Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Quron, sura va oyat tushunchalarining ma’nosi, ularning islom madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati


Download 1.89 Mb.
bet36/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

3.Quron, sura va oyat tushunchalarining ma’nosi, ularning islom madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati. Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va hadis to‘plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ig‘odasini topgan.
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob Yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to‘rt nusxada ko‘chirilgan. Ana shu ko‘chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog‘liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bo‘lishi Ollohning bizning yurtimizga bo‘lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Qur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o‘tmishda bir orzu edi, xolos. Alloh taolo Qur’onni o‘zining payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hijratdan 13 yil avval, 24 ramazonda Makkadagi Hiro g‘orida nozil qila boshladi. Bu Allohning Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuborgan va ul zotni Rasul etib tanlagan yili edi. Shundan so‘ng, Qur’oni karimni bo‘lak-bo‘lak qilib tushirish davom etdi. Chunki, Qur’onning shu tariqa nozil bo‘lishi da’vatning rivojlanishiga bog‘liq edi. Qur’oni karimdan turli bo‘laklar da’vatning ehtiyojlariga qarab, voqe’likning holatidan kelib chiqib, da’vatning boshlanishidan to oxirigacha birin-ketin tusha boshladi. Bu hol yigirma uch yil davom etdi. Qur’oni karimning ilgarigi samoviy kitoblar kabi yaxlit bir to‘plam holida emas, balki oyatlarning miqdoridagi tafovut bilan bo‘lak-bo‘lak qilib tushirishlik hikmatini Alloh taoloning O‘zi iroda qilgan. Ba’zi paytlarda Qur’oni karimdan bir oyat, gohida esa besh yoki o‘n oyat nozil bo‘lar edi. Bu to‘g‘rida Alloh taoloning Kalomida ochiq aytilgan: «Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni qismlarga ajratdik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» («Isro» surasi, 106-oyat).
«Kofir bo‘lgan kimsalar: «Nega bu Qur’on unga (payg‘ambar alayhissalomga) bitta to‘plam holida nozil qilinmadi?»- dedilar. (Ey Muhammad), Biz u (Qur’on) bilan dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (parcha-parcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib bayon qildik» («Furqon» surasi, 32-oyat).
Ilohiyotda Islom dini uch elementdan - iymon, Islom, ehsondan iborat deb e’tirof etilgan. Iymon talablari 7 ta aqidani - Ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o‘z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.
Islomning kishilar ongi va turmush tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o‘rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik -xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, g‘ol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig‘inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling