Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistema
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib,” mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma”, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtayi nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turg‘unlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning obyektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil targ‘ibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil uzillarining umummetodologik asosi hisoblanadi. Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling