Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- BURCH
BOTINIYLIK VA ZOHIRIYLIK — ma’naviy hodisalar bo‘lib, insonning ichki, qalb, ko‘nglidagi hissiyotlar va ularni sirtqi tomondan, tashqi ko‘rinishda ifodalanishi. Inson tashqi tomonidan qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar, uning B. hissiyoti, qalbi, ko‘ngli nihoyatda nozik va ma’naviy boy bo‘lishi mumkin. Sirtdan qaraganda kam-ko‘stsiz, salobatli ko‘ringan kishi hissiyotsiz, qalbi ko‘r bo‘lishi ham mumkin. B. insonga baxSh etilgan ne’mat, u buYuk kishilarning zohiriy faoliyatlarida yorqin ifodasini topgan.
BURCH — jamiyat, davlat va Shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar b-n mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xattiqharakati zamirida B. ga sadoqat yoki xiyonat yotadi. B. ning insonlik B.i, musulmonlik B.i, nasroniylik B.i, fuqarolik B.i, otalik B.i, onalik B.i, farzandlik B.i singari barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik B.i, shifokorlik B.i, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. B. tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. VIJDON — ma’naviyatdagi ta’sir doirasi nihoyatda keng tushunchalardan biri. V. – Z. Froyd ta’biri b-n aytganda, alo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, Yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, V. uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli Yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, V. azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. VATANPARVARLIK -bir ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan insonlarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf – odatlarini, milliy obro‘si, qadr – qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga tayanishi, boshqa xalqlarning ham obro‘ – e’tiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodalovchi ma’naviy fazilatdir. V. insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. VRACHLIK ODOBI - vrach ma’naviyati va xulq-atvor me’yorlarining majmui. V.o. umumiy odobning tarkibiy qismi hisoblanadi, bunda vrachning faoliyati xususiyatlariga muvofiq holda xulq-atvori va ijtimoiy o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. U vrachlikning ma’naviy-axloqiy masalalarini qamrab oladi, uning xulq-atvori, ma’naviyati, kasbiy burchini his etishi, nomusi, vijdoni va qadr-qimmati me’yorlarini, bemorlar, ularning qarindosh-urug‘lari, o‘z hamkasblari, jamoasi va umu-man jamiyat bilan o‘zaro munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. V.o. tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy Sharoitlar, sog‘liqni saqlash va jamiyatning unga bo‘lgan munosabati holati, tibbiyot fanining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. DIyoNAT– (arab. dindorlik, to‘g‘rilik, insof) Xudodan qo‘rqish, gunoh qilmaslik, savob ishlarni amalga oshirish, imonli-e’tiqodli, sofdil va mard bo‘lish, diniy qonun-qoidalarga qattiq rioya etish, dindorlik, taqvodorlik, vijdon, insoflilik. Diyonatli odam to‘g‘riso‘z, haqgo‘y bo‘ladi, haromdan hazar qiladi, birovning zarariga ish qilmaydi, hamiyatli, nomusli, oriyatli bo‘ladi Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling