Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet167/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

IZCHILLIK BILAN BO‘LISH – tushunchani bo‘lishning asosiy sharti bo‘lib, bo‘lishda sakrash bo‘lmasin, tartib bilan amalga oshsin deb ko‘rsatadi.
ILMIY INDUKSIYA – induktiv xulosa chiqarishning bir turi bo‘lib, bunda biror turkumdagi buyumlarning ayrimlarining muhim xususiyatlarini, sababiy bog‘lanishlarini tekshirish asosida ularning hammasi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
IMPLIKASIYA (lot. implicite – uzviy bog‘langan) – mantiqda ikki oddiy hukmning bog‘lanishi natijasida hosil bo‘ladigan murakkab fikr. U «Agar, u holda» bog‘lovchilari bilan ifodalanadi. Simvolik belgisi A → V.
IMPLISHIT (lot. implicite - noaniq) – predmetlarning noaniq, yashirin mazmunining ifodasi. Bunday yashirin tushunchalar tilda mustaqil ifodaga ega emas, biroq o‘sha narsa nazarda tutiladi, anglashadi, ular tovush ifodasiga ega bo‘lsada, bevosita fikrni bildirmaydi, balki kontekst vositasida ifodalanadi.
INDIVID (lot. individuum - bo‘linmas) – ayrim bo‘linmaydigan yakka, mustaqil mavjudod individ deyiladi. U yakka tushuncha ma’nosida ham ishlatiladi. Tushunchalarni chegaralash natijasida bo‘linmas yakka tushunchalarga kelamiz. Bu so‘z yakka shaxsga nisbatan, shuningdek, matematik mantiqda esa ayrim predmet, obyektlarni qisqacha ifodalashda ham ishlatiladi.
INDUKTIV ISBOT – isbotning alohida bir turi bo‘lib, undagi tezis umumiy hukmlardan, asoslar esa juz’iy hukmlardan iborat bo‘ladi.
INDUKTIV MANTIQ – mantiqning muhim bir bo‘limi bo‘lib, unda ayrim asoslardan umumiy xulosalar chiqarish mexanizmi o‘rganiladi. Matematik mantiqda esa to‘liq bo‘lmagan axborotdan ehtimollik ko‘rinishida xulosa chiqarishga aytiladi.
INDUKTIV XULOSA CHIQARISH – q. induksiya.
INDUKSIYA (lot. inductio – juz’iydan umumiylikka) – xulosa chiqarishning asosiy usullaridan va tadqiqot metodlaridan biri. Induktiv xulosa chiqarish bilimning juz’iy muhokamalardan (hukmlardan) umumiy mulohazalarga, qoidalarga qarab harakat qilishidir. To‘liq va to‘liqsiz induksiya mavjuddir.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling