Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLATPARVARLIK
MUOMALA MADANIYATI -insonlar, xalqlar, millat va elatlar, qavmlar orasida o‘zaro ma’naviy aloka, salomlashuv, so‘zlashuv, kelishuv va boshka insoniy munosabatlardir. Muxim aloka vositasi-M.m. ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro suhbatini, munosabatini ko‘rsatuvchi omil. M.m. nafaqat kishilar orasidagi aloqa vositasi, balki Shu b-n birga dunyoning, olamning ma’naviy instrumenti hamdir. Sizning qanday shaxs ekaningizni, o‘zaro muloqotda o‘z ifodasini topadi.
MURUVVAT – insonparvarlik, biror kimsaga qilingan insoniy yordam, yaxshilik, sahovat, lutf. Muruvvat sahovat b-n uyg‘un sifat, insoniy axloqiy fazilat bo‘lib, xalqimizga xos bo‘lgan xususiyat, milliy qadriyatdir. MILLATPARVARLIK - bu vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan Shakli. Zero, millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. Asl millatparvar - milliy o‘zligini anglab etgan inson. U o‘z millati b-n faxrlanadi, o‘z millati b-n butun jahonning faxrlanishini istaydi. Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining - millatparvarlikning ilmiy-nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. NOMUS - mohiyatan shaxsning o‘z qadr - qimmatini anglab etishi, shu qadr - qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabatidir. Biroq, bu - nomus qadr - qimmat tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega, degani emas. Chunki qadr-qimmat shaxsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa o‘z qadr-qimmatini bilishdan tashqari, har bir shaxsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqei va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, shubhasiz, o‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. ODOBLILIK. Kundalik hayotdagi axloqiy qoidalariga rioya qilish – odob hisoblanadi. Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir. Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, xatti – harakatida, muomala va muloqotida namoyon bo‘lishidir. Muayyan odob doirasida bo‘lish, yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl – nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi. OILA – kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Unda jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli insonni voyaga yetkaziladi. Oila hayotining asosiy maqsadi aholini qayta tiklash va bolalar tarbiyasidir. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling