5.1 Islom dini Shakllanishidagi tarixiy Sharoit. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.
«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. SHundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik Shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraySh qabilasiga mansub bo‘lgan Xoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (YAsrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). SHu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati Shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. SHu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo erlari - Movarounnahr (daryo ortidagi erlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana Shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda Shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.
5.2. Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, Shofeiylik va hanbaliylik. Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo‘linib ketgan.
Sunniylik yo‘nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; SHofe’iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy ASh’ariy; Moturidiy ta’limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish Shart:
Do'stlaringiz bilan baham: |