Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet61/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

A.Toynbi sivilizatsion ayniylikning mezoni sifatida, din, tarix, til, an’ana va madaniyatni qabul qiladi hamda shu asosda 5 ta «jonli» sivilizatsiyalarni ajratadi – g‘arb xristianligi orqali birlashagn g‘arb jamiyati; janubi-sharqiy Yevropani Rossiya bilan birlashtirgan pravoslav-xristian jamiyati, Shimoliy Afrikadan tortib Buyuk Xitoy devori hududigacha bo‘lgan – islom jamiyati, tropik-subkontinental Hindistondagi – hind jamiyati, Janubiy-Sharqiy Osiyoning subtropik va mo‘tadil hududlarida shakllangan – Uzoq Sharq jamiyati8.
N.Danilevskiy 10 ta sivilizatsiyani yoki uning iborasi bilan aytganda, madaniy-tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: misr, ossuriya-bobil-finikiya-xaldey (qadimgi somiy), xitoy, hind, eron, yahudiy, Yunon, rim, arab (yangi somiy), evropa (romano-german)9 sivilizatsiyalaridir.
Sivilizatsion konsepsiya tarafdorlari rivojlanishning davriyligi nuqtayi nazaridan turib, sivilizatsiyaning vujudga kelish, gullab-yashnash va halokati bosqichlarini ajratadilar. Uni o‘simliklar, jonivorlar va inson hayoti davrlari bilan qiyoslab, sivilizatsiyalar «tug‘iladi, rivojlanishning turli bosqichlaridan o‘tadi, qariydi, so‘nadi, halok bo‘ladi», deb hisoblashadi. Umuman olganda, tarix, ularning fikricha, jahon tarixi miqyosida muayyan tarzda o‘zaro aloqada bo‘lgan, rivojlanib boruvchi lokal sivilizatsiyalar majmuini tashkil etadi, jahon sivilizatsiyasi esa, turli sivilizatsiyalarning o‘zaro ta’siri natijasidir.
Shunday qilib, sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtayi nazaridan, - sotsiomadaniy asosga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik hamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bo‘lib, ularning o‘ziga xosligi tabiiy, oxir-oqibat hayotning obyektiv sharoitlari, shuningdek, ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish, shakllanish, inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib o‘tdilar.
XX asrning oxirlariga kelib, ayrim analitiklar tomonidan dunyoning ikki yarim sharli tuzilishi va tarixning megatsiklik (megadavriy) xarakteri konsepsiyasi ilgari surila boshladi10. Bu ta’limotning zaminida insoniyat tarixini avval boshdanoq Sharq va G‘arbga bo‘lingan sotsiomadaniy tizimlar tarzida talqin etish g‘oyasi yotadi. Mashhur nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969) yozishicha: «Dastlabki qutblanish (Sharq va G‘arb) turli ko‘rinishlarda asrlar davomida hayotiyligini saqlab kelgan… Yunonlar va forslar, Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiyga bo‘linishi, g‘arbiy va sharqiy xristianlik, g‘arb dunyosi va islom, Yevropa va Osiyo – bular birining o‘rnini boshqasi ketma-ket egallagan ushbu qarama-qarshilikning timsollaridir…»11.
Jahon tarixining megatsiklik konsepsiyasi o‘zining gipotetik va sxematik xususiyatlariga qaramay, jahon tarixini birlikda, Sharq va G‘arbning o‘zaro dialektik aloqadorligida anglashga yo‘naltirilgan zamonaviy nuqtayi-nazarlardan biri sifatida muayyan e’tiborga loyiqdir.
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo bir-birlarini to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Agar formatsion yondashuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondashuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga – an’analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e’tibor qaratadi.
Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu jumladan, sivilizatsion yondashuv elementlari asosida ham. O‘z navbatida sivilizatsion yondashuv ham, insoniyat tarixining yaxlit manzarasini aks ettiruvchi formatsion nazariyaning oqilona elementlari hisobiga yangilanishi mumkin.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling