Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri


Download 5.38 Mb.
bet96/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri.
XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya’ni texnikaviy muhitning paydo bo‘lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan mehnatga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompYuterlarsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini ko‘rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o‘zgarishlarning sababchisi inson-uning tafakkuri ekanligi ayon. XXI asr Yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi.
Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammalashib borishini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Texnogen olam, sivilizatsiya bevosita fan, texnika, «ratsionallik» singari tushunchalar bilan bog‘liqdir. Texnika yordamida insontabiatni, o‘z-o‘zini, jamiyatni tubdan o‘zgartiradi. Inson va jamiyat “texnosfera”da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator - harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy oldi. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. “Inson va mashina” munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda.
Texnika insoniyat tomonidan yaratilgan barcha Yutuqlarni o‘ziga singdirib, inson qudrati va aqliga xizmat qilishi lozim. Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Biroq, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to‘xtatish, inkor etish mumkin emas. SHunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo‘lishi taqozo etiladi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling