib, shu din asoschisi hisoblanadi. Jaynizm qadimgi hind jamiyatidagi harbiylar (kshatriy) bilan ruhoniy — brahmanlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi oqibatida vujudga kelgan. Baʼzi tadqiqotchilar fikricha, Jaynizm buddizmnmng bir mazhabidir. Jaynizm buddizm kabi brahmanizmning murakkab rasm-rusumlariga va tashqi shakliga qarshi chiqishi. Vedalarning muqaddasligini, qurbonliklar qilishni, ruhoniylar va xudolarning inson taqdiriga hal qiluvchi taʼsirini inkor etdi. Jaynlar oʻz jamoasiga kirish uchun barcha varna (kasta)dagi erkak va ayollarga yoʻl ochdi. Jaynizmda markaziy oʻrinni jon haqidagi taʼlimot egallaydi. Bunga koʻra, inson joni barcha qilmishlari uchun javobgar, chunki bu qilmishlar karma konuni asosida roʻy beradi, karma qonuni tanni jon bilan bogʻlaydi, insonni yerdagi ishlarga zanjirband etadi va uning keyingi qayta tugʻilishlarini belgilab beradi. Kishilar «oʻz jonini oʻzi xalos qilishi», «qayta tugʻilishlardan ozod bulishi» mumkin. Bunga erishish uchun Jinnaga eʼtiqod qilish, Jinna taʼlimotiga ishonish, Jinna belgilagan axloq, meʼyorlariga rioya qilishi kerak. Jaynizmda axloqiy kamolotga yetishishning va karma qonunidan qutulishning birdan bir yoʻli zohidlik hisoblanadi. Jaynlar zohid-rohiblar va fuqarolar (savdo-sudxo’rlik bilan shugʻullanuvchilar)ga bo’linadi. Jaynizm tarafdorlari hozirgi kunda asosan bankdorlar, sudxoʻrlar, sarroflar va zargarlardan iborat. Ular jondorlar bilan savdo qiladilar, boshqa tijorat ishlari bilan ham shugʻullanadilar; 2) falsafiy taʼlimotlardan biri. Mil. av. II — I-asrlarda Jaynizm dini asosida shakllangan. Jaynizm falsafasining asosiy manbai «Jayna sutra» («Jayna aforizmlari») hisoblanadi. Jaynizm falsafasiga tattvalar — mohiyatlar haqidagi taʼlimot asos qilib olingan. Ikki asosiy tattva boʻlib, biri — mohiyati ong boʻlgan ruh (jiva), ikkinchisi — ruh boʻlmagan hamma narsa (ajiva). Ruh bulmagan narsa (materiya) sezish, eshitish, hid, rang va taʼm sifatlariga egadir. U yaratilmagan, ibtidosi va intihosi yo’q, muayyan holatga ega boʻlishi va oʻzgarishi mumkin. Modda dagʻal narsa boʻlib, inson aʼzolari tomonidan his etiladigan yoki karmaga oʻxshab nozik bo’lishi mumkin. Moddaning zarrasi — atom, u makonning bir nuqtasinigina ishgʻol etadi, ogʻirlikka ega, katta tezlik bilan harakat qila oladi. Jaynizm falsafasida ikki zamon xususiyati mavjud: ruhning ayni holatda mujassamlashgan muddati (yoki hayot vaqti) va ruhning shu berilgan holatda mujassamlashgan muddati (yoki hayot miqdori, boshqa holatga oʻtish uchun ayni shunday hayotda yashashi zarurligi). Maye, inson bir necha oʻn yillar yashaydi, ammo uning yuqoriroq holatga oʻtishi bir necha hayotiy muddatni taqozo etadi. Jaynizmning axloqiy taʼlimoti yakka shaxening oʻzigagina qaratilgan. Inson faqat oʻzini ozod qilishi mumkin; boshqa odamga yordam berish mutlaqo boʻlmagan va iloji yoʻq narsa. Jaynizm falsafiy tizimi hozirgi vaqtgacha deyarli ilk koʻrinishida saqlanib qolgan. Sikxiylik (Sikxizm). Hozirda sikxiylik diniga e’tiqod qiluvchilarning soni 17 mln. bo‘lib, bu dinga bo‘lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qiziqki, XV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxiylik harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘z e’tiqod qiluvchilarini faol harbiy an’analar bilan sug‘orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o‘ziga xos taraqqiyotning natijasi shu bo‘ldiki, XVI asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi.Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solinib, unga ergashganlar o‘zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. “Sikxiylik” atamasi ham shu so‘zdan olingan.Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta guru rivojlantirgan. Xususan, to‘qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol o‘ynagan. Ular yagona ta’limotni targ‘ib qilgan yagona guruni 10 qiyofada namoyon bo‘ladi deb hisoblaganlar. Sikxiylik talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh bir ilohiyotda mujassam bo‘ladi. U nirgun (“sifatlardan xoli”) va sagun (“sifatlar egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo‘lib, bu holat har qanday sifatlardan xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o‘z xohishi bilan sagun holatiga o‘tadi. Sikxiylik ta’limotiga ko‘ra, ilohiyot – Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni o‘zida mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan dunyo esa o‘zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo‘lish, tug‘ilmaganlik, o‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini anglatadi. Xudoga bo‘lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo‘lini tutgan har bir inson Unga etishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bo‘yicha aslo dunyoviy hayotdan uzilishni, rohiblik yo‘lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to‘la mehnatni va oiladagi o‘z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‘la amal qilish pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin. Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi sifatida kuchli islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga keldi. Ushbu harakat Ramanand, Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir va Vallabxacharya nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, butun XVI asrni o‘z ichiga oldi. Bu davrda hinduizm kabi sikxiylikga ham islomning ta’siri kuchli bo‘ldi. Mazkur holatda madaniyatlar orasidagi doimiy kurash o‘z aksini topgan. Nanak ham Kabir kabi hinduizmni butparastlikdan tozalab, islomga yaqinlashtirishga harakat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha, sikxlar bir Xudoga e’tiqod qiladilar. Bu din boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, hinduizmning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr-joduga ishonishni taqiqlaydi hamda tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq poklash marosimlarini tan olmaydi. Sikxiylik ijtimoiy tizim sifatida kasta tabaqalanishini inkor etadi va bu yo‘l bilan braxmanlarning tug‘ilish, o‘lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik mavqeiga barham beradi. Boshqa dinlar kabi sikxiylik ham o‘zining muqaddas kitobiga ega. Uning muqaddas kitobi – Adigrantx (“Boshlang‘ich kitob”) bo‘lib, beshinchi guru Arjun (1581-1606) tomonidan tuzilgan. U, shuningdek, Gururantx (“Guru kitobi”) yoki Grantxsahib (“Sohibning kitobi”) nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dastlabki besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan, Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir qatorda bir necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari kirgan. U panjob tilida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi. Keyingi yillarda sikxiylikda hinduiylik odatlarini o‘zlashtirib olgan din vakillari bilan sof sikxlar orasida bo‘linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh namoyandalari tomonidan eng muqaddas joylarning ishg‘ol etilishi 1926 yili Panjob siyosiy maydonida “Aqoliy Dal” harakatining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Diniy tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat namoyandalari musulmonlar, hinduiylar va sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib chiqdilar. 1947 yili Hindistonning ikkiga bo‘linishi natijasida musulmonlar Panjobning Pokistonga tegishli qismiga, hinduiylar va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli qismiga ko‘chib o‘tganlaridan keyin bu harakatning ta’siri kuchaydi. XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib chiqib, Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil etildi. Hozirgi kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 % istiqomat qiladi. Konfutsiylik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—824) va boshqa Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi. Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Konfutsiy milodiy I -asrda davlat taʼlimotiga aylandi, IX-asrda buddizm, XI-asrda daosizm ustidan toʻla gʻalaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi. Daosizm (dao soʻzidan) — 1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; dao haqidagi taʼlimot. Miloddan avvalgi VI—V-asrlarda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari „Dao de szin“ kitobida bayon etilgan. Daosizmga koʻra, tabiat va inson hayoti „ilohiy samoviy qonun“ga bogʻliq emas, balki narsalarning tabiiy yoʻli, qonuni — „dao“ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari — „dao“ga rioya qilish insonga „oʻz tabiatini butunlikda saqlab qolishga“ imkon beradi. Daosizm dunyodagi hamma narsalarda qarama-qarshiliklar kurashi yotadi, ular oʻzgarishda, harakatda: „bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, baʼzi narsalar gullaydi, baʼzilari soʻnadi“, deb hisoblaydi. Daosizm taʼlimotida insonga oʻzidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin boʻlgan hayotga qaytish daʼvati bor. 2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) biri. Daosizm falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. I—III-asrlarda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan (II-asrning I-yarmi). Daosizm urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. Daosizm dinida 3 xudo — Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. V-asrdan D. diniy taʼlimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. XII-asrga kelib Daosizmning adabiyotlar toʻplami — „Dao szan“ vujudga keldi. Daosizm boshqa dinlar kabi koʻplab sektalarga ajralib ketgan. Daosizm kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik Daosizm Xitoyda oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi. Shintoizm, shintoizm (yaponcha: Shintō) (yaponcha shinto, aynan — Xudolar yoʻli, Xudolar taʼlimoti) — Yaponiyada tarqalgan dinlardan biri boʻlib, VI-VII-asrlarda vujudga kelgan. Bu din Buddizm Yaponiyada tarqala boshlagan davrda hali aniq bir nom bilan atalmas edi. Birinchi marta „shinto“ atamasi XVIII-asrda Buddizmdan farq qilish uchun ishlatila boshlangan. 1868-1945-yillarda Yaponiyaning davlat diniga aylangan. Shintoizm asosida tabiatga va ajdodlar ruhiga eʼtiqod yotadi. Uning taʼlimotiga koʻra, odamlar qandaydir ruhlar yoki Xudo (shin yoki kami)lardan tarqalgan. Oliy Xudo nomi — Amaterasu (quyosh Homiysi) hisoblanadi. Shintoizm taʼlimotining asosini imperator hokimiyatining ilohiyligi (imperatorga soʻzsiz itoat etish) toʻgʻrisidagi aqida tashkil etadi. Imperator Amaterasuning avlodi hisoblanadi. Ushbu din koʻp xudolikka asoslangan. Unda asosiy eʼtibor yer yuzidagi hayotga qaratilgan, narigi dunyo masalalariga eʼtibor kam. Shintoizmning keyinchalik Buddizm, Konfutsiychilik hamda Xristianlik taʼsiriga uchrashi uning nufuzi pasayishiga olib keldi. Lekin, 20-asrning 50-yillaridan Shintoizmga boʻlgan rasmiy munosabat yana oʻzgarib, uning yapon davlatchiligi bilan bogʻliq udum, bayram va anʼanalari tiklana boshladi. Kami (yap. lín) - sintoizmda ruhiy shaxs, xudo. Motoori Norinaganing kojiki haqidagi sharhlarida bergan ta'rifiga ko'ra, kami - qadimgi bitiklarda tasvirlangan osmon va yer xudolari va ularga bag'ishlangan ziyoratgohlarda yashaydigan tama. Kamini odamlar, qushlar, hayvonlar, dalalar va hayratni uyg'otadigan ajoyib fazilatlarga ega bo'lgan boshqa tabiat deb ham atash mumkin. Shu bilan birga, eksklyuzivlik ham ijobiy, ham salbiy fazilatlarni anglatishi mumkin. Motoori ta'rifidan xulosa qilishimiz mumkinki, "kami" atamasi boshqa dinlarda ruhlar deb ataladigan narsalarni ham o'z ichiga oladi. Taniqli tilshunos Oono Susumuning fikricha, “kami” soʻzi qadimiy “kamu” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, u asosan “momaqaldiroq, momaqaldiroq”, “yoʻlbars yoki boʻri kabi dahshatli yovvoyi hayvon”, “togʻlar” maʼnolarida qoʻllangan. Boshqa versiyaga ko'ra, "kami" Ainga yaqin. kamuy “xudo, iloh”. Yapon xudolari inson qizlarga uylanishlari mumkin, o'g'il bolalar esa ma'budalarni yo'ldan ozdirishi mumkin. Shuningdek, ulug‘ zotlar o‘z amallari bilan ilohiy maqomga ega bo‘lishlari mumkin. Kami o'lishi mumkin, masalan, Yaponiyada, afsonaga ko'ra, ma'buda Izanami vafot etgan joy ko'rsatilgan. Ular, shuningdek, hamma narsani bilish yoki qudratlilikka ega emaslar va ularning har biri o'ziga xos ta'sir doirasiga ega. Hatto oliy xudo ham bo'ysunuvchilarning yordamiga tayanishi kerak. Shinto xudolarining boshqalardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, odamlar va kami o'rtasidagi bog'liqlik ta'kidlangan. Sintoizmga ko'ra, odamlar xudolar tomonidan yaratilgan emas, balki ular tomonidan tug'ilgan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling