Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet62/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

3. Jamiyat nimadan iborat degan masala ko‘p asrlardan beri faylasuflarni qiynab kelmoqda. Dastlab javob aniq ko‘rinib turgandek tuyuladi: jamiyat – bu odamlarning majmuasi. Biroq bu javob, olimlarni anchadan buyon qoniqtirmay qo‘ygan. Axir, uyni oladigan bo‘lsak, bu shunchaki g‘ishtlarning yig‘indisi emas-ku. Bunda nima hammadan muhimroq? Tarqoq elementlarni bir butun qilib birlashtiruvchi bog‘lanishlar va o‘zaro ta’sirlar muhimdir.
G.A.Sorokinning fikricha, «jamiyat mavjud bo‘lishi uchun hech bo‘lmasa ikki kishi bo‘lishi va ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sir bog‘lanishida bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu eng oddiy jamiyatning ko‘rinishidir...».
Shuni aniq aytish mumkinki, ijtimoiy aloqalarning mohiyatini aniqlash va tushuntirib berish – jamiyat falsafasining asosiy vazifasidir.
Aflotunning fikricha, jamiyat odamlarning ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Arastu uni «tabiatning hosilasi», o‘rta asr falsafasi – Alloh yaratgan degan fikrni olg‘a suradi. Farobiy jamiyatning paydo bo‘lishini teleologiya oldindan belgilangan maqsadga muvofiq nuqtayi nazardan tushuntiradi – jamiyat odamlarning komillikka erishishi uchun zarur, deb hisoblaydi.
Yangi davrda «hammaning hammaga qarshi» urushining oldini olish maqsadida ijtimoiy shartnoma nazariyasi (T.Gobbs, J.Lokk,B.Spinoza, J.-J.Russo va b.) rivojlandi. Ularning fikricha, odamlar bitim tuzib, o‘zini-o‘zi saqlab qolish uchun qonunlarga bo‘ysuna boshladilar. Yangi davr mutafakkirlari kishilarning jamoa bo‘lib birlashishlarining asosi haqida so‘z yuritib, shunday variantlarni ilgari surdilarki, ular jamoa tasavvurlarining umumiyligi (E.D.Yurkgeym), ijtimoiy ta’sirlar (Veber), me’yor va qadriyatlar umumiyligi (T.Parsons, R.Merton), ijtimoiy institutlar va tashkilotlar (T.Bottomor; S.Lipset) va boshqalardan iborat. Quyida biz jamiyatga oid turlicha talqinlar: diniy, idealistik, materialistik, talqinlarni ko‘rib chiqamiz.
Har qanday diniy ta’limot jamiyat, uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi o‘z talqinini berishga harakat qiladi.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling