41. Tushunchalar ortasidagi munosabat
Download 15.27 Kb.
|
falsafa 41-44
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42. Yangi Ozbekiston taraqqiyot strategiyasi
- 43. Tushunchalar ustida mantiqiy amallar 43.Tushunchalar ustida bo’ladigan mantiqiy amallar.
- 44. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi
41. Tushunchalar ortasidagi munosabat 41.Tushunchalar o‘rtasida biror - bir munosabat ularning o‘zaro muayyan belgilarga ega bo‘lishi yoki o‘zaro muayyan belgilarga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga ko‘ra o‘rnatilishi mumkin. Ana shu mezonga ko‘ra tushuncha qiyoslanadigan va qiyoslanmaydigan bo‘ladi. Qiyoslanadigan tushuncha o‘zaro biror - bir umumiy belgalari mavjud bo‘lgan buyumlarda in’ikos etadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» tushunchasini olib tahlil qilganda mazkur tushuncha barcha mamlakatlarda qo‘llanilayotgan umumiy asosiy qonunlarga egaligi bilan boshqa davlatlar konstitutsiyalariga bog‘lanib turadi. Shuning bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos, uning o‘z tarixiy o‘tmish an’analariga mos keladigan, aynan o‘ziga taalluqli jihatlari konstitutsiyamizda aks etgandir. Zotan, har bir mamlakatda shu mamlakatning xalqlari manfaatlaridan kelib chiqib konstitutsiya qabul qilingan bo‘lib, odamlar shu asosda yashaydilar. Qiyoslanmaydigan tushuncha o‘zaro umumiy jihatlari bo‘lmagan buyumlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, «musiqa» va «tarvuz», «yurak» va «qonun», «traktor» va «yosh go‘dak.» tushunchalari orasida bog‘liqlik yo‘q, ammo bo‘lganda ham juda - juda uzoqdir. Shu bois, ularni taqqoslab bo‘lmaydi. 42. Yangi Ozbekiston taraqqiyot strategiyasi 42.Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. 43. Tushunchalar ustida mantiqiy amallar 43.Tushunchalar ustida bo’ladigan mantiqiy amallar. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) o’tishdan iborat mantiqiy amal bo’lib, bunda tor hajmdagi tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga bo’ysunish munosabatida bo’lishi lozim.Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins tushuncha deb qabul qilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga o’tiladi. 44. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi 44.Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Estetik tafakkur taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va amaliy jihatlarini shakllanish, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal qila boshlaydi. Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi1. Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi talablar, g‘oyalar va estetik ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, yangi ifoda usullari, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir. Dialektika so‘zi yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildiradi. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi. Download 15.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling